• moduli bo‘yicha Fizika darslarida xalqaro tadqiqotlar topshiriqlaridan foydalanish o‘quv kursining
  • 1. Oʻquvchilarning kreativ fikrlashi, hayotiy koʻnikmalari. 2. Kreativlik insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyat.
  • “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi




    Download 206,38 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana20.11.2023
    Hajmi206,38 Kb.
    #102299
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    lUu94c9rZhMYVfmNmyyW7cO1cF3Ne1a8AEr052uD



    A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
    O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
    INSTITUTI 
     
     
     
     
    “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
     
     
     
    Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
     moduli bo‘yicha  
     
     
    Fizika darslarida xalqaro tadqiqotlar 
    topshiriqlaridan foydalanish 
    o‘quv kursining 
    Xalqaro tadqiqotlar doirasida o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobilyatini 
    oshirishga doir topshshiriqlar mavzusidan ma’ruza matni 
     
     
     
     
     
     
     
    Ma’ruzasi: Xamidova Zaynura Ramazonovna 
     
    Toshkent


    4-Mavzu: Xalqaro tadqiqotlar doirasida o‘quvchilarning kreativ 
    fikrlash qobilyatini oshirishga doir topshshiriqlar 
    Reja: 
    1. Oʻquvchilarning kreativ fikrlashi, hayotiy koʻnikmalari. 
    2. Kreativlik insonning yangilik yaratish, muammolarni 
    yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyat. 
    3. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish. 
    4. PISA tadqiqotida kreativ fikrlashda mazmun sohasi. 
    Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli 
    — harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda 
    inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: 
    elektron xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish... 
    Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy 
    tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va 
    tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan.
    G‘ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari 
    bugun koinotda kezib yuribdi. Innovatsiyalar kundalik turmushimizda 
    qulayliklar yaratadi, og‘irimizni yengil, uzog‘imizni yaqin qiladi. Shu tarzda 
    kreativlik taraqqiyotning ajralmas bo‘lagiga aylangan. Barcha sohada ijodiy 
    fikrlovchi mutaxassislarga talab katta. Dunyoga mashhur dasturiy mahsulotlar, 
    mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mutaxassislaridan har kuni 
    yangi g‘oya so‘raladi. Mehnat bozorida kreativ fikrlovchi mutaxassislarga talab 
    oshib borayotgan ekan, ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarning noodatiy 
    fikrlash qobiliyatini shakllantirish, rivojlantirish dolzarb vazifadir. Haligacha 
    ta’lim tizimida ko‘plab yondashuv va metodlar ijodiy fikrlash emas, talqin va 
    tahlilga, ya’ni berilgan ma’lumotni tushunib, to‘g‘ri yetkazishga, nari borsa, bir 
    necha axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga yo‘naltirilgan. 
    Xo‘sh, ta’lim oluvchilarni qanday qilib kreativ fikrlashga o‘rgatish 
    mumkin? Innovatsiya yaratish uchun tafakkurda qanday o‘zgarishlar kechishi 
    lozim? Tasavvur bilimdan muhim(mi?) Shaxsda kreativlik sifatlarini 
    rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning mazmunini bilish lozim. 
    Kreativlik inglizcha “create”dan olingan bo‘lib, yaratish ma’nosini bildiradi. 
    Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga 
    qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tagzamirida originallik, amaliylik, 
    noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala 
    yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni 
    anglatadi. 
    Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, 
    ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning 


