|
1. Pedagogik mahorat ta’lim jarayonining bosh mezoni
|
bet | 1/3 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 13 Kb. | | #145191 |
Bog'liq 1. Pedagogik mahorat ta’lim jarayonining bosh mezoni-fayllar.org
1. Pedagogik mahorat ta’lim jarayonining bosh mezoni
Reja:
1.Pedagogik mahorat - ta’lim jarayonining bosh mezoni
2.Pedagogik tajriba psixolog nigohida
3.Tarbiya san’ati va texnologiyasi
Adabiyotlar ro`yxati:
1.Pedagogik mahorat - ta’lim jarayonining bosh mezoni
Pedagogik psixologiya – taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasi d a oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. 0 ‘qituvchining kasbnomasida pedagogik mahorat eng asosiy sifat tarzida berilgan. Pedagogik mahoratning o‘zi nima? — deb savol bersangiz nechta kishi bo‘lsa o‘shancha xil javob beradi. Har birini diqqat bilan tinglasangiz, har qaysi javobda ham albatta biror-bir yangilik, o‘zak so‘z bo'ladi. “Pedagogik mahorat” tushunchasini ensiklopedik lug‘atdan qaraydigan bo‘lsak, bu — ta’lim va tarbiya jarayonini doimo rivojlantirib yuksak darajaga olib chiqish san’ati bo‘lib, bu har bir pedagog uchun xos, qachonki u bolalarni va ishini sevsa. Pedagog bu — yuksak madaniyatli mutaxassis, o‘z fanini chuqur biluvchi, umumiy va bolalar psixologiyasini yaxshi biluvchi, ta ’limtarbiya metodikasini mukammal biluvchidir. Pedagogika tarixida ikkita ta’rif bo‘lib, birinchisi pedagogik mahoratni ta ’lim-tarbiya metodlari bilan bog‘lasa, ikkinchi guruh olimlar esa pedagog shaxsini asosiy omil deb hisoblaydi. Bunday tushunchanijajratib bo‘lmaydi, zero metod ham, shaxs ham bir-birisiz bir-birini to‘ldirolmaydi va metodni olib borish uchun ko‘p narsani bilish va bajara olish lozimki, bular ta’lim-tarbiya qonunlari, tamoyillari, texnologiya, diagnostika, loyihalash, korreksiyalash (tuzatish) va hokazolardan iborat. Buni mahorat bilan bajarish uchun ko‘p yil va uzoq mehnat talab qilinadi (ko‘plarda). Yana shunday fikr borki, bunday mahoratga ega bo‘lish uchun talant (irsiy belgi) kerak. Hayotda hamma tarbiyachi bo‘lib tug'iladi (ayrimlardan tashqari), demakki, faqat pedagogik mahoratni o‘rganish, o‘rgatish kerak. A.S. Makerenko fikricha “...nima biz faqat talantlami izlashimiz kerakmi? Ular nechta? Talantli bo'lmagan bola nega jabr tortishi kerak? Demak, biz talantgagina e’tibor berib tarbiyani qura olmaymiz. Biz faqatgina pedagogik mahoratga tayana olamiz, demak, o‘qituvchi tarbiya jarayonini to‘liq, aniq bilishi shart”. Ayrim olimlarimizning fikricha (N.D. Kuzmina) bor-yo‘g‘i 12% o'qituvchi talantli bo‘lib, qolganlari pedagogik mahorat qirralarini egallagan o‘qituvchilardir. Pedagogik mahorat shunisi bilan ajralib turadiki, bunday o‘qituvchilar har qanday vaziyatdan chiqa oladi, javob topa oladi.
|
| |