• Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi
  • Innovatsiya”
  • Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




    Download 478,28 Kb.
    bet42/89
    Sana26.09.2024
    Hajmi478,28 Kb.
    #272518
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89
    Bog'liq
    Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

    Ta’lim metodi – o‘quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati usuli
    Ta’lim metodikasi muayyan o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimi inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
    Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi – ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik texnologiya vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimni ifodalaydi.
    Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g‘oyasi o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy Yevropa va AQSHda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o‘rtaga tashlandi. Mazkur g‘oya 30-yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” (“ta’lim texnikasi”) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi “o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va vositalar yig‘indisi” tarzida talqin etildi hamda o‘quv jarayoniga o‘quv taklifi ilk bora AQSHda faoliyat yurita boshlagan “Dasturiy ta’lim va o‘rgatuvchi mashinalar bo‘yicha birlashgan Qo‘mita” tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy ta’lim o‘zida ta’lim maqsadlari, ularni o‘zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi. Bu esa o‘zgartirish majmuasini to‘laligicha qayta tashkil etish tushunchasi mazmuniga mos keladi: “Pedagogik texnologiya umumiy didaktik tamoyillarga ega bo‘lishi bilan birga, quyidagi aynan o‘zigagina xos bo‘lgan tamoyillarga ham ega:
    1. Bir butunlik, yaxlitlik tamoyili ikki jihatni o‘zida aks ettiradi:
    a) ta’lim, tarbiya hamda shaxs kamoloti (taraqqiyoti) birligi;
    b) pedagogik texnologiyaning muayyan, qat’iy tizimga egaligi, “tizimlilik” tushunchasi bu o‘rinda ham ma’lum o‘quv fanini o‘qitish jarayoniga, ham umumiy ta’lim jarayoniga xoslikni anglatadi.
    2. Asoslilik (fundamentlik) tamoyili fanlarning o‘rganish obyekti, ichki mohiyati va xususiyatlariga ko‘ra turli yo‘nalish (blok)larga bo‘lib o‘rganish afzalliklarini ifoda etadi. O‘quv fanlari tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar tarzida turkumlashtirilgan. Har bir o‘quv fani uning uchun “yadro”, “o‘zak” sanaluvchi axborotlarga ega bo‘lib, ushbu axborotlar shaxs tomonidan fanlar asoslarining o‘rganilishi, aniq mutaxassislik bo‘yicha mustaqil bilim olish, o‘zlashtirilgan bilimlarni kengaytirib borish yo‘lida tayanch tushunchalar bo‘lib xizmat qiladi. Bunday yondashuv ma’lum yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayonida fanlararo aloqadorlik xususiyatidan foydalanish imkonini ham beradi. O‘quv fanlarining muayyan yo‘nalishlar tarzda biriktirilishi shaxs xotirasiga nisbatan zo‘riqishni kamaytiradi, shuningdek, fikrlash quvvatini oshiradi, tafakkurning yuzaga kelshini ta’minlaydi. XX asrning 80-yillarida ta’lim jarayonini tashkil etish ta’lim oluvchilarga mavjud fanlar sohalari bo’yicha oz-ozdan ma’lumot (bilim) berishdan iborat deb talqin etilgan bo‘lsa, 90-yillarda ushbu jarayonning tashkil etilishi o‘zlashtirilgan bilimlar negizida muayyan, aniq fan bo‘yicha yangi ma’lumot (bilim)larga ega bo’lish uchun qulay sharoitni yaratish jarayoni sifatida e’tirof etildi.
    3. Madaniyatni anglash (madaniy hayotning rivojlanishiga muvofiqlik) tamoyili nemis pedagogi A.Disterveg tomonidan XIX asrda iste’molga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Madaniyatni anglash tamoyili tinglovchilarga ijtimoiy jamiyatning madaniy darajasidan kelib chiqib ta’lim berilishini nazarda tutadi. O‘tgan asrda ta’lim samaradorligini ta’minlovchi yetakchi omil sifatida pedagogning bilim darajasi va mahorati e’tirof etilgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘qituvchining bilimi, salohiyati hamda mahoratining yuqori darajada bo‘lishi bilangina muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritib bo‘lmasligi barchaga ayon. Mazkur o‘rinda zamonaviy fan va texnika imkoniyatlari, xususan, kompьyuter, multimediya vositalari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining e’tiborga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda mutaxassislar “soha (yoki yo‘nalish)larning o‘ziga xos jihatlari, bu boradagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqur bilishlari, muayyan faoliyatlarni bajara olishlari, belgilangan muddatda aniq vazifalarni hal etishga ulgurishlari hamda ma’lum yutuqlarga erisha olishlari” g‘oyasi etakchi o‘rin tutuvchi bozor munosabatlari sharoitiga puxta tayyorlanishi lozim.
