Baholash. Mazkur kategoriya yuqorida ko‘rsatilgan barcha kategoriyal
bo‘yicha o‘quv natijalarga erishishni va aniq ifodalangan mezonlarga asoslanib
baholash mulohazalarini taqozo etadi. Ichki va tashqi mezonlar asosida baholaydi,
o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-
xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar
va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq
fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o‘lchash, nazorat qilish, asoslash,
ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash.
Blum taksonomiyasi- ta’lim maqsadlariga ko‘ra tashkil etilgan biluv
faoliyatning uch sohasini qamrab oluvchi ierarxik tizimdir: kognitiv (bilish), affektiv
(emotsional-qadriyatli) va ‘sixomotor. Taksonomiyaning kognitiv faoliyatni qamrab
oluvchi birinchi qismi 1956- yilda B. Blum rahbarligida ishlab chiqilgan. L.
Anderson va D. Kratvol 2001- yilda taksonomiyani qayta ishlab chiqdilar.
Aniqlashtirilgan ushbu taksonomiyada avvalgi an’anaviy taksonomiyadagi xatolarni
bartaraf etishga urinishdi. Unda bilish masalalarida “nima” (fikrlash mazmuni) va
“
qanday qilib?” savollari , ya’ni mavjud axborot va muammo yechimidagi amallar
o‘rtasiga chiziq tortishdi.
O‘quvchilarning Blum taksonomiyasi bo‘yicha bilishga oid o‘quv maqsadiga
erishganlik darajasini nazorat qilishda ular tomonidan muayyan mavzu bo‘yicha
ma’lumot va axborotlarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq.
Buning uchun o‘quvchi mavzu bo‘yicha atamalar, qoidalar, tushunchalar, faktlar,
mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, eslashi, takrorlay olishi, asar voqealarini
bayon qila olishi, ularga ta’rif berishi, ma’lumotlarni qayta ishlashlari, o‘z fikrini
bayon qilishi, obekt yoki voqeaning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishi
kerak bo‘ladi.
O‘quvchilarningtushunishga oid o‘quv maqsadiga erishishi uchun atamalar,
faktlar, qoidalar, sxema va jadvallarni tushunishi, qayta tuza olishi, almashtirishi,
asoslashi, sharhlashi, asosiy g‘oyani ajratib ko‘rsatishi, anglashi lozim bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida nazariya va amaliyot birligi juda muhim, shuning
uchun o‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash
imkoniyatini yaratish zarur. Buning uchun o‘qituvchi o‘quv to‘shiriqlarini tuzishda
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy bilim, tushuncha, tamoil, usullarni tanish va
notanish vaziyatlarda qo‘llashini nazarda tutishi lozim.
O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim-o‘quvchi shaxsiy imkoniyatlariga
moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishni
nazarda tutadi. Bu ta’lim texnologiyasida har bir o‘quvchini tushunish, hurmat
qilish, unga ishonish katta ahamiyatga ega. O‘quvchi-o‘qituvchi hamda o‘quvchi-
o‘quvchi hamkorligi ko‘zda tutilgan ijobiy natijalarni beradi. Bu texnologiyada
kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini
ko‘rib chiqamiz. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni
amalga
oshirishning
quyidagi
asosiy
mezonlari
mavjud:
1. Har bir o‘quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul
qilish.
2. Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o‘quvchi o‘zini shaxs deb
sezsin,
unga
bo‘lgan
e’tiborni
tuysin.
3. Bolaga tazyiq o‘tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo‘rttirmaslik, bilimlarni
o‘zlashtirmasligi, o‘zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning
shaxsiyatiga
zarar
yetkazmaydigan
tarzda
bartaraf
etish.
4. Ta’limda «muvaffaqiyat muhitini» tashkil etish, bolaga o‘qishda muvaffaqiyat
qozonishiga yordam berish, uning o‘z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish.
O‘quvchiga atrofdagilarning har biri o‘zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga
aloqadorlik
hissini
rivojlantirish.
5. O‘quvchining hurmati va ishonchini qozonish, o‘ziga ham shaxs nuqtai nazaridan
qarash.
O‘qituvchi har bir bola timsolida avvalo, shaxsni ko‘rishi lozim. Har bir o‘quvchini
shaxs sifatida qarashimiz hamda ularning fikrlarini hurmat qilishimiz lozim.
O‘quvchi bilan muloqotda uning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda uning eng
yaqin rivojlanish sohasi keng bo‘lgan belgilarni topish va asta–sekin yangi bilimlar
bilan to‘ldirib borish orqali kutilgan natijaga erishiladi. Bunda bolalarga do‘stlik va
o‘zaro
hurmatda
bo‘lish
asosiy
shart
hisoblanadi.
Maktabda pedagogik jamoa yoki metod birlashmalar miqyosida o‘qituvchilarning
o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishda o‘quvchi shaxsini
o‘rganish yo‘nalishlari, muloqot usullari, darsda o‘quvchilarning bilim darajasi,
qiziqishlari, fanlarni turlicha o‘zlashtirishlaridagi farqlarni hisobga olish, qulay
muhit yaratish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlariga erishish va boshqa masalalar
bo‘yicha nazariy, metodik va amaliy tajribalar bilan tanishish, o‘rganish,
ommalashtirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlarni vaqti-vaqti bilan o‘tkazib borish
lozim.
Bolalar o‘rtasida hamkorlik va muloqotga rag‘bat bildirish, ya’ni darsda kichik
guruh va juft bo‘lib ishlashlari, darsdan tashqari vaqtda o‘yin o‘ynashlariga sharoit
yaratilgan bo‘lishi kerak. Bolalarda maktabga tegishlilik hissi, xavfsizlik va erkinlik
hissi bo‘lishi. Turli madaniyatlar mavjudligini his qildirish. Bolaga erkin tanlash
imkonini
berish
va
mustaqil
qaror
qabul
qilishga
undash.
O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limda dars shakli. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv
vaziyatlari o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish usul va metodlari bilan
uzviy bog‘liq. Bunday o‘quv mashg‘ulotlarining shakllari turlicha. Ular orasidan
alohida e’tibor dars jarayonida o‘qituvchi - o‘quvchi hamkorligining tadqiqot -
izlanish metodlari hamda dialogli shakllariga qaratiladi, shuningdek, ko‘rgazmali,
tasviriy,
re’roduktiv
va boshqa metodlar ham qo‘llaniladi. Bunday
mashg‘ulotlarning shakl va usullari bevosita shaxs faoliyatiga yondashuv
konse’siyasi va tamoyillariga mos kelib, ular bola ichki dunyosi, tafakkuri va
shaxsiy hayotiy tajribasini maksimal darajada faollashtirishga xizmat qiladi. Bu
o‘rinda o‘quv faoliyatiga rag‘bat uyg‘otish orqali o‘quvchilarni bilim egallashga
yo‘naltirib, bunday shakl va usullarda tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning
shaxsiy bilimi, tajribasi va hissiyotlarini rivojlantirishning asosiy manbalaridan biri
bo‘lib
qoladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya jarayonida o`quvchining rivojlanish
darajasiga mos va uning mantiqiy, aqliy va shaxsiy o`sishiga yordam beruvchi
mashg`ulotlarni rejalashtirish zarur.
http://fayllar.org