|
2-Mavzu: Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari Reja
|
bet | 1/7 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 24,66 Kb. | | #136875 |
Bog'liq 2-amaliy mashg\'ulot
2-Mavzu: Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari
Reja:
2.1. Shaxsiy ijod: ta'rifi va ahamiyati
2.2. Kreativ fikrlashda taʼlimning oʻrni qanday?
2.3 Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali strategiyalar
2.4. Ijodiy fikrlash usullari
Tayanch iboralar: faollik, tezkor fikrlash, o’ziga xos,yondashuvlarni shakllantirish, taqlid qilish ,tafakkurini tavsiflash, o‘ynash, o‘zgartirish,sintez qilish, faoliyat Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”,“Aqliy xujum”, «Bumerang» usullari
2.1. Shaxsiy ijod: ta'rifi va ahamiyati
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg`ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e'tiborini ta'lim jarayoniga faol jalb etishni ta'minlaydi”. Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o’qituvchilar ham o’zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o’tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o’ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo’yicha baholash imkoniyatini yaratadi. Talaba tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to’rtta mezonni qanotlantirishi lozim E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi:
- muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
- farazni tekshirish va o’zgartirish;
- qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
Kreativ muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlik Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin.
|
| |