KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIM




Download 29,09 Kb.
bet2/5
Sana19.02.2024
Hajmi29,09 Kb.
#159082
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Blum taksonomiyasi va uning o‘qitishdagi ahamiyati Reja-fayllar.org

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIM 
VA UNING O‘QUVCHI SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
Kompetensiya - fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va
malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni
yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.
Kompetenlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari,
tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati, real
baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari
ham kiradi. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim - o‘quvchilarda
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy
faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan
ta’limdir.
Tayanch kompetensiyalar:
1. Kommunikativ kompetensiya
– jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni
mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;
– o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish,
mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
– ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal
qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;


– muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z ‘ozitsiyasini himoya


qila bilish, uni ishontira bilish;
– turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va
kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila
olish.
2. Axborot bilan ishlash
– mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio(audio–video yozuv)
telefon, kompyuter, elektron ‘ochta va boshq.) foydalana olish;
– media vositalaridan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab to‘a olish, saralash,
qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-
madaniyatiga rioya qilish;
– ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil
qila bilish;
– kundalik faoliyatida uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (oddiy
tabriknomalar yoza olish, anketalarni to‘ldirish, mehmonxona ro‘yxatida o‘zi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi va boshq.)
3. Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi
– shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy,
ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
– hayot davomida o‘qib o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda
muntazam oshirib borish;
– o‘z xatti-harakatini advokat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik,
to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish;
– o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik
turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
– Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish
va ishtirok etish;



– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (ya’ni


xaridor, saylovchi, mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish);
– mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy
madaniyatga ega bo‘lish;
– kasbiy mavqeyining o‘sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi
manfaatlari uchun xizmat qilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish.
5. Umummadaniy kompetensiyalar
– vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy
qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
– badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
– orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush
tarziga amal qilish;
– umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar,
marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan
munosabatda bo‘lish;
– o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi,
diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;
– xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda
o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi
– aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy
rejalarini tuza olish;
– shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish;
– kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni
o‘qiy olish va foydalanish;



– inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va


qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalana olish.
Umumiy o‘rta ta’limda kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq qilish
imkoniyatlarining eng asosiysi dars jarayoni sifatli tashkil qilishdir.
Hozirgi kunda ta’lim tizimida ta’lim- tarbiya jarayonining samaradorligini
oshirish uchun yangi innavatsion texnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tish
keng joriy qilinmoqda. Bunday o‘qitish metodi interfaol deb nomlanadi. Umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fanlarida bu metodlar yoshlar
dunyoqarashining shakllanishida, og‘zaki va yozma nutqining rivojlanishi va ravon
bo‘lishiga, darsda barcha o‘quvchilar faol qatnashishiga, ularning o‘zaro
hamkorlikda bilim olishlariga yo‘l ochib bermoqda.
Darsda turli o‘yin va og‘zaki so‘rovlar, “Klaster” va “Idrok xaritasi”ni
yaratish, rasmlarga qarab ga’ tuzish, test savollarining turli darajalarini bajarish,
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish dars samaradorligini oshiribgina qolmay, balki
mashg‘ulotning qiziqarli kechishiga sabab bo‘ladi. Biz bu jarayonda nafaqat dars
samaradorligini
oshiramiz,
balki
o‘quvchilarda
tayanch
va
xususiy
kompetensiyalarni shakllantirib boramiz.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ayniqsa, ona tili ta’limining oldiga
qo‘yilgan bosh maqsad - o‘quvchining mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma nutqni
to‘g‘ri va ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Ona tili fanida “Ma’nodosh so‘zlar” mavzusini o‘rganish jarayonida
o‘quvchilarga “Klaster” metodi asosida Vatan so‘zining ma’nodoshlarini topish
to‘shirig‘i beriladi. O‘quvchilar o‘lka, yurt, diyor, maskan kabi bir necha ma’nodosh
so‘zlarni to‘adilar va ularga ga’ tuzadilar. Ma’nodosh so‘zlarni topish va ga’ tuzish
jarayonida kommunikativ kompetensiya shakllanadi. O‘quvchilar bu ma’lumotlarni
boshqasidan ajrata olishi axborot bilan ishlash kompetensiyasining bir elementi
shakllanganligidan darak beradi. Vatanini asrab-avaylash, uning yuksalishi uchun
o‘z hissalarini qo‘shishlari haqida ga’lar tuzishdi, bunda shaxs sifatida o‘z-o‘zini
rivojlantirish, ijtimoiy
faol
fuqarolik,
umummadaniy
kompetensiyalarning
elementlari shakllanadi.
Adabiyot darslarida ham kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq qilish
imkoniyatlari juda keng. Masalan, Xudoyberdi To‘xtaboevning “Sariq devni minib”
romani obrazlarini “T-chizmasi” metodi orqali tahlil qilish mumkin. Buning



natijasida axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlanish, ijtimoiy faol


fuqarolik, umummadaniy kompetensiyasining elementlari shakllanadi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS da o‘quvchilarga umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumiy o‘rta fanlari bo‘yicha malaka
talablari qo‘yilgan. DTSning maqsadi- umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda
amalga
oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar,
rivojlangan
xorijiy
mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Endilikda
o‘quvchilar yoshi, o‘zlashtirish qobiliyati va iqtidoridan kelib chiqqan holda
egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar belgilanadi.
Ya’ni, majburiy minimal ta’lim mazmuni har bir ta’lim bosqichi uchun uzviylik,
uzluksizlik asosida taqsimlandi.
Jumladan, umumiy o‘rta tizimida fanlarni o‘rganish bosqichlari shunday
tartibda belgilandi:

umumiy o‘rta maktablarining boshlang‘ich ta’limi, ya’ni 4-sinf
bitiruvchilari A1 daraja;

umumiy
o‘rta
fanlari
chuqurlashtirib
o‘qitiladigan
ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari A1+daraja;

umumiy o‘rta maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 daraja;
umumiy o‘rta fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan
maktablarning 9- sinf bitiruvchilari A2+ daraja;

umumiy umumiy o‘rta fanlariga ixtisoslashtirilmagan o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari B1 daraja;

umumiy o‘rta maktablarining 9-10-sinflari hamda umumta’lim
fanlariga ixtisoslashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
bitiruvchilari
V1 darajada bilimga ega bo‘lishi zarur.
Ayni paytda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim
standarti, o‘qituvchi va o‘quvchilar talabiga to‘liq javob bera oladigan zamonaviy
darsliklar yaratmoqda.






Download 29,09 Kb.
1   2   3   4   5




Download 29,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIM

Download 29,09 Kb.