|
Mavzu: Blum taksonomiyasi va uning o‘qitishdagi ahamiyati Reja
|
bet | 4/5 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 29,09 Kb. | | #159082 |
Bog'liq Mavzu Blum taksonomiyasi va uning o‘qitishdagi ahamiyati Reja-fayllar.orgTushunish darajasidagi
tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi
faktlar, qoidalar, chizmalar, jadvallarni tushunadi, qayta tuza oladi, o‘zgartira oladi
(so‘zdan raqamga yoki obrazga), mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni
taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari:
asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta
tuzish, yoritib berish, sharhlash oydinlashtirish.
Qo‘llash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy
emas, noan’anaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni ma’lum bir model,
formula, ko‘rsatma asosida to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar
namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish,
aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish.
Tahlil darajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, mantiqiy fikrlash asosida xatolarni
ko‘radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning
ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib
chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish,
taqsimlash, tekshirish, guruhlash.
Sintez. Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish bajaradi,
biror tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, bir nechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi.
Ayrim materiallar asosida butunning, yaxlitning obrazini, ko‘rinishini yaratadi. Bu
bosqich tegishli natijalardan yangi jadval tuzishga urg‘u beruvchi ijodiy
xarakterdagi faoliyatni taqozo etadi. Masalan: insho yozish, faoliyat rejasini ishlab
chiqish. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish,
umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, tuzish,
loyihalash.
|
| |