|
Madrasalar va hadis ilmining paydo bo‘lishi
|
bet | 75/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaMadrasalar va hadis ilmining paydo bo‘lishi. Islom Qur’oni Karimdan keyin mo‘‘tabar sanalgan payg‘ambarimiz Muhammad Alayhisalomning «Hadisi» Shariflarida musulmonlarning moddiy va ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishlarini orzu qilib ota – onaga hurmat, mehnatsevarlik, o‘zaro ahil bo‘lish, mehr – oqibat, ehson, sabr – toqat, kamtarlik, vafo – sadoqat, poklik kabi insoniy sifatlar haqidagi nasihatlari va yaxshi fazilatli bo‘lish yo‘llari bayon etilgan.
Vafo hayotda obro‘ – e’tibor va muvafaqqiyatga sabab bo‘luvchi fazilatdir. Omonat va vafo hayotda tinchlik va baxt – saodat orzu qilgan har bir jamiyat, xalq, oila, inson uchun zaruriy fazilatdir. Vafodorlik insoniylikdir. Fazilat farzand kabidir. Uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. Muhammad payg‘ambar odamlarga manfaatlirog‘larini yaxshi odam hisoblaganlar.
Manmanlik xususiyati bo‘lgan kishida go‘zallik bo‘lmaydi. Mol – dunyosi bilan faxrlansa, o‘lganda ulardan asar ham qolmaydi. Kamtarlik insoniy eng go‘zal fazilatdir. Kamtarlik insonning madaniyati, odamiyligi, mardligi kabi insoniy fazilatlar bilan belgilanadi. Kamtar kishida havoi g‘urur, manmanlik bo‘lmaydi, u odob – axloqli, mehr – shafqatli bo‘ladi, ishida, so‘zida qat’iy turadi.
Imom Ismoil al Buxoriy, Imom at-Termiziyning hadis ilmining yoyilishidagi xizmatlari.Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al – Mug‘ira ibn Bardibza al – Buxoriy hijratning bir yuz to‘qson to‘rtinchi yili shavvol oyidan o‘n uch kun o‘tganda juma namozidan keyin (milodiy hisob bilan 809 yil 13 mayda) Buxoroda tavallud topdi. Otasi SHayx Ismoil ibn Ibrohim ahli hadislardan bo‘lib, savdo ishlari bilan shug‘ullanar edi. Rivoyatlarga ko‘ra, Imom Ismoil al – Buxoriy 16 yoshga qadam qo‘yganda Abdulloh ibn Muborak al – Marvazdiy va Vaqi’ ibn al – Jarrohlarning kitoblarini batamom yod olgan. U yod olgan hadislarning matnini dalillari va roviylarning tarjimai hollari bilan birga qo‘shib yod oladi…
Imom al – Buxoriy Makka, Madina, Damashq, Qaysariya, Xoms, Bag‘dod, Kufa, Vosit, Balx, Nishopur, Askalon, Marv kabi shaharlarda bir necha yil yashab, hadislar to‘plash, yozish va ko‘plab toliblarga ilm o‘rgatish bilan shug‘ullanadi. Ismoil al – Buxoriy insonlarni to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga, va’daga vafo qilishga da’vat etib, munofiq kishining uchta belgisi bo‘lishini ko‘rsatib, ular yolg‘on gapirishdan, va’daga vafo qilmaslikdan va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi. Insonning kuch – qudrati jismonan pahlavonligida emas, balki jahl chiqkan vaqtda o‘zini tiya olishini pahlavonlik, deb hisoblaydi. U o‘zining asarlarida musulmon kishi uch kundan ortiq o‘z birodaridan arazlab, gina saqlab yurishi mumkin emasligini, qo‘shnisiga ozor bermasligi, mehmonni hurmatini o‘rniga qo‘yish muhimligi, qarindosh – urug‘larga oqibatli bo‘lish, ularning ahvolidan xabardor bo‘lib yurishini ta’kidlaydi. Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma’naviy meros qoldirib ketdi. bu merosning gultoji – eng ishonchli hadislar to‘plami – «Al – Jomi as – Saxix» islom dinida Qur’oni Karimdan keyin e’zozlanadigan ikkinchi manbadir. butun dunyo musulmonlarining e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘idir.
|
| |