|
Yuqori sinf o'quvchilar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik ishlar. Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 34,1 Kb. | | #147425 |
Bog'liq mustaqil ish
Yuqori sinf o'quvchilar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik ishlar.
Reja:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining o’quv tizimini isloh qilishi.
2. Yuqori sinf o'quvchilar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik ishlarning mazmun-mohiyati
3. O'quvchilarning ma'naviy immunitеtini mustahkamlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining o’quv tizimini isloh qilishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak maʼnaviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda taʼlim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. Prezidentimiz maktab taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʻi maktabdir” degan fikrini alohida taʼkidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha toʻxtalib oʻtdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo„yicha milliy dasturni tasdiqlash to„g„risida”dagi Farmoni, “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qo„shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq o’quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash bo„yicha yagona elektron platforma yaratiladi hamda har bir 5-11-sinf o’quvchisi uchun elektron “Ish daftari” joriy etiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturni tasdiqlash to’g’risida”dagi Farmoni, “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi Qaroriga muvofiq o„quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash bo„yicha yagona elektron platforma yaratiladi hamda har bir 5-11-sinf o„quvchisi uchun elektron “Ish daftari” joriy etiladi. Shuningdek, o„quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ular kasbga yo„naltiriladi va o’qitiladi. O’zbekiston Respublikasi maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar Ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo„nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an‟analari va pedagogikasi, shuningdek, jahon xalqlari pedagogikasining ilg’or yutuqlari asosida ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirish, shu maqsadda o’qituvchilar, pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va uni har tomonlama rag„batlantirish, bilim va ko„nikmalarining puxtaligini ta’minlaydigan zamonaviy didaktik vositalar qo„llashni keng ko„lamda yo’lga qo’yish, shu asosda ta’lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bo„ldi. Bugungi kungacha o„tgan davr mobaynida O’zbekistonda ta‟lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o„zgarishlarga va uning taraqqiyot istiqbollariga mos keladigan ta’lim tizimini tashkil qilishga olib keldi. Unda quyidagilar ko„zda tutilgan: - ta’lim tizimini bozor iqtisodiyotiga va ochiq jamiyatga qayta yo’naltirish; - aholining turmush farovonligini oshirishning zarur sharti sifatida ta’lim olish uchun teng imkoniyatlar yaratish; - ta’lim xizmatlarining barqaror va sifatli ko„rsatilishini ta‟minlash maqsadida ta’lim sohasini moliyalashtirish tizimini yaxshilash hamda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish; - ta’lim sektorining boshqaruvini takomillashtirish. Prezidentimizning doimiy e’tibori natijasida o’tgan yillar davomida yurtimizda jahondagi nufuzli universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatildi. Natijada, yuksak xalqaro obro„-e’tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega Evropa va Osiyoning etakchi oliy o’quv yurtlari Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiallari tashkil etildi hamda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ushbu oliy o„quv yurtlarida mashinasozlik, neft-gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat huquqi kabi mexnat bozorida talabi yuqori bo’lgan mutaxassislar bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda va ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga ega bo’lmoqda.
|
| |