    ko‘p qirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan 
    stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish 
    jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, 
    berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy 
    fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir.
    Albert Eynshteyn “Tasavvur — bilimdan muhim” deganida aynan mana 
    shu jihatni nazarda tutgan. Ko‘pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda 
    inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, 
    odatiylikka barham berilishi lozim. Qoliplardan voz kechamiz. Inson miyasi o‘z 
    ishini “yengillashtirish”, “qulaylashtirish” uchun shablon va stereotiplardan 
    foydalanadi. Stereotiplar shu paytgacha ma’lum bo‘lgan va umumqabul qilingan 
    fikrlardir. Ular asosida fikrlash bizga hech qanday yangi g‘oya bermaydi. 
    Qoliplarning yuzaga kelishida jamiyatda ustuvor bo‘lgan ijtimoiy fikr, 
    mediamahsulotlarda taqdim etilayotgan shakl va ko‘rinishlar ham yetakchi o‘rin 
    tutadi. Inson ommadan ajrab qolmaslik nuqtayi nazaridan hammaning fikriga 
    qo‘shiladi. Qolaversa, “oqim bo‘ylab suzish” mustaqil fikrlashdan ko‘ra oson 
    tuyuladi. Stereotiplar orqali fikrlaganda muayyan mavzu bo‘yicha inson ongiga 
    “so‘rov” berilganida odatiy ma’lumot va mulohazalar yuzaga keladi. Masalan, 
    “yangi yil” deganda to‘kin dasturxon, reklamadan tushmaydigan gazli 
    ichimliklar, archa va hokazolarni tasavvur qilish, bobo obrazida qo‘lida hassa 
    tutgan, ko‘zoynakli cholni ko‘rish qolip asosida fikrlashning ko‘rinishi. Kreativ 
    fikrlovchi insonlar odatiy manzaralardan o‘zgacharoq tasvirlarni ham tasavvur 
    qilib, hech kim ilg‘amagan jihatlarni payqaydi, yangilik yarata oladi. 
    Eng ajablanarli jihati, ta’lim-tarbiya jarayoni ham bolalarni bir xil 
    fikrlashga o‘rgatib qo‘yarkan. Mashhur ixtirochi va kashfiyotchilarning aynan 
    maktabdagi ta’lim jarayonidagi bir xillikka ko‘nikolmagani, qoliplarga 
    sig‘maganini ko‘rish mumkin. Masalan, Albert Eynshteynning maktabdan 
    haydalishi yoki Dmitriy Mendeleyevning kimyo fanidan “uch” olgani bunga 
    misol bo‘ladi. 
    Ken Robinson tomonidan tayyorlangan va YouTube saytida 5 million 
    marta tomosha qilingan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli 
    videolavhada ham shu xususida so‘z boradi. Harf o‘rganish jarayonidayoq 
    bolalarning belgilangan chiziqlar bo‘ylab yozishi, topshiriqlarni bajarishda 
    namunalar orqali ishlashi, adabiyot darslarida asarni qanday tushunish kerakligi 
    to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi, pedagoglarning yaxshi bajaruvchilarni yaxshi 
    baholashi natijasida bolalar qoliplar doirasida fikrlay boshlaydi. Oqibatda 
    ko‘plab yoshlar topshiriq berilsa, namuna bormi, deb so‘raydigan holga kelgan. 
    Bu oldin mavjud bo‘lgan modellar asosida ishlashga o‘rganib qolish natijasi. 
    Bunday vaziyatni bartaraf etish uchun o‘quv jarayonida ijodkorlik sifatlarini 


    tarbiyalashga ahamiyat qaratilishi maqsadga muvofiq. Masalan, o‘quvchilarga 
    “Sizga bir kunda 86400 AQSh dollari berilsa, uni nimalarga sarflagan 
    bo‘lardingiz?” kabi noodatiy savollar berilishi mumkin. Bu savol o‘quvchining 
    topqirlik, bilag‘onlik, ijodkorlik, masalaga turli nuqtayi nazardan qaray olish, 
    yashirin jihatlarni ochish kabi xislatlarini rivojlantiradi. Sababi, 86 400 bir 
    kundagi soniyalar miqdorini anglatadi. Savol orqali o‘quvchiga har bir soniya 
    qimmati anglatiladi, uni behuda sarflamaslik uqtiriladi. Agar o‘quvchi savol 
    tagidagi mohiyatni anglamasa, unda kreativ va evrestik sifatlar past hisoblanadi. 
    Qolip va stereotiplar asosida fikrlashning bir necha ko‘rinishlari bor. Masalan, 
    qutbli tafakkur — hamma narsani ikki shaklda — yaxshi yoki yomon deb qabul 
    qilish, dunyoni oq va qora rangda ko‘rishdir. Aslida, yaxshi yoki yomon 
    narsaning o‘zi mavjud emas, uni fikrlarimiz shundayga aylantiradi. Har bir holat 
    va jarayonning ijobiy hamda salbiy jihatlari bor. Bir tomonlama yondashuv, 
    asoslanmagan xulosalar ham stereotiplar asosida fikrlashning ko‘rinishlaridir. 
    Ijodkorlikni yuzaga keltirish uchun stereotiplarning ongosti darajasida 
    ijoddan cheklovchi funksiya, shablonlardagi to‘siqni anglash, qoliplardan voz 
    kechish zarur. Kumir, brend va modaga ergashish mustaqil fikr kushandasi 
    hisoblanadi. Kiyinish, o‘zini tutish, kasb tanlash, hatto fikrlashdagi taqlid 
    bunyodkorlik faoliyatidan cheklashi mumkin. Shuning uchun nega aynan shu 
    kiyimni tanladim, nima uchun shu ichimlikni xarid qilyapman, deb OAV, 
    reklama orqali inson ongiga majburan singdirilayotgan ta’sirlardan voz kechish 
    mustaqil qaror qabul qilishga, media qurshovidan chiqishga sabab bo‘ladi. 
    Mashqlar, Tomas Edison “Kreativlik — g‘ayriixtiyoriy jarayon”, deydi. Lekin 
    har kuni ko‘plab mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga 
    zaruriyat sezadi. Ular mana shu g‘ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi 
    mumkinmi? Tabiatda yangi fikrlarni yuzaga keltiruvchi “sehrli tayoqcha” yo‘q, 
    biroq har qanday mutaxassisning kreativ o‘ylashiga ko‘maklashadigan ko‘plab 
    usullar mavjud. Buning uchun ijodiy fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni 
    anglash lozim. Jorj Bernard Shou hazillashib shunday deydi: “Ko‘pchilik yiliga 
    ikki-uch marta o‘ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi — haftada 
    bir yoki ikki marta o‘ylaganim”. Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni 
    e’tiborsiz qoldirmaslik, o‘ylash uchun imkon yaratish muhim. 
    Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli masalaga duch kelgan 
    paytingizda ijodkorlik chegaralarini belgilang. O‘zingizdan “Eng oddiy yechim 
    nimada?” deb so‘rang. Keyin “muammoni hal qilishning aql bovar qilmas 
    varianti”ni tasavvur qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o‘rtasida sizga ijodiy 
    maydon paydo bo‘ldi. Endi yangi g‘oya mavhum emas, uning chegaralari 
    mavjud. Bu ijod jarayonidagi psixologik bosimni yengillashtiradi. 


