|
Farg'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti
|
bet | 2/11 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 71,11 Kb. | | #106972 |
Bog'liq Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.orgBirinchidan - fanning o ‘sib borayotgan o‘rni bilan, XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida, fanning taraqqiyoti eng yuqori sur’atlarga erishdi. Har 10-15 yilda fan faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari ikki martadan oshib bordi. Shuning uchun, fanning taraqqiyot qonuni eksponenta qonuniga bo‘ysunadi deb faraz qilinadi. Hozirgi zamonda fan taraqqiyotining yuqori sur’atlari, aqliy mehnatni avtomatlashtirish orqali saqlab turilmoqda.Fanning jadal taraqqiyoti, ilmiy-texnik axborot tegishli taraqqiyotiga olib keladi.Fanning eksponenta bo‘yicha rivoji uning ko‘chkisimon rivojini anglatadi. Zero ilmiy-texnik axborot rivoji ham ko‘chkisimon jarayon hisoblanadi.
Axborot oqimining ko‘chkisimon o‘sish sur’atini saqlash uchun zamonaviy telekommunikatsion axborot tizimlari yaratil- moqda va faoliyat ko'rsatmoqda.Ko'rinib turganidek, fan va axborot hozirgi zamondagi o ‘sish sur'ati va hajmi 20-30 yil oldingi ulaming holatidan keskin farq qiladi.Fan taraqqiyoti, bu oliy ma’lumotli mutaxassislarning faoliyati doirasiga kiradi. Shuning uchun, oliy ma’lumotli mutaxassislami tayyorlovchi tizim — zamonaviy axborot oqimini o‘zlashtirish, ilmiy-tadqiqot malakalari, individual va mustaqil ishlash, ilmiy- texnikaviy axborotlar va o'quv-ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini ta'minlashi lozim.
Ikkinchidan - zamonaviy fanlaming ko'chkisimon rivoji 2, 3 va undan ortiq ma'lum fanlar ulanmalarida yangi fanlar paydo bo’lishi bilan ham ta’minlanadi. Masalan: biofizika, biokimyo, informatika, fizik-kimyoviy mexanika va ko‘pgina boshqa fanlar. Fan “daraxti” paydo boMadi. Ma'lum fanlar ulanmalarida paydo boigan yangi fan -yangi ilmiy yo'nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalami o‘z ichiga oladi. Bu masalalami oliy maktabriing iqtidorli bitiruvchilari yechishi lozim.Shuning uchun kadrlar tayyorlovchi tizim talabalarda original va noan’anaviy fikrlash qobiliyatini, tizimli va mashaqqat bilan ishlash malakalarini rivojlantirishi lozim.Talaba ajablana olishi. hayratlana olishi lozim, shundagina u boshqalami o‘zining ijodiy mehnati bilan hayratlantira oladi.
|
| |