3.Tarbiya san’ati va texnologiyasi
Barchaga ma’lumki, hozirgi zamonda nazariyani amalda sinash texnologiya orqali amalga oshiriladi. Texnologiya so‘zi kirib bormagan biror soha yo‘q, shular qatori pedagogika ham. Texnologiya 1872- yildan boshlab (lotincha “texne” — san’at, hunar, “logos” — fan) ishlab chiqarishda ishlatila boshlandi va unga quyidagicha ta’rif berildi: — bu fan taklif etgan algoritm, vosita va yo‘llar tizimi bo‘lib ishlatilganda oldindan belgilangan faoliyat natijalariga olib kelib, sifatli va miqdoriy mahsulot chiqishini ta’minlovchi jarayondir. Hozirda barcha ishlab chiqarishlar texnologiyaga asoslangan bo‘lib, bu ilmiy yutuq, taraqqiyot natijalarini amalga tatbiq etish yo‘li va natijasidir. D.P. Bespalkoning ta’rifi bo‘yicha “har qanday faoliyat yoki san’at, yoki texnologiyadir. San’at intuitsiyaga, texnologiya esa fanga asoslanadi. Hamma narsa san’at bilan boshlanib, texnologiya bilan tugaydi va yana shunday boshlanadi”. Tarbiyada texnologiya hah to‘liq shakllanmaganligi uchun ham individual mahoratga asoslanadi, ertami-kech baribir “jamoaviy mahoratga” — texnologiyaga asoslanib ish ko‘radi. Hozirda ko‘pgina mamlakatlarda bunga asos soUnmoqda. Xo‘sh, buni biz qanday tasawur qilishimiz mumkin? Hozirgi zamon texnologiyasining tarafdorlari ham, qarshilari ham bor bo‘lib, ko‘pincha texnologiya ijodkorlikni bo‘g‘uvchi, asosan intellektual sohada uni qo‘llab bo‘lmaydi degan tushuncha bor. Ammo ishlab chiqarish texnologiyasini shundayligicha pedagogikada (insonni tarbiyalash) qo‘llash kerak emas, uni moslashtirib qo‘llash kerak degan tushuncha ko‘proq to‘g‘ri keladi. Tarbiyaviy jarayon ham, ishlab chiqarish jarayoni ham bir-biriga o‘xshash bo‘hb, umumiy tuzilmaga ega ekanligini yaxshi bilamiz. U ham, bu ham ijtimoiy buyurtmani bajaradi. Ikkalasida ham material, baza, ma’Ium maqsad, vosita, usul-uslublar bor. Tarbiya jarayoni bu vazifalami, maqsadni bajaruvchi pedagog faoliyatiga tayanadi. Pedagog esa ma’lumotlaiga, atrof-muhitga, tajribaga, ilmiy asoslangan qoidalarga, sinovdan o‘tgan usul-uslubga, xalq pedagogikasiga, donishmandlar bisotiga, davlat hujjatlariga tayanadi. Shu bilan bir qatorda pedagogik texnologiya (tarbiya texnologiyasi) ishlab chiqarish texnologiyasidan quyidagilar bilan farq qiladi: 1. Ishlab chiqarish jarayonidan farqli o‘laroq tarbiya jarayoni bir butun, yaxlit, mujassam (kompleks) bo'lib, uni bo'laklarga bo‘lish qiyin, ketma-ketlik, uzluksizlik asosida amalga oshirish lozim. 2. Tarbiyada shaxsni “bo'laklarga bo‘lib” tarbiyalab bo‘lmaydi, shuning uchun “texnologik operatsiyalar”ni (ayrim sifatlami shakllantirish) ehtiyotkorlik bilan olib borish lozim. Tarbiya texnologiyasi umumiy bo‘lgani holda individual mahoratga tayanishi lozim. 3. Tarbiya sohasidagi texnologiya baribir har tomonlama rivojlangan, komil insonni shakllantirishga qaratilishi lozim. Har tomonlamaning “tom on”larini shakllantirish yo'llari topish, aniq natijani kafolatlash texnologiyaning maqsadi bo‘lishi lozim. Bu “tom on”larni nazorat qilish, korreksiyalash esa individual mahoratga bog‘liq. Demak shunda umumiy yo‘l va ijodkorlik ketmaketligi bo‘ladi. 4. 0 ‘tish davri (texnologiyaga) hisoblangan hozirgi davrda takomillashmagan texnologiya bo‘lsada bu yo‘ldagi ishlarni davom ettirib, takomillashgan tarbiya texnologiyasini yaratish kerak. Bu yo‘lda bajarilayotgan ishlar yaxlitlikdan mujassamlik sari qadam (maqsad, vazifa, mazmun, usul-uslub birligi), tarbiyaviy ta’sir va o‘zaro hamkorlikdir. Zamonaviy tarbiya texnologiyasi mujassamlik asosida quyidagi shart bo‘lgan yo'nalishda olib boriladi: 1. Tarbiyalanuvchiga uchta yo‘nalish bo'yicha ta’sir o‘tkaziladi — ongiga, sezgisiga va xulqiga. 2. Yaxshi natijaga pedagogik ta’sir ko‘rsatish va o‘z-o‘zini tarbiyalash orqaligina erishiladi. 3. Belgilangan shaxsiy sifatlar aniq tarbiyaviy ishlar asosida shakUantiriladi. Bunda kompleks yondashuv bo‘lishi lozim (aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnatning birligi orqaU). Hozirgi xatomiz esa tarbiya turlarining bir-biriga to‘liq bog‘liq emashgidadir.
Adabiyotlar ro`yxati:
1.Galperin P.Y. Vvedeniye v psixologiyu. M., 1976.
2. Gippenreyter Y.B. Vvedeniye v psixologiyu. M., 1988. 11. Dormashev Y. B.,
http://fayllar.org
|