    Uolt Disneyning kreativ fikrlash nazariyasi. Uolt Disney ko‘ngilochar 
    sohada o‘z sanoatini yaratgan, animatsion multfilmlari bilan butun dunyoga 
    tanilgan shaxs. U dunyoga mashhur personajlarini yaratishda kreativlikning uch 
    fazasi — xayolparast, realist, tanqidchi obrazidan foydalanadi.Ya’ni, 
    xayolparast rolida hech qanday chegarasiz xayol suradi, fantaziya yaratadi. Bu 
    jarayonda u Baxning “Tokkata, fuga re minar” musiqasini eshitishini aytgan. 
    Xayolida obrazlar yaratilgandan keyin uni reallik bilan uyg‘unlashtiradi. 
    Personaj qanday harakatlanadi, qanday gapiradi – barchasini konstruktor 
    sifatida jonlantiradi, reallashtiradi. Shundan keyin xayolparast va realist ishini 
    tanqidchi ko‘rib chiqadi. Tanqidchi “filtr” vazifasini bajaradi.Uolt Disneyning 
    yutug‘i xayolparast, realist, tanqidchini bitta shaxsda jamlay olganidir. Odatiy 
    fikrlovchilarda ularning bittasi ustuvorlik qiladi. 
    Tasodiflarga befarq bo‘lmang. Juda ko‘plab ixtirolar favqulodda va 
    tasodifiy holatlarda amalga oshirilgan. Ya’ni, taqdirning o‘zi insonga nozik 
    ishoralar beradi. Bu Isaak Nyutonning boshiga tushgan olma, antibiotikni kashf 
    etgan olim Aleksandr Flemingning yuvilmay qolib, mog‘orlagan laboratoriya 
    idishlari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
    Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni bog‘lash. Mobil telefon va 
    kompyuter imkoniyatlarini birlashtirish orqali planshet, yuk mashinasiga 
    antenna o‘rnatilib ko‘chma stansiya, qayiqqa osib qo‘yilgan mato tufayli 
    yelkanli kemalar paydo bo‘lgan. Shotlandiyalik shifokor J. Danlopning o‘g‘li 
    tosh yo‘ldan velosipedda yurib qiynalar edi. Danlop bog‘ini shlang bilan sug‘ora 
    turib, uning yengil prujinasimon sakrashiga e’tibor berdi. Natijada birinchi 
    bo‘lib shinani kashf etdi. 
    Shuningdek, kreativlikning mikro va makrosignallarini anglash, uning 
    inson fiziologiyasi bilan bog‘liq jihatlari, ya’ni qanday holatlarda inson xayoliga 
    yangi fikrlar kelishini bilish ham muhimdir. 
    Kreativ tafakkurni shakllantiruvchi o‘yinlar 
    "Xayolparast, realist va tanqidchi" usuli 
    Muayyan muammoni uch xil pozitsiyadan – xayolparast, realist va 
    tanqidchi nazaridan hal qilish kerak bo‘lgan rolli o‘yin.
    O‘quvchilar dastlab xayolparast obraziga kiradilar va eng g‘aroyib 
    g‘oyalarni taklif qiladilar. Ikkinchisida, pragmatist bo‘lishadi, muammoni hal 
    qilish uchun aniq birlashtirilgan harakatlar rejasini tuzishadi va bir necha bor 
    o‘ylab ko‘rishadi. Uchinchisida, o‘quvchilar bahslashib, tanqidiy fikrlaydi va 
    taklif qilingan g‘oyalardan xatolarni topadi. 
    Rollarni bir nechta odamlarga taqsimlash mumkin yoki ularning har birini 
    bir o‘quvchida sinab ko‘rish ham mumkin. 
    “Oltita shlyapa” usuli 


