II.2Bugungi kunda O’zbekistonda ta’lim tizimi
Bugungi kunda O’zbekistonda jahon ta‟lim maydoniga kirishga yo’naltirilgan yangi ta‟lim tizimi qaror topmoqda. Bu jarayon bilan bir vaqtda pedagogik o’quv tarbiya jarayonining nazariyasi va amaliyotida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lmoqda.
Ta‟limdagi yondashuvlar tarkibi o’zgarmoqda va boshqacha munosabatlar, pedagogik mentalitetlar o’rnatilmoqda. Ta‟lim tizimi yangi axborotlar bilan ishlash qobiliyati ijodiy yechimining ta‟lim dasturini individuallashtirishga qaratilishi bilan boyitilmoqda.
Ta‟lim – pedagogik jarayonning muhim tarkibi bo’lib, o’quvchi-talaba bilan
O’qituvchi (pedagog) ning shaxsga yo’naltirilgan o’zaro munosabatlari hisoblanadi. Ijtimoiy bilimga teng bo’lgan pedagogik texnologiyalarning tashkil topishida fanning roli ortib bormoqda.Pedagogiktexnologiyalarning psixologik-pedagogik nuqtai nazardan takomillashuvining asosiy yo„nalishlari quyidagilar bilan ifodalanadi:
- o’quvchi-talabaning yodlashdan eslab qolish funksiyasiga o’tishi, ya‟ni
O’zlashtirilganini ishlatish imkonini beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o’tishi;
- bilimning assotsiatsiali statistik modelidan aqliy harakatning dinamik tarkibiy tizimlariga o’tish;
- o’rtacha o’quvchi-talabaga yo’naltirilganlikdan o’qitishning tabaqalashgan va individuallashtirilgan dasturlariga o„tish;
- o’quvchi-talabaning tashqi motivatsiyasidan ichki ma‟naviy tartibga o’tish.
Ta‟limda zamonaviy didaktika va ta‟lim tarkiblarining samaradorligini oshirish, yangi g’oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishiga o’tilmoqda. Bunda har xil pedagogik tizim bilan o’qitish texnologiyalari o’rtasida bog’liqlik, amaliyotda davlat ta‟lim tizimining yangi shakllarining aprobatsiyasi, hozirgi zamon sharoitida o’tmishning pedagogik tizimlarini qo’llash muhim hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya paydo bo’lgunga qadar boshqa masalalar qatorida murakkab qurilma va jarayonlar o’rganiladigan ta‟lim tizimi doirasida aynan ta‟lim jarayonini yetarlicha samarali loyihalash qoidasi ishlab chiqilmadi. Bu bo’shliqni pedagogik texnologiya pedagogning loyihalashtirilgan o’quv jarayoniga ijodiy yondashuvi uchun keng o’rin qoldirgan holda to’ldiradi. Pedagogik texnologiyaning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, unda o’quv maqsadlariga so’zsiz erishish o’quv jarayonida loyihalashtiriladi va amalga oshirila di. Texnologik yondashuv, eng avvalo, yuzakilikda emas, balki rejalashtirilgan natijani amalga oshirish imkonini beruvchi konstruktiv, ko’rsatmali sxemada o’z ifodasini topadi. Maqsadga yo’naltirilganlik, jarayon natijalarining tashxisli tekshiruvi o’quv jarayonining barcha qirralarini qayta ishlab chiqish davriga mujassamlashtirish imkonini yaratadi. U asosan o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- ta‟limda umumiy maqsadning qo’yili shi;
- tuzilgan umumiy maqsaddan aniq maqsadga o’ish;
- o’quvchi-talabalarning bilim darajalarini dastlabki (tashxisli) baholash;
- bajariladigan o’quv ishlari majmuasi (bu bosqichda teskari bog’lanish asosida
zudlik bilan ta‟lim jarayoniga tuzatish kiritish bo’lishi lozim);
- natijani baholash.
O’quv maqsadlarining to„liq standartlashtirilishining me‟yori quyidagicha bo’lishi mumkin:
a) yuqori, ammo mutlaq emas;
b) mutlaq.
Birinchi holatda maqsadning murakkabligi tufayli uni to„liq kuzatuvchan xattiharakatlar turiga aylantirish imkonini bermaydi, davr to„laligicha qayta ishlab chiqilmaydi. Ikkinchi holatda konveyerli jarayon bo„lgan ta‟limning reproduktiv turi bilan ish yuritiladi.
O’quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etilishining rejalashtirish bosqichida, yetakchi pedagog olimlar, metodist o’qituvchilar pedagogik texnologiyaning qonun-qoida va tamoyillari asosida uslubiy materiallarni ishlab chiqishda yuksak malaka talab etiladi. Materiallar tayyor bo’lgach, pedagog asosan, tashkiliy va konsultativ (ijodiy qo’shimchalar kiritish imkonini saqlagan holda) vazifalarni bajaradi.
O’quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik jihati
– o’quv jarayonining so’nggi natijalariga yo’naltirilganligini kuzatish mumkin.
