BLUM TAKSANOMIYASI. O‘QUVCHI SHAXSINI




Download 29,09 Kb.
bet3/5
Sana19.02.2024
Hajmi29,09 Kb.
#159082
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Blum taksonomiyasi va uning o‘qitishdagi ahamiyati Reja-fayllar.org

BLUM TAKSANOMIYASI. O‘QUVCHI SHAXSINI 
RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN TA’LIM
Uzluksiz ta’limda ta’lim oluvchilarga belgilangan o‘quv dasturlari asosida
bilim berish va o‘quv natijalarini baholashda Blum taksonomiyasi mezonlariga
asoslaniladi. Amerikalik mashhur ‘sixolog va pedagog Benjamin Blum tomonidan
asos solingan savol va to‘shiriqlar tizimi - bilish faoliyati darajalariga asoslangan
o‘quv maqsadlari taksonomiyasi zamonaviy ta’lim olamida yetarli darajada keng
tarqalgan. O‘quv maqsadlari taksonomiyasi-o‘quvchilar o‘zlashtirishining ma’lum
bir darajasidan darak beruvchi konkret harakatlari, mazmunan obektlarni tabiiy
o‘zaro bog‘liqlik asosida murakkablashib borishini ketma-ket joylashtirish orqali
turkumlashtirilishi yoki tizimlashtirilishi. Taksonomiya-borliqning murakkab
tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasidir.
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil
qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila
bilish, sog‘lom muloqot, munozara, vaziyatni baholash ko‘nikmalari shakllanib,
rivojlanib boradi. Bu masalada Benjamin Blumning bilish va emosional sohalardagi
pedagogik maqsadlarning taksonomiyasi o‘quvchini fanga qiziqtirish, bilish
faoliyatini jadallashtirish, intellektual salohiyatini aniqlash uchun eng maqbul
yo‘ldir. Blum tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishda oltita
darajaga ajratdi. Bir necha bosqichli savollar tizimining asosiy maqsadlari:
o‘quvchilarda ijodiy fikrlash ko‘nikmasini hosil qilishga yordam berish,
muammolarini yechish va maqsadli obektiv yechimlarini topish. Bu maqsadlarga
qachon yerishish mumkin, qachonki o‘qituvchi o‘quvchining chuqur o‘ylash
jarayonini bosqichma- bosqich rag‘batlantirib borsa. Shuning uchun Blum fikrlash
jarayonini sistemalashtirgan holda bir necha bosqichli savollar tizimini ishlab
chiqqan. Blum taksonomiyasi bu- shunchaki tasniflash jadvali emas.
Blumga ko‘ra tafakkur bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish,
baholash darajalarida bo‘ladi. Ushbu darajalar quyidagi belgilar hamda har bir
darajaga muvofiq fe’llar bilan ham ifodalanadi. Jumladan:
Bilish- dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni, aniq
qoidalar, tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, tasniflar,
shuningdek, abstract bilimlar: tamoyillar, aksiomalar, teoremalar, umumlashma
fikrlar, strukturalar va shu kabilarni biladi, eslaydi, takrorlaydi, asar voqea-
hodisalarini bayon qila oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’l
namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera
olish, yozish, ifodalay olish, taniy olish, ga’irib berish, takrorlash.






Download 29,09 Kb.
1   2   3   4   5




Download 29,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BLUM TAKSANOMIYASI. O‘QUVCHI SHAXSINI

Download 29,09 Kb.