    4. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili. Tilga olingan har ikki tushuncha ham lug‘aviy jihatdan (yunon. “humanus” – insoniylik, “humanitas” – insoniyat), bir o‘zakka ega bo‘lsa-da, ularning har biri o‘ziga xos ma’nolarni ifodalaydi. Insonparvarlashtirish ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar (tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, filologiya va boshqalar)ning kiritilishini, insoniylashtirish tushunchasi esa shaxs va uning faoliyatiga nisbatan ijobiy yondashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda, insonparvarlashtirish – inson va jamiyat o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar jarayonida inson omili, uning qadr-qimmati, sha’ni, or-nomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga asoslanuvchi faoliyatni tashkil etish jarayoni bo‘lsa, insoniylashtirish “barcha sharoitlar inson va uning kamoloti (taraqqiyoti) uchun” degan g‘oya asosida tashkil etiluvchi faoliyat jarayoni sanaladi. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda har bir o‘qituvchi ushbu tamoyilga qat’iy amal qilishi lozim yoki o‘z mutaxassisligiga oid muammolarni hal etishda uni jamiyat manfaatlari bilan uyg‘un bo‘lishiga e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir. Endilikda pedagog tinglovchilar faoliyatini avtoritar (yakka hokimlik) tarzida boshqarmay, balki ta’limiy hamkorlik g‘oyalariga sodiqlik asosida ta’lim jarayonini insoniylashtiradi yoki boshqacha aytsak, ta’limni insoniylashtirish tamoyiliga amal qilinishini ta’minlaydi. Ushbu holat o‘z navbatida yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
    5. O‘qitib tadqiq etish, tadqiq etib o‘qitish tamoyili. Ushbu tamoyil quyidagi ikki jihatni yoritishga xizmat qiladi:
    1) ta’lim muassasalarining har bir o‘qituvchisi o‘z fani sohasiga tinglovchilarni jalb qilgan holda tadqiqotlarni olib borishi lozim;
    2) o‘qituvchi ta’lim texnologiyasini ishlab chiqadi, uni amaliyotda sinab ko‘radi, kuzatadi va tuzatishlar kiritadi, ya’ni, u ta’lim jarayonini tadqiq etadi. O‘qitish jarayonining mazkur ikki jihati muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘qituvchining kasbiy hamda pedagogik mahoratini oshirib borishga va tinglovchilarni bo‘lajak mutaxassislik faoliyatiga puxta tayyorlash uchun zamin yaratadi.
    6. Ta’limning uzluksizligi tamoyili ta’lim oluvchilarning kasbiy sifatlarga ega bo‘lishlari, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida takomillashib borishini nazarda tutadi. Shaxsga uning butun umri uchun asqotishi mumkin bo‘lgan bilimlarni berish mumkin emas, zero, mavjud bilimlar har besh-o‘n yil mobaynida o‘zgarib, mazmunan boyib boradi. Demak, mazkur tamoyil o‘qituvchining o‘z faoliyatida mustaqil ta’limni tashkil etishga e’tibor berishi, pedagog etakchiligini ta’minlagan ta’limdan tinglovchilarning mustaqil bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishni ifodalaydi.
    7. Faoliyatli yondashuv tamoyili nazariya va amaliyotning didaktik bog‘liqligiga asoslanadi. Didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil ma’noda izohlanadi:
    a) ta’lim oluvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar;
    b) ular tomonidan o‘zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar. Bilimlar faoliyat jarayonida mustahkamlanadi, shu sababli tinglovchilarda nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim. Amaliyotdagi tadbiqiga ega bo‘lmagan bilimlar tez orada unutilib yuboriladi. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini baholash ham muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda ularni amaliyotga tatbiq etishning samaradorligini bir qator mezonlar bilan aniqlash mumkin. O‘qitish tizimida pedagogik texnologiyalarini samarali qo‘llash pedagogning kasbiy kompetentligiga ham bog‘liq. Shu sababli pedagogik texnologiyalarning samaradorligini pedagog tomonidan ularning qo‘llanilishiga ko‘ra ham baholash mumkin. Ular quyidagilardir:
    - ta’lim, tarbiya va shaxsni rivojlantirish vazifalarining o‘zida yaxlit as ettira olishi;
    - o‘zida zamonaviy fan va texnika darajalarini ifodalay olishi;
    - g‘oyaviy jihatdan talabalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos kelishi; - o‘quv materialining zarur axborotlar bilan to‘liq ta’minlanganligi;
    - o‘qitish jarayonida rang-barang metod va vositalarni qo‘llash imkoniyatini ta’minlaganligi;
    - ta’limning ko‘rgazmaliligi va barcha uchun ochiqligini ta’minlash tamoyiliga egaligi;
    - ko‘p funksiyali ta’lim vositalaridan foydalanish va ularni oson ekspluatatsiya qilish imkoniyatining mavjuligi;
    - pedagogning talabalarga mustaqil ishlarni samarali tashkil etishga ko‘malashish darajasi

    Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi. “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar;


    2) ilmiy- texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi”
    Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‘rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o‘rgangan.

    Download 478,28 Kb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89




    Download 478,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

    Download 478,28 Kb.