Bino, inshoatlarni qurish va ishlatish xavfsizligi




Download 2 Mb.
bet2/8
Sana13.06.2024
Hajmi2 Mb.
#263521
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abduraxmanov A

NAZARIY QISM


1.1 Binо va inshoatlаr хаvfsizligining huquqiy va tashkiliy qismlari.

Memorlik qadimdan ma’lum bo‘lib, funksional vazifalarga xizmat qilishdan tashqari, jamiyatda mavjud g‘oyalarni tashkil ettirishga, davlat va jamoat ehtiyojlarini qondirishga intilgan. Bu o‘rinda bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temurning “Bizning qudratimizdan shubhang bo‘lsa, biz yaratgan binolarga boq”, — degan mashhur so‘zlarini eslatish kifoya. Yoki Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurgan har bir kimsa, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, osmono‘par minora va koshinkor peshtoqlarga tikilganida, hayolidan mazkur obidalarni qurgan memor va ustalarning istedodi va mahorati, ularni qurishga buyurgan hukmdorlarning qudrati to‘g‘risidagi fikrlar o‘tishi shubhasizdir.


O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng boshqa sohalarda bo‘lgani kabi me’morlikda ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Mustaqillikka erishilgandan keyin tarixda birinchi marotaba 1995 yilda
“Arxitektura va shaharsozlik” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish va bajarish jarayonida ko‘p sohaviy imkoniyatlar paydo bo‘ldi va shu asosda tarixni, madaniy boyliklarni, iqlimni, zilzila va umuman, hududimizga xos bo‘lgan holatlarni e’tiborga olgan holda 148 ta milliy – davlat “Qurilish meyorlari va qoidalari” (КМК) ishlab chiqildi. KMK 2.03.05-97. Binоlаrning yog’оch plаstmаssа mеtаll kоnstruksiyalаri.
KMK 2.03.01-97. Bеtоn vа tеmirbеtоn kоnstruksiyalаri. KMK 2.01.03-96. Sеysmik hududlаrdа lоyihаlаsh. Takidlash joizki, mustaqillikning birinchi yilidan va ayniqsa, oxirgi ikki-uch yil mobaynida shaharsozlik sohasiga e’tibor kuchayib kelmoqda.
Shaharsozlik sohasiga tegishli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning “O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (2000-yil 26-apreldagi 2595-sonli), Vazirlar Mahkamasining «Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida» (2000-yil 27-apreldagi 165-sonli), «Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi poselkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi to‘g‘’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» (2000-yil 14-avgustdagi 320-sonli), «Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari (2000-yil 23-avgustdagi 329-sonli) fikrimiz dalilidir.
Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash – yurt taraqqiyoti va halq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruza 2016 yil 7 dekabr. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz.
O’zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida. PF-4947-sonli Farmoni. Mazkur qonunlar asosida oliy talim ikki bosqichda, bakalavriat magistratura yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda.
O‘quv qo‘llanmasida Respublikamizdagi kapital qurilishning, ayniqsa uy- joy qurilishi sohasidagi yutuqlari, hozirgi ahvoli, kelajak rejalari atroflicha yoritilgan. Bino va inshoatlarning konstruktiv tizimlari, hajmiy-tarxiy yechimlari, ularning ahamiyati va konstruktiv loyihalash asoslari shu yo‘nalishda Respublikamiz qurilish industriyasi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda yoritilgan.
