• Tayanch tushunchalar
  • -mavzu: G‘oyaviy tahdidlardan himoyalanishda tarbiyaviy ishlarning ahamiyati




    Download 478,28 Kb.
    bet52/89
    Sana26.09.2024
    Hajmi478,28 Kb.
    #272518
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89
    Bog'liq
    Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

    10-mavzu: G‘oyaviy tahdidlardan himoyalanishda tarbiyaviy ishlarning ahamiyati


    REJA:

    1. G‘oyaviy tahdidlar va ulardan himoyalanish zarurati.

    2. Tarbiyaviy ishlar mazmun-mohiyati.

    3. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahorat.

    Mustaqil ish: Virtual pedagogikaning shaxs shakllanishiga ta’siri.


    Tayanch tushunchalar: tarbiya, immunitet, mil­liy qadriyat, ustanovka, ijtimoiy xulq ko‘nikmalari.
    2-ilova

    FSMU

    Farzandlarimiz milliy ma’naviyatimiz asosida tarbiya topsa, yot g‘oyalar o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Sh.M.Mirziyoyev


    3ilova(slayd)

    4-ilova



    Faollashtiruvchi savollar:
    G’oya nima?
    Tahdid turlarini bilasizmi?
    5-ilova

    O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Biz bugun axborot globallashuvi davrida yashayapmiz. Biz istaymizmi, yo’qmi, yurtimizga turli ko’rinishdagi axborot hurujlari bo’lishi tabiiy.
    Ana shunday hurujlarga qarshi aholida, ayniqsa, yoshlarda immunitetni mustahkamlash, ularni mil­liy qadriyatlarimiz, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda televideniye va radioning o’rni beqiyosdir.” (2, 263-bet), - deya ta’kidlaydi
    Bugungi kunda jamiyat hayotida namoyon bo‘layotgan ma’lumotlar ta’sirida shaxsning qadriyatlari, xulq-atvori, dunyoqarashi, ijtimoiy-iqtisodiy ongining o‘zgarishi muqarrar jarayonga aylandi. Axborot oqimi psixologik yo‘nalganligiga ko‘ra insonlarning qadriyatlari, ruhiyati, fikrlashi, xulqiga ta’sir etadi. Axborot oqimni anglash, unga munosabat bildirish shaxsda ijtimoiy voqelikni erkin baholash, turlicha ustanovkalarni shakllantirish, ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini namoyon etishga olib keladi.
    O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida ushbu fikrlarni bayon etgandi: «Hozirgi paytda hayotimizni elektron axborot vositalari, xususan, televideniye va radiosiz umuman tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugungi kunda ular bir vaqtning o‘zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy estetik oziq beradigan va xordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda. Shu sababli o‘tkir ta’sir kuchiga ega bo‘lgan televideniye va radio sohasini izchil taraqqiy ettirish jamiyatning doimiy e’tibor markazida bo‘lishi tabiiy.»
    Axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha xududlaridagi odamlarning o‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir. Aytish mumkinki, jamiyatning global axborotlashuvi ilmiy-texnik, iqtisodiy va sotsial taraqqiyotning o‘zagini tashkil etadi. «Axborot asri» deb nom olgan XXI asrda axborot strategik resurs sifatida tabiiy boyliklar, energiya manbalari qatoridan joy oldi. Boshqacha aytganda, axborot taraqqiyotning bosh omiliga aylangan.
    Axborot harbiy snaryadga, ommaviy axborot vositalari esa tajovuz quroliga aylantirilmoqda. Bu hodisani ifodalovchi «axborot urushi» atamasi fizik olim Tomas Ron tomonidan iste’molga kiritilgan. «Sovuq urush» davrida axborotning "harbiy kuchlar va mudofaaning eng zaif bo’g‘ini" ekanidan aziyat chekkan olim bu "qurol”ning zalvorini kuchaytirish haqida qayg‘uradi. Ammo janob Ron yillar o‘tib, kishilar ongi jang maydoniga aylantirilishini, axborotdan vayronkor qurol sifatida keng foydalanshshshini tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak.
    Axborot urushlari biz bilgan urushlardan qator jihatlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, axborot urushlari ancha kamharj, qo‘shin saqlashni, qurol-yarog‘ sotib olishni talab qilmaydi. AQSHning sobiq Prezidenti J.Karter „Targ‘ibotga sarflangan 1 dollar qurollanishga sarflangan 10 dollardan samaraliroq“, — deb bejiz ta’kidlamagan. Ikkinchidan, axborot urushlari hech qanday chegarani tan olmaydi. U Internet, sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa, ommaviy axborot vositalari xukmronlik qilayotgan bugungi dunyoda axborotni bojxona ko‘rigidan o‘tkazib, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratishning iloji yo‘q. Birok, eng tashvishlisi, bu urushda raqibni jismonan yo‘q qilish emas, uni o‘ziga ma’nan bo‘ysundirish maqsad qilinadi. Axborot urushida inson ongi, millat ruhiyati nishonga olinadi. Bu urushda binolar zarar ko‘rmasa-da, odamlar o‘ldirilmasa-da, moddiy boyliklarga shikast yetmasada, uning mafkuraviy, ma’naviy, ruhiy zarari beqiyosdir. 
    Ba’zan beozor ko‘ringan ommaviy axborot vositalari ham madaniy o‘zakni qo‘porishning kuchli vositasiga aylanayotganini e’tiborga oladigan bo‘lsak, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish zarurligi haqidagi fikrning ahamiyatini yanada chuqurroq anglaymiz. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina habar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin».

    Download 478,28 Kb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89




    Download 478,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: G‘oyaviy tahdidlardan himoyalanishda tarbiyaviy ishlarning ahamiyati

    Download 478,28 Kb.