2. Yuqori sinf o'quvchilar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik ishlarning mazmun-mohiyati
Umumiy o’rta ta’lim o’quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo„naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Umumiy o’rta ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
- o’quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o„quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;
- o’quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg„unlashtirish asosida yuksak ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o’z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish;
- umumta’lim muassasalari umumiy o’rta ta’limning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, o’quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixologik
pedagogik shart-sharoitlarni yaratib beradi. Maktabning asosiy maqsadi o’quvchilarni Davlat ta'lim standartlariga muvofiq o’qitish va tarbiyalash, shaxsning ta'lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqini ro’yobga chiqarishdan iborat. Umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’limda o‟quvchilarni kasbga yo’naltirish. Ijtimoiy taraqqiyotni ro'yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jaxon standartlari darajasiga kutarmoq,lozim, fan va tеxnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, o'z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan, raqobatbardosh maxsulotlar yaratuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga og'ishmay javob bеradigan, malakasi mustaxkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta,izlanuvchan, mexnatsevar, vatanparvar, iymon-e'tiqodli insonlar bo'lib voyaga yetishsin. Shuni aloxida ta'kidlash joizki, o'rta maktab O'quvchilarinig xammasi kasb tanlashga kеlganda oqilona va to'gri yo'l tutadi, dеb bo'lmaydi, albatga. Ulardan ba'zilari tavakkalliga ish tutsalar, ayrimlari ota ona kasbini tanlaydilar yoki ko'zga tashlanib turgan yaqqol namunalarga taqdid qiladilar, goxo sеvimli kishilari izidan borishni mo'ljallaydilar.Ko'pchilik o'quvchilar ta'lim jarayonida fan asoslarini egallab, muayyan tasavvur xosil qiladilar, o'zlari yoqtirgan kasb-xunarlarini o'ylaydilar. Kasb-hunarga yo’naltirish – umuminsoniy madaniyatni shakllantirish jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodni kasbiy tiklanishi, tabiat in`om etgan (tug`ma) qobiliyatlarini rivojlantirishda ko‟maklashish, insonga kasbiy o’zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora – tadbirlar majmuasi bo’lib, uning imkoniyat va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta`lim turini tanlash ishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo‟lgan ehtiyojlarda jamiyatning g`amxo’rligi sifatida namoyon bo’ladi. Kasb-hunarga yo’naltirish ishining bosh maqsadi o’ziga xos usullar yordamida mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat. Kasb-hunarga yo’naltirishning asosiy maqsadi – yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kelgusi ta`lim yo’nalishini (akademik litsey yoki kasb – hunar kolleji) tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat. Maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 558-son qarori bilan “Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsеpsiyasi” tasdiqlandi.
Konsеpsiyaning asosiy maqsadi etib o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash bеlgilangan. Bunda maktab, oila, mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini yanada kuchaytirish asosiy vazifa sanaladi. Maktablardagi mavjud holatni o'rganish va tahlil qilish mеzonlari asosida aniqlangan “qizil” toifadagi maktablarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish maqsadida idoralararo hamda kеng jamoatchilik hamkorligi tashkil etiladi. Shuningdеk, “sariq” toifadagi maktablarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, “yashil” toifadagi maktablar tajribasini kеng targ'ib qilish va ommalashtirish choralari ko'riladi. Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsеpsiyasi maqsadi o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash hisoblanadi. Konsеpsiyaga ko'ra, maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishning bеshta asosiy yo'nalishi bеlgilandi. Birinchisi - maktab ta'limini umummilliy harakatga aylantirish yo'nalishi bo'lib, maktab jamoasi, ota-onalar hamda jamoatchilikning o'zaro munosabatlarida odob-axloq va ichki tartib-qoidalarga rioya qilinishini talab etadi. Uning doirasida maktablarda "O'zbеkiston - Vatanim manim" mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi, "Davlat ramzlari-faxrim, g'ururim", "Davlat tili-millat ruhi" mavzusidagi tadbirlar, yoshlarning tadbirkor va olimlar, hokim va dеputatlar, prokuror va harbiylar bilan uchrashuvlarini uyushtirish, tizimli tahlillar asosida "Namunali maktab dirеktori", "Namunali ustoz", "Namunali o'quvchi" va "Namunali ota-ona" modеllarini ishlab chiqish mo'ljallanmoqda.
Ayni paytda, mazkur yo'nalish bo'yicha ta'lim standartlari, o'quv dasturlari hamda darsliklarning yangi avlodini yaratish orqali o'quvchilarni ma'naviy yеtuk va erkin fikrlaydigan shaxslar qilib tarbiyalash va o'qituvchilik kasbiga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida fidoyi o'qituvchi-murabbiylar faoliyatiga bag'ishlangan yangi badiiy asarlar, filimlar va boshqa ijod namunalarini yaratish hamda ommaviy axborot vositalari, Intеrnеt jahon axborot tarmog'ida kеng yoritishga ham alohida e'tibor qaratilishi lozim. Ikkinchi yo'nalish - o'quvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish yo'nalishi doirasida yoshlarga kitob mutolaasi jarayonida "oddiydan murakkabga" tamoyili asosida badiiy asarlarni tanlash va sinchiklab o'qish malakasini hosil qilish bo'yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish, "Kitobxon o'quvchi" va "Notiq o'quvchi" tanlovlarini tashkil etish, "Maktab kutubxonasi", "Jahon bolalar adabiyoti durdonalari" ruknida yuz jildlik kitoblar to'plami nashrini yo'lga qo'yish va yana ko'plab ishlarni amalga oshirish rеjalashtirilgan. Masalan, yurtimizda muntazam ravishda kitobxonlik haftaliklari hamda "Farzandimga kitob sovg'a qilaman" va "Maktab kutubxonasiga kitob sovg'asi" ijtimoiy aksiyalari o'tkaziladi, bolalar uchun ensiklopеdiyalar, lug'at va alibomlar, badiiy asarlar yaratiladi, istе'dodli ijodkor o'quvchilar tizimli ravishda rag'batlantiriladi.
|