• O‘quv maqsadlarini aniqlashtirishning ahamiyati
  • O‘quv maqsadlari sohalari
  • Mavzu: Blum taksonomiyasi va uning o‘qitishdagi ahamiyati Reja




    Download 29,09 Kb.
    bet1/5
    Sana19.02.2024
    Hajmi29,09 Kb.
    #159082
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu Blum taksonomiyasi va uning o‘qitishdagi ahamiyati Reja-fayllar.org


    Mavzu: Blum taksonomiyasi va uning o‘qitishdagi ahamiyati Reja




    Mavzu: Blum taksonomiyasi va uning o‘qitishdagi ahamiyati 
    Reja: 
    1.Blum taksonomiyasi va uning bosqichlari. Mazmuni va mohiyati.
    2.Blum taksonomiyasining o‘qilishdagi ahamiyati.
    3Blum taksonomiyasi asosida fanning o‘qitish bosqichlarini belgilash.
    Topshiriqlar tizimini yaratish.
    O‘quv maqsadlarini aniqlashtirishning ahamiyati
    O‘quv maqsadlarini, ularni alohida qismlarga ajratib aniqlashtirish jahon
    pedagogikasida keng ommalashgan. Bunday yondashuvga asosan o‘quv
    maqsadlariga erishilganlikni yaqqol aniqlash mumkin. Bunda o‘quv maqsadlari
    tizimi yaratilib, o‘zaro bog‘liqlik ketma-ketligida joylashtiriladi, ya’ni ularning
    taksonomiyasi tuziladi. O‘quv maqsadlarining bu tizimi xalqaro miqyosda mashhur
    bo‘lib, Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. “Taksonomiya” tushunchasi grekcha -
    tartib bilan joylashtirish bo‘lib, biologiya fanidan olingan. U obektlarni, ularning
    o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib va toifalari murakkablashib boradigan ketma-ketlikda
    joylashtirib turkumlash va tizimlashtirishdir. Blum taksonomiyasini qo‘llash,
    o‘qitish maqsadlarini umumlashgan holda bayon qilish imkoniyatini beradi. Undan
    foydalanilganda pedagog maqsadlarni ajratadi va aniqlashtiradi hamda tartibga
    soladi. Bu taksonomiya yordamida pedagog nafaqat o‘quv maqsadlarini
    aniqlashtirishga, balki ularni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qat’iy kema-ketlikda
    joylashtirishga muvaffaq bo‘ladi.
    O‘quv maqsadlari sohalari
    Kognitiv - bilishga oid soha. O‘rganilgan materialni eslab qolish va uni
    takroran aytib berish, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil to‘la anglash, ularni oldin
    o‘rganilgan uslub, usullar bilan uyg‘unlashtirilib tasavvur etishgacha bo‘lgan
    muammolarni hal etilishini o‘z ichiga oladi.
    Affektiv-hissiyotga oid soha. Oddiy idrok qilish, qiziqish, qadriyat yo‘nalish
    va munosabatlarini o‘zlashtirishga tayyor bo‘lish, o‘quvchilarni atrof-muhitga
    nisbatan hissiy-shaxsiy munosabatda bo‘lishini shakllantiruvchi maqsadlar kiradi.
    O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim
    texnologiyalarini tanlashda o‘quv fani o‘qituvchisi taqvim mavzu rejada mazkur sinf
    uchun belgilangan tayanch kompetensiyalarni belgilab oladi. Shundan so‘ng,
    o‘rganilishi zarur bo‘lgan mavzu va shakllantiriladigan kompetensiyalarni hisobga
    olgan holda darsni o‘tish metodi, usuli tanlanadi.



    Interfaol yondashuv. O‘qituvchilar dars jarayonini yaxshi tashkil etish uchun


    qulay muhit yaratadi. O‘quvchilarning o‘zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon
    beriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar,
    yechadilar. Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim to‘adilar. Olgan axborotlari
    asosida bilimlarini bir- birlariga namoyish etadilar.
    Loyihalash metodi. Loyihalash metodi-o‘quvchilar uzluksiz ravishda
    murakkablashib boradigan amaliy to‘shiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish
    jarayonida bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladigan o‘qitish tizimidir. Ta’lim
    oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.)
    masalalar bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar. Mazkur metodning yuqori samara
    berishi uchun loyihani bajarishda o‘quvchilarda motivatsiyaning yuqori darajada
    bo‘lishi, shart hisoblanadi.



    Download 29,09 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 29,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Blum taksonomiyasi va uning o‘qitishdagi ahamiyati Reja

    Download 29,09 Kb.