|
Pedagogik tajriba psixolog nigohida
|
bet | 2/3 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 13 Kb. | | #145191 |
Bog'liq 1. Pedagogik mahorat ta’lim jarayonining bosh mezoni-fayllar.org2.Pedagogik tajriba psixolog nigohida
Ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi va vazifasi barkamol, yetuk shaxslarni, ya’ni Komil insonni yetkazish — shakllantirishdan iborat. Shunday ekan biz ta’lim-tarbiya samaradorligini 0‘quvchilarning qay darajada bilim, ko'nikma va malakaga ega ekanliklari, tarbiyalanganlik darajalari, mustaqil bilim olishga, hayotda o‘z o‘rinlarini topish uchun qanday tayyorgarligi bilan o‘lchashimiz, baho berishimiz lozimligini bilishimiz shart. Biz bu sohada pedagogik tajribani o‘rganar ekanmiz, ko‘pincha o‘qituvchiga, uning faoliyatiga, usul-uslubiga, qo‘llayotgan didaktik materiallariga, vositalariga baho bera olamiz. Ammo shular o'quvchiga nima berayapti, yuqoridagi tamoyillar qanday bajarilayapti — bu tahlilimizda ikkinchi darajali bo‘lib soyada qolib ketadi. Shuning uchun biz ushbu tavsiyada pedagogik tajribani psixologik nigoh bilan, ya’ni o‘quvchi faoliyatiga shu tajriba nima beradi deb, nima berishi kerak degan fikr asosida, pedagogik tajribaning shaxs kamolotidagi o‘rnini quyidagi mezonlar bilan o‘lchamoqchimiz: 1. Ushbu pedagogik tajriba psixologik qonuniyatlar asosida tuzilganmi? U shaxs rivoji qonuniyatlariga bo‘ysunadimi? 2. Agar shunday bo‘lmasa ayrim olingan shaxs xususiyatlarini ochib bera oladimi? 3. Bunda (pedagogik tajriba) ta’lim va rivojlanish hamkorligining qaysi jihatlari maksimal darajaga (samaraga) ega. 4. Tafakkuming qaysi turi bu tajribada to ‘liq shakllantiriladi.
va tarbiyaviy ahamiyati nimalarda o ‘z aksini topgan? 6. Shaxsiy pedagogik xususiyatlaming qaysilari ko‘proq rivojlantiriladi va uning komil inson xususiyatlarida tutgan o‘mi. 7. Pedagogik tajribada psixologik iqlim, tashkiliy qism, o4quvchi faoliyati, dars yakuni, motiv, maqsad, vazifaga moslikning darajasi qanday? kabilar asosida ko‘rib chiqamiz va baho beramiz. '/Ilg‘or pedagogik tajriba bilan ilg‘or pedagogik texnologiyaning qonuniyatlari, mezonlari va tamoyillarini bir-biriga aralashtirib yubormaslik kerak, ammo ularbir-birini to‘ldirishini, uyqash ekanligini, bir xil maqsad va vazifani — kom il insonni shakllantirishini unutmasligimiz lozim. Ilg‘or pedagogik tajriba bir fanga, fanlarga oid bo‘lsa, llg‘or pedagogik texnologiya esa barcha fanlarga oid bo‘lib, interfaol usullar asosida ish ko'radi. Ilg‘or pedagogik tajribada esa nostandart darslar, ayrim o‘qituvchilaming o‘z fanlarining o‘rganish metodlariga xoslikda namoyon bo‘ladi. Ammo o‘qituvchilar nostandart darslar bilan interfaol usullami chalkashtirishi natijasida ikki xillik tushunchasi paydo bo‘ldi va bu ulami qayta tayyorlash, malakasini oshirish muammosini keltirib chiqardi. Natijada muammoli kurslar, ilg‘or pedagogik texnologiyaga oid semenar-trening, qisqa muddatli kurslar, seminarlar o‘tkazilib nostandart darslar, interfaol usullar haqida nazariy va amaliy bilimlar hosil qilindi, axborot texnologiyasidan foydalanish, axborot — ma’lumot to ‘plash, foydalanish o‘rgati!di.
Ilg‘or pedagogik tajribani o‘iganishda, tahlil qilishda ta’limning didaktik tamoyillari va o‘quv jarayonini tashkil etish va olib borishning xususiy tamoyillari: — mustaqillilik; — rivojlantirish; — kollektivlik, jamoaviy ish; — o‘z-o‘zining faoliyatini tashkil etish; — rolli ishtirok; — javobgarlik; — psixologik ta’lim kabilar nuqtayi nazaridan kelib chiqamiz. Har bir pedagogik tajribada esa yuqoridagi xususiy tamoyillami qay darajada hayotga — amalga tatbiq etilishining samaradorligi bilan o'Ichaymiz. Yakuniy xulosa esa o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malaka darajasi, tarbiyalanganligining ko‘rsatkichlari bilan baholanadi.
Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishda maktab psixologining o‘mi ham (tashxis kartasi orqali), sinf rahbarining roli ham, sinf oynasi (jurnal) ham manba boia oladi. Pedagoglar o'rtasida ta’limda tarbiyalaymiz, tarbiyalab turib ta’limni shakllantiramiz degan tushuncha bor. Shuning uchun tarbiyaning ta’limdagi, ta’limning tarbiyadagi o'rni beqiyos.
|
| |