|
Sinf rahbari va guruh murabbiysi ishlarini rejalashtirish va hisobga olish
|
bet | 83/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaSinf rahbari va guruh murabbiysi ishlarini rejalashtirish va hisobga olish. Sinf yoki guruh tarbiyalanuvchilari bilan ishlashning muvaf-faqiyati ishlarni qanchalik to‘g‘ri va oqilona rejalashtirishga bog‘liq. Sinf rahbari, guruh murabbiysi faoliyati kelajakni mo‘ljallab yo‘lga qo‘yiladi. SHu ma’noda uning vazifasi jamoaning har bir a’zosi, o‘quvchi yoshlar kelajagini to‘g‘ri rejalashtirishdan iborat. Tarbiyaviy ishlarni loyihalashtirish tarbiyaning maqsad va vazifalarini aniq tasavvur etishdan boshlanadi.
Sinf rahbari o‘z ish rejasini tuzishda quyidagi qator talablarga rioya qilishi kerak:
a) tarbiya vazifalarining to‘g‘riligi va aniqligi;
b) rejaning qisqaligi va detallashtirishda me’yorga rioya qilish;
v) o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishning eng ma’qul variantlarini tanlash;
g) mo‘ljallangan ishlarni rejalashtirishda uning kundalik ahamiyati va uzoqni mo‘ljallab tuzilganligi;
d) pedagogik rahbarlik va o‘quvchi-talabalar faolligining birligi;
e) mazkur ta’lim muassasasi ichki ishlarining tashqaridagi ishlar bilan uzviyligi;
j) o‘quvchi-talabaning tarbiyalanganlik darajasi bilan ularning hayot tarzi o‘rtasida bog‘liqlik;
z) yosh va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olish;
k) shaxs tarbiyalanganlik darajasini nazarda tutish;
l) ta’lim muassasasining turli tadbir va rejalari bilan kelishilganligi;
Sinf rahbari ish rejasining tuzilishi:
1. Sinfga umumiy tavsiya, tarbiya vazifalari, tarbiyaviy faoliyat tizimi.
Tarbiyaviy ishlar mazmuni - o‘quvchilar umumiy dunyoqarashini kengaytirish, siyosiy, ma’naviy-axloqiy, huquqiy-iqtisodiy va boshqa sifatlarni shakllantirish.
Tarbiya metodlarida tushuntirishdan u yoki bu ishlarni mustaqil bajarishga o‘tish.
Tarbiyaviy ishlar shakllari - yakka tartibdagi suhbatdan ko‘pchilik ishtirokidagi munozaraga, nazariy anjumanlarga o‘tish, oddiy ijrochilikdan katta jamoat ishlarini mustaqil bajarishga o‘tish.
Sinf rahbari va guruh rahbari belgilangan muddatlarda direktorning yoki rektorning ma’naviyat bo‘yicha o‘rinbosari bilan kelishilgan holda ishning bajarilishini rejalashtiradi va ular oldida hisobot berib turadi.
|
| |