• Mundarija
  • Iqtisodiyot Nazariyasi “ fanidan kurs ishi mavzu




    Download 50,49 Kb.
    bet1/9
    Sana27.01.2024
    Hajmi50,49 Kb.
    #147174
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Iqtisodiyot Nazariyasi “ fanidan kurs ishi mavzu-fayllar.org


    Iqtisodiyot Nazariyasi “ fanidan kurs ishi mavzu


    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
    Toshkent Moliya Instituti

    Iqtisodiyot “ kafedrasi
    Iqtisodiyot Nazariyasi “ fanidan

    KURS ISHI

    Mavzu: Ishlab chiqarish omillari, ularning o’zaro ta’siri va rivojlanishi
    Bajardi: M.Bektursinov
    Ilmiy rahbar:
    Toshkent 2023

    Mundarija

    Kirish 4


    I BOB 6
    1.Ishlab chiqarish mazmuni va mohiyati. 6
    1.2 Moddiy ishlab chiqarish sohasi 11
    1.3 Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni. 14
    II BOB 16
    2.Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi. 16
    III BOB 25
    3.Ishlab chiqarish va istemolni o’zaro bog’liqligi. 25
    3.1 Farqsizlik egri chizig’i 27
    Xulosa. 30
    Foydalanilgan adabiyotlar. 35

    2



    Kirish



    Hozirgi kunda butun jahon iqtisodchilarining oldida turgan yirik masalalardan biri, bu shak shubhasiz, odamlarning bitmas tuganmas ehtiyojlarini qondirishdir. Shu sababli, bugun dunyoning har bir chekkasini olmaylik, turli xildagi insonlarning iste’moli uchun kerak bo’ladigan mahsulotlarni tayorlashga bo’lgan talab ortib bormoqda. Shu jumladan bizning davlatimiz bo’limish O’zbekistonda bu borada ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o’rinda Prizidentimiz I. A. Karimovning quyidagi so’zlarini keltirishimiz lozim. “Sobiq ittifoq markazi o’tkazgan yangi mustamlakachilik hududiy iqtisodiy siyosat oqibatida respublikada xalq xo’jaligi bir tomonlama xom-ashyo bazasi sifatida rivojlandi. Texnologiya, resurslar, shuningdek butlovchi buyumlarni bir qismini, xalq is’temoli mollarini etkazib berish jihatidan boshqa respublikalarga juda qaram qilib qo’ydi. Ammo “O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat, deb ta’kidlamoq uchun barcha asoslar bor. Respublikada hamma narsa: tabiiy boyliklar, unumdor yer, qudratli iqtisodiy va ilmiy - texnikaviy, insoniy va ma’naviy salohiyat mavjud”
    O’zbekiston zaminida juda ulkan va noyob, hali ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral xom-ashyo resurslari to’plangan. Ularning 95 turi aniqlangan. Respublikada 370 ta kon ishlab, har yili 200 million tonnadan ortiq tog’ jinslari qazib olinmoqda. Paxta tolasini yetishtirishda mamlakatimiz jahonda yetakchi o’rinlardan
    3


    birini egallaydi. Markaziy Osiyo davlatlarida yetishtirilgan paxta tolasining 1,5 million tonnasi yoki 75 foizi
    O’zbekiston hissasiga to’g’ri keladi. Hozirda dunyo aholisi soni
    taxminan 7 milyardga yetgan. Va bu ko’rsatkich kundan kunga yanada oshib bormoqda.
    Kishilik jamiyatini taraqqiyoti va insonlarni yashashlari uchun zarur bo’lgan moddiy – ne’matlar tabiatda mavjud bo’lsada, ularni inson extiyojlariga moslab tayyorlamoq, yetishtirmoq, ishlab chiqarmoq va qayta ishlab, ularni tayyor iste’mol maxsulotlariga aylantirmoq lozim. Buning uchun esa, eng avvalo ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan unsurlarni bo’lishi, ularni o’zaro birikishini shakllantirish lozimdir. Xullas ishlab chiqarishni tashkil etmoq kerak. Shundan keyin ishlab chiqarishni maqsadi, moxiyati, vazifasi va uning natijalarini tushunmoq kerak bo’ladi. Maqsad aniq bo’lgandan keyin esa, ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash, samaradorligini oshirib borish va iste’molchilarga to’g’ridan to’g’ri yetkazib berish ustvor vazifaga aylanadi. Biz ushbu kurs ishini tayorlashda asosan shu narsalarga katta ahamiyat qaratdik. Ishlab chiqarishni, iste’mol, xo’jalikni tashkil qilish va uni yuritishga ta’luqli tayanch iqtisodiy tushunchalar va iqtisodiy qonuniyatlar yoritib berishga harakat qildik.


    4


    Download 50,49 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 50,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyot Nazariyasi “ fanidan kurs ishi mavzu

    Download 50,49 Kb.