• Fanidan KURS LOYIHASI Mavzu: Bino bosh loyihasida xavfsizlik talablarining ta’minlanishi Bajardi: _______________Abduraxmonov A.
  • KIRISH I. NAZARIY QISM
  • XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Bino, inshoatlarni qurish va ishlatish xavfsizligi




    Download 2 Mb.
    bet1/8
    Sana13.06.2024
    Hajmi2 Mb.
    #263521
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Abduraxmanov A




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
    SAN’ATSHUNOSLIK” FAKULTETI


    5640100-Hayotiy faolyat xavfsizligi ta’lim yo’nalishi
    IV-bosqich talabasi Abduraxmonov Alisherning

    BINO, INSHOATLARNI QURISH VA ISHLATISH XAVFSIZLIGI”


    Fanidan


    KURS LOYIHASI
    Mavzu: Bino bosh loyihasida xavfsizlik talablarining ta’minlanishi
    Bajardi: _______________Abduraxmonov A.
    Qabul qildi: o’qituvchi _______________ Nasriddinov J.
    Namangan 2023


    MUNDARIJA




    KIRISH




    I.

    NAZARIY QISM




    1.1.

    Binо va inshoatlаr хаvfsizligining huquqiy va tashkiliy qismlari.




    1.2.

    Qurilish materiallarining tasnifi, asosiy xossalari.




    II.

    METODIK QISM




    2.1.

    Qurilishning bosh tarxida mehnat xavfsizligi masalalari.




    2.2.

    Materiallarning olovga chidamliligini oshirish yo’llari.




    III.

    TEXNIK-IQTISODIY KO`RSATKICHLAR




    3.1

    Iqtisodiyot tarmoqlarida chang moddalarini aniqlash.







    XULOSA







    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR





    KIRISH
    Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyati bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
    Bugun O’zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi. Davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi. O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash zarurati ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarish shartlaridan biridir.
    Faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan xavfli omillar jarohatlanishga yoki baxtsiz hodisaga olib keladi. Bulardan jarohatlanish xavfli omil tufayli tana butunligining buzilishi bilan tushuntiriladi. Baxtsiz hodisalar esa kasallikning yuqori darajasi, jarohatlanishning ishchi mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki to’liq yo’qotishi, hattoki o’lim bilan tugashi kuzatiladi.
    Me’yoriy ish rejimidan chetga chiqish, ishlab chiqarishda zararli va xavfli muhitning borligi, xavfsizlik qoidalari va mehnat intizomining buzilishi ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin.
    Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar – ishlab chiqarish sharoitida sog’liqning to’satdan buzilishidir. Masalan: o’tkir tig’li kesuvchi asbob bilan tana a’zolarining to’satdan kesib olinishi; ko’zga biror narsaning kirib ketishi; ish joyida biror gazning qo’qqisdan chiqib, kontsentratsiyasining ortishi natijasida zaharlanish; yuqoridan tushib ketish va hokazo.
    Baxtsiz hodisalar ikki guruhga bo’linadi: og’ir va yengil darajadagi guruhlarga bo’linadi. Agar baxtsiz hodisa tufayli og’ir tan jarohati yuzaga kelsa, bunday baxtsiz hodisalar og’ir darajadagi bo’lib hisoblanadi va aksincha, yengil jarohatlanish keltirsa, yengil turdagi jarohatlanish hisoblanadi.
    Favqulodda holatlarda shikastlangan fuqarolarga ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi tezkor choralar ko’rish bilan ularning hayotini saqlab qolish, azob-uqubatlarni imkoniyat darajasida kamaytirish, ro’y berishi mumkin bo’lgan turli asoratlarning oldini olish yoki kasallikning kechishini yengillashtirishdan iboratdir.
    Birinchi tibbiy yordam shikastlanish hodisasi sodir bo’lgan joyda shikastlanganlarning o’z-o’zlari va bir-birlariga o’zaro yordamlari hamda sanitar-drujinachilar tomonidan ko’rsatilishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam turkumiga qo’yidagi chora-tadbirlar kiradi: qon ketishini vaqtincha to’htatish; badanning jarohatlangan yoxud ko’ygan joyga toza steril bog’lam qo’yish; sun’iy nafas oldirish va yurakni bilvosita massaj qilish, uqalash; turli zahriqotillarga qarshi emdori, antidot (ziddizaxar) lar yuborish, antibiotiklar berish, og’riq qoldiradigan tinchlantiradigan dorilar yuborish (ayniqsa shok vaqtida); yonib turgan kiymni uchirish, shikastlangan odamni transport vositasida bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish uchun uning shikastlangan joyini qimirlamaydigan qilib bog’lash (transport immobilizatsiyasi), odamni issiq va sovuq harorat ta’siridan asrash, uning muzlab qolgan badanini isitish; turli zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganlarga gazniqob kiydirish ularni xavfsiz joylarga olib chiqish, shuningdek, qisman sangitariya ishlovlarini zudlik bilan o’tkazish va h.k.



    Download 2 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bino, inshoatlarni qurish va ishlatish xavfsizligi

    Download 2 Mb.