Umumiy ko’rinishda pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
- identifikatsiyalangan o„quv maqsadlarini ishlab chiqish;
- o’quv maqsadlari taksonomiyasi;
- o’quv maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga aylantirish;
- maqsadga erishish usullari;
- erishilgan o’quv maqsadlarini baholash.
Ta‟limning barcha bo’g’inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o’rgatsin. Ta‟lim jarayonida talabada mustaqil bilim olish ehtiyoji shakllanib borishi hozirgi kunning talabidir. Pedagogik amaliyot va tadqiqotlarda qator ish usullari qo’llab ko’rildi. Ta‟limni muammoli tashkil etish, ta‟limda o’quvchilarni faollashtirish, hamkorlik pedagogikasi, tayanch so’zlariga asoslanish, ta‟limni optimallashtirish va boshqalar tajribadan o’tdi. Lekin bu pedagogik vositalar ayrim o’qituvchilarda samarali natija bersa ham, uni ommaviy yo’sinda ta‟lim tizimiga kiritib bo’lmadi. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati talabalarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to’liq o’zlashtirishga erishishdir. Ta‟limda berilayotgan bilimlarni talabalarning ko’pchilik qismi puxta o’zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi.Pedagogik texnologiya asosida dars o’tishda eng asosiy talab talabaning hayotiy tajribasi avval o’zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko’zda tutadi. Pedagogik texnologiya o’rganilayotgan soha bo’yicha talabalarda bilim yetarlicha bo’lmagan holda ham talabada salbiy kechinmaga o’rin qoldirmaslikni, bu talabaning aybi emasligini tan olishni talab etadi. Faollik ko’rsatilsa, bilimlarni o’zlashtirib olishga talabalarda ishonch hosil qilish tavsiya etiladi.Mavjud pedagogika fanida dars jarayoniga oid berilgan ma‟lumotlarda e‟tibor Ko’proq yangi bilimlarni bayon etish, uni mustahkamlash va natijasini hisobga olishga qaratilgan. Bilim berishda talabaning avvalgi bilimlari, hayotiy tajribasi yetarlicha hisobga olinmagan. Dars rejasida avval o’tilgan mavzuni yakunlab, yangi mavzuga bog’lash taklif etilgan. Lekin shu yangi o’tilayotgan mavzu bo’yicha talabaning bilimini aniqlash, mavzuga xos bo’ladigan dastlabki ma‟lumotlarni berish yetarlicha amalga oshirilmagan.
Pedagogik texnologiya talabalarning o’rganilayotgan soha bo’yicha bilimlarni esga tushirish, jonlantirish yangi bilimni o’zlashtirishga asos bo’ladi deb ko’rsatadi. Bilimlar va tayyorgarlikni aniqlash talabani faollashtirish va bilim o’zlashtirishga ijobiy motivni keltirib chiqaradi. Mavzuni o’rganishga kirishishda erkin suhbat, munozara, aqliy hujum va boshqa shakllarda jonlantirish mumkin.
XULOSA
“Biz tomonimizdan olib borilgan izlanishlarga asoslanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki o’qituvchining barcha ijobiy, umum insoniy axloq me’yorlariga mos keluvchi xislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi xislatlarni olib qaraydigan bo’lsak, bularning barchasi ham o’ta muhim omillardir. Jumladan,o’qituvchining tashqi qiyofasi uning obro’si shakllanishiga ta’sir etadi. O’qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta- saranjonligi, sipogarchiligi, uning qiliqlari, o’zining chiroylik tutishi, uning qaddi- qomati va yurish- turishlari o’quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi.
Sharq mutafakkirlari o’qituvchi o’zi o’qib tursagina – o’qituvchi bo’la oladi, agar u o’qishni to’xtatib qo’yar ekan. Unda o’qituvchilik ham o’ladi, deb juda haqqoniy aytganlar. Bu haqiqatni yoshi qancha bo’lishidan qa’tiy nazar barcha o’qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim.
Professiografiya natijalari professiogrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek, sogʻligʻiga qarshi koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma boʻlib, u mutaxassisning motivatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi hisoblanadi. Psixogramma - kasbning psixologik portreti boʻlib, u aniq kasbda dolzarb boʻlgan psixologik funksiya guruhi bilan namoyon b oʻladi. Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’yektlar belgilari, mehnat sub’yekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari oʻrganiladi. Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri kasbiy faoliyatni oʻrganishda differensial yondashuv tamoyili hisoblanadi.
Botiniy va zohiriy his-tuygʻularni tenglashtirish haqiqiy his-tuygʻuni sezishni buzishi mumkin. Qanday qilib oʻquvchi biror narsani his qilmasdan yoki biror hatti-harakat amalga oshirmasdan biror ish qilishi mumkin. Huddi biz tushuntirganimizdek, bu jiddiy savol oʻrganishning ahloq nazariyalaridan koʻra ilmiylikka asoslanadigan bir qancha motivatsiya modellariga ega. Biz keyinroq bu bobda bulardan bir qanchasini tushuntirib beramiz. Uni tushuntirishdan oldin, biz sizni harakterning motivatsiyadagi istiqbolining foydalarini oʻylashingiz uchun ruhlantiramiz.
|