    Texnikani o‘tkazishda har xil rangdagi 6 ta bosh kiyimni 1 o‘quvchining 
    o‘zi birma-bir "kiyishi" kerak. Oq rangda – mavzudagi barcha faktlarni 
    sinchkovlik bilan va xolis tekshirish topshirig‘i bajariladi, qora rangda –
    kamchiliklarni topish, sariq rangda – afzalliklarni tahlil qilish, yashil rangda – 
    bir nechta g‘oyalarni berish va qizil rangda – hissiy munosabat bildirish va ko‘k 
    rangda – umumlashtirish kerak bo‘ladi. 
    Adabiyotlarda taʼkidlanishicha, kreativ fikrlashni baholashda qancha koʻp 
    domenlar qamrab olinsa, konstruktning qamrab olishi shunchalik yaxshi boʻladi. 
    Lekin PISA tadqiqotining baʼzi amaliy va logistik cheklovlari PISA dasturiga 
    kiritilgan ehtimoliy domenlarga (sohalarga) taʼsir koʻrsatadi. Shulardan 
    birinchisi, test qilinayotganlarning yoshi bilan bogʻliq. PISA tadqiqotining 
    maqsadli auditoriyasi (15 yoshli oʻquvchilar) cheklangan bilim va hayotiy 
    tajribaga ega boʻlganini hisobga olsak, baholash uchun tanlangan domenlar 
    dunyodagi barcha oʻquvchilarga xos boʻlgan (chizish, yozish yoki muammoni 
    yechish kabi) bilim va tajribalarga asoslangan boʻlishi kerak. Sinalayotgan 
    domen (va unga bogʻliq vazifalar) 15 yoshli oʻquvchining ushbu kontekstda 
    namoyon etishi mumkin boʻlgan kreativ fikrlashining real ifodasini ham aks 
    ettirishi kerak. Ikkinchi cheklov sinov uchun ajratilgan vaqt bilan bogʻliq. 
    Amaldagi PISA baholashining tuzilishiga koʻra, oʻquvchilarning kreativ 
    fikrlashini baholash uchun test sinoviga bir soat ajratiladi. Bu har qaysi domen 
    bo‘yicha yetarlicha maʼlumot hajmi yigʻilishi uchun, ehtimoliy domenlar soni 
    cheklanishi kerak deganidir. PISA tadqiqotining maqsadi individual test 
    natijalari emas, balki mamlakat darajasida test natijalarini taqqoslash 
    koʻrsatkichlarini taqdim etish boʻlgani uchun, turli shakldagi testlarni 
    almashtirib qoʻllash mumkin. Bunda oʻquvchilar domen ichidagi vazifalarning 
    turli qorishmasini (baʼzi tasodifiy oʻxshashliklar boʻlishi mumkin) yechadilar. 
    Qanday boʻlmasin, har bir domenda oʻquvchilarning mamlakat darajasidagi test 
    natijalari borasida ishonchli koʻrsatkichlarni olishlarini taʼminlash har bir domen 
    doirasidagi vazifaga yetarlicha vaqt ajratilishini taqozo etadi va baholashda 
    qamrab olinishi mumkin boʻlgan vazifalar sonini cheklashga majbur etadi. 
    Uchinchi cheklov ijodiy fikrlashning sinovini odatiy PISA test olish 
    platformasida amalga oshirish majburiyati bilan bogʻliq. PISA sinovlari standart 
    kompyuterda amalga oshiriladi, ularda na sensor paneli (tachskrin) bor, na 
    Internet aloqasi. Platforma hozirda javob kiritishning turli shakllarini amalga 
    oshiradi, jumladan, bir nechta javobni tanlash, matn kiritish, siljitib belgilash, 
    xot-spot (matn yoki rasm ichidagi maydonga bosish), chat interfeysi, interaktiv 
    diagramma va grafiklar. Garchi bu baholashni ishlab chiqish davomida 
    platformaga rasm chizish instrumenti, baholash sohalarini tanlash kabi yangi 
    funksional imkoniyatlarni kiritish mumkin bo‘lsa ham, xuddi shunday 


