|
Farg'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti
|
bet | 7/11 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 71,11 Kb. | | #106972 |
Bog'liq Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.orgII - BOB . Pedagogik texnologiyaning qonuniyatlari tamoyillari va mezonlari
Mustaqil shaxsni shakllantirish jarayoni uzoq va murakkab bo’lib, bir tomondan, barcha davlat tuzilmalari hamda ijtimoiy tashkilotlarning va ayniqsa, ta’lim tizimi mazmunining takomillashtirilishini, ikkinchi tomondan esa, bevosita ushbu masalani amalga oshirilishini ta‟minlovchi yagona tarbiya tizimini barpo etish lozimligini taqozo etadi. Bu jarayonda kadrlar tayyorlashning yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Erkin tafakkur qila oladigan shaxsni, mustaqillik va demokratiya g’oyalariga sodiq bo’lgan ongli fuqaroni, o’z Vatanining jonkuyari sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy jarayonga faol ta‟sir ko’rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas‟uliyat olishga qodir shaxsni kamol toptirish uchun shartsharoitlar yaratish.
2. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, tub ma‟nodagi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish ishiga demokratiya asoslarini joriy etish jarayonlarini jadallashtirish, tafakkur va bahslashish madaniyatini rivojlantir ish, shaxsning ichki dunyosini boyitish, binobarin, yangicha ijtimoiy qadriyatlar va munosabatlarni shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, yosh avlodda yangicha ong shakllanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmog’i lozim.
3. Yosh avlod milliy istiqlol g’oyasini anglab olishi, bu g’oyaning har bir fuqaro uchun, Vatanning obod va farovon bo’lishi uchun hayotiy zarurat ekanligiga ishonch hosil qilish uchun aniq maqsadga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimini ro’yobga chiqarish lozim.Tabiiyki, bu uzoq davom etadigan, barcha davlat tuzilmalari va jamoat tashkilotlarining, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarining faoliyati va ayniqsa, mazmunini tubdan qayta ko„rib chiqishni talab etadigan murakkab jarayondir.
Yoshlarni barkamol qilib yetishtirish jarayonida shaxsning tarbiyasi va har tomonlama rivojlanishini ta‟minlashga e‟tiborni kuchaytirish va ta‟lim sohasida shaxsning tarbiyasi va har tomonlama rivojlanishiga ustunlik berishni ta‟minlashdan iborat.
Ta‟lim-tarbiya jarayonining uch tarkibiy birligi – tarbiya, ta‟lim, shaxsni rivojlantirish to’liq darajada amalga oshirilishiga erishish lozim. Ta‟lim-tarbiya ishida rasmiyatchilik va beparvolik kabi illatlardan voz kechish kerak. Bu maqsadda mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashga yo„naltirilgan yangi uslub va vositalar ishlab chiqilishi hamda joriy etilishi zarur.
Bugungi kunda pedagogikada o„quvchi-talabalarning ta‟lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir nechta o„qitish uslublari ishlab chiqilgan: muammoli o’qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o’yinlar, rolli o’yinlar, mavzu bo’yicha o’qitish va h.k. Ularni oliy ta‟lim tizimida keng qo’llaniladi, deb bo’lmaydi. Bizningcha, buning sababi har bir mashg„ulotga tayyorgarlik pedagogik izlan ishni ko„zda tutishi, yuksak kasbiy bilim va mahoratni, ishda ijodiy yondashuv va ko’p vaqtni sarflashni talab qilishida bo’lsa kerak. Chunki har bir o’tiladigan mashg„ulot ishlanmasi o’ziga xos xususiyatga ega. An‟anaviy o’qitish usuli respublikamizda keng tarqalgan, biroq ta‟lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda an‟anaviy ta‟limning imkoniyatlari cheklanayotganligi, muhim ta‟limiy muammolar o’z yechimini topmayotganligi, qator ilg’or pedagogik tajribalarning ommalashmayotganligini ko’rishimiz mumk in.
Yangi munosabatlarning o„ziga xos jihati an‟anaviy ta‟limdagidan farq qilib, O’quvchi-talabalarning mustaqilligi va o’quv faoliyatini taqiqlamasdan, balki belgilangan maqsadga yo„naltirish, o„quv faoliyatini hamkorlikda tashkil etish, ularni faoliyatga ongli ravishda yo’llash, biror- bir faoliyatni buyruq orqali amalga oshirmasdan, balki samarali tashkil etish orqali o„quvchi-talabalarda fan asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi va imkoniyatlarini chegaralamasdan erkin tanlash huquqini berish sanaladi.Pedagogik texnologiya texnologik yondashuvga asoslanadi. Texnologik yondashuv deganda tayyor mahsulot (ishlab chiqarish texnologiyasiga o’xshash) olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llaniladigan usul va metodlar to’plami tushunilib, qo’yilgan maqsadlarga erishishda kutilgan natijalarni kafolatlaydigan usul metodlari majmuasi tushuniladi. Agar metod bilish yo’li, tadqiqot yo’li yoki biror faoliyatdagi ma‟lum amaliyot va nazariy bilimlar sohasini eg allashni harakatlar, operatsiyalar, usullar majmuasi deb tushunsak, pedagogik texnologiyaning ta‟lim usuli, ma‟lum ma‟noda ta‟lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglatadi.
Pedagogik texnologiyani an‟anaviy o’qitish metodikasidan farqlovchi belgilari Ko’p. Pedagogik texnologiya an‟anaviy metodikadan, avvalo maqsadlarning qo’yilishi va unga erishishi bilan farqlanadi. Pedagogik texnologiya usuli tarkibiy qismiga ta‟limning umumiy maqsadlari (o’qituvchi va talabaning maqsadlari )ni ishlab chiqish, ta‟lim maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga o’tkazish, maqsadga erishish usullari kiradi.
|
| |