    topshiriqlarni ishlab chiqishda ham platformaning texnik cheklovlarini 
    tegishlicha hisobga olish zarur. Bu asosiy cheklovlarni hisobga olib hamda 
    kreativlikning turli domenlarini muhokama qilinadigan adabiyotga tayanib, 
    PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash keng mavzudagi mazmun 
    sohalariga e’tibor qaratadi: „kreativ ifodalash“ va bilim yaratish hamda 
    muammoni kreativ hal qilish“. Ushbu sohadagi kreativ faol likka oʻziga xoslik 
    (originallik), estetika, xayolot, emotsional mazmun va reaksiya xosdir. 
    Aksincha, „bilim yaratish hamda muammoni kreativ hal qilish» sohasidagi 
    ijodiy faollikka ochiq (yagona toʻgʻri javobi boʻlmagan) savol va muammolarni 
    tadqiq etish bilan bogʻliq kreativ fikrlashning amaliy koʻrinishlari kiradi. Bu 
    soha, oʻz navbatida, „ilmiy muammoni hal qilish“ va „ijtimoiy muammoni hal 
    qilish» sohalariga (domenlariga) boʻlinadi. Ushbu sohalarda, kreativ faollik 
    afzalroq natijaga vositadir va shuning uchun oʻziga xos, innovatsion, taʼsirli va 
    samarali yechimlarni taklif etish deb, taʼriflanishi mumkin. Ushbu toʻrt baholash 
    sohalari real hayot va kundalik ijodiy fikrlash mohiyatini aks ettirib, 15 yoshli 
    oʻquvchilar, odatda, mashgʻul boʻlishi mumkin boʻlgan kreativ fikrlash 
    faoliyatini nisbatan darajada qamrab oladi. Ular ijodiy fikrlashning maktabdagi 
    barcha ehtimoliy ifodasini qamrab oʻz navbatida, „ilmiy muammoni hal qilish“ 
    va „ijtimoiy muammoni hal qilish» sohalariga (domenlariga) boʻlinadi. Ushbu 
    sohalarda, kreativ faollik afzalroq natijaga vositadir va shuning „Kreativ 
    ifodalash“ deganda shaxsning ichki dunyosini (kechinmalarini) oʻzgalarga 
    yetkazib berish hollari tushuniladi. Ushbu mavzu mazmun sohasi, oʻz navbatida, 
    „yozma ifodalash“ va „vizual ifodalash“ sohalariga (domenlari ga) boʻlinadi.
    Kreativ faollikning baʼzi shakllari uchun madaniy me’yorlarda far qlar 
    borligini, taʼlimda mavjud bo‘lgan farqli qadriyatlar, dunyo boʻylab fanlarni 
    oʻqitishdagi farqliliklar mavjudligini hisobga olsak, ushbu sohalardagi 
    oʻquvchilarning natijalari farqlanishini kutish mumkin. Birdan ortiq sohada 


    oʻquvchilar baholansa, mamlakat darajasidagi kreativ fikrlash sohasining kuchli 
    va zaif tomonlari borasida taxminlarga ega boʻlishimiz mumkin. Bu maʼlumot, 
    shuningdek, oʻquvchilar oʻz yechimlarini va gʻoyalarini ifodalash yoʻllarini 
    qidirishlari naqadar ragʻbatlantirilayotgani orasidagi farqliliklarni ham namoyon 
    qiladi. Bu esa turli sohalardagi kreativ fikrlash maktabda qay tarzda oʻqitilishi 
    kerakligi borasida muhim ahamiyatga ega.

    Download 206,38 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 206,38 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi

    Download 206,38 Kb.
    Pdf ko'rish