«Arxitektura» fani «Bino va inshootlar qurilishi» yo‘nalishi uchun asosiy hisoblangan qurilish texnologiyasi fani bilan bir vaqtda olib borilib bu yetakchi fanning maqsadlarini to‘la amalga oshirilishiga qaratilgan.
Mazkur darslikda bino va inshoatlar konstruksiyalarining xillari, xususiyatlari, ularning bino qurilishida tutgan o‘rni, binolarning tarxiy – hajmiy yechimlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bayon etilgan.
Hisobiy raqamlar va ayrim ko‘rsatkichlar Respublikamizda jahon standartlari asosida qurilish sohasidagi yangidan chop etilayotgan meyoriy va rasmiy hujjatlardan olingan. Bo‘lajak quruvchilar ushbu fan asoslarini mukammal o‘zlashtirmay turib qurilish konstruksiyalari, zamin va poydevorlar va hokazolarni o‘rganishlari mumkin emas.
«Arxitektura» fani boshqa texnik fanlar bilan ham o‘zaro bog‘liqdir, ayniqsa qurilish konstruksiyalari, Zamin va poydevorlar, Temirbeton konstruksiyalari, qurilish texnologiyasi va h.k. fanning nazariy asoslari va prinsiplari ikki semestrga mo‘ljallangan bo‘lib, 72 soatlik maruzalar kursida bayon etiladi.
Hurmatli o‘quvchi! Mazkur risola yordamida istiqlol me’morligiga bir nazar tashlab, o‘tgan yillar davrida amalga oshirilgan ishlarning ko‘lamini, ahamiyat va mohiyatini chamalab ko‘rishga ehtiyoj sezildi. Zero, memorligimiz sohasida erishilgan katta yutuq, yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklarniig barchasini qamrab olish risola mundarijasidan o‘rin olmaganligini ta’kidlash joizdir. Shu bilan birga asrlarga teng bunyodkorlik ishlari bajarilganligi, respublikamiz shahar va tumanlarining bugungi qiyofasi tubdan ozgarib, go‘zallashib borayotganligi isbot talab qilmaydigan bir haqiqat ekanligi ham ma’lumdir.
Yer qobig‘ining yuqori qatlamida joylashgan va qurilish maqsadlarida ishlatiladigan geologik jinslar tuproq deb ataladi. Tuproqlar har xil kattalikdagi zarralarning oraliqlarida bo‘shliqlar hosil qilgan to‘plamidir. Bu zarralar tuproq skletini tashkil etadi. Poydevor ostida joylashgan, bino og‘irligini o‘ziga qabul qiluvchi tuproq massasi asos deb ataladi. Asoslar ikki xil: tabiiy va sun’iy bo‘ladi.
Tabiiy asos deb qurilgan binoning og‘irligini o‘zining tabiiy holatida ko‘tarib tura olishi mumkin bo‘lgan poydevor osti tuprog‘iga aytiladi.
Sun’iy asos deb bino og‘irligini o‘zining tabiiy holatida ko‘tara olmayigan va shu sababli sun’iy ravishda qotirilgan va zichlashtirilgan tuproqqa aytiladi.
Poydevordan asosga uzatiladigan kuchlar tuproqda zo‘riqish holatini yuzaga keltirib, uning deformatsiyalanishga olib keladi. 1-rasmda tuproq hajmi zo‘riqishning taxminiy shakli keltirilgan.



1-rasm. Poydevor osti asos tuprog‘ida yuzaga keladigan zo‘riqish zonasi:


b – poydevor eni;
P – binodan asosga poydevor orqali tushayotgan yuk.
Zo‘riqish zonasining chuqurligi va eni poydevor kengligidan katta bo‘lib, ma’lum chuqurlikkacha ortib boradi, so‘ngra asta-sekin kamaya boradi. Chuqurligi 6 b ga yetganda tuproq amalda zo‘riqishlarsiz bo‘ladi. Bunda ta’sir etuvchi og‘irlik kuchlari tuproq mustahkam bo‘lmaganda asosni deformatsiyalab, binoning cho‘kishga olib keladi.
Yuqoridagi keltirilgan salbiy hodisalar bo‘lmasligi uchun asosni tashkil qiluvchi tuproqlar quyidagi talablarga javob berish kerak: ma’lum miqdorda yuk ko‘taruvchan, yuk ta’siridan kam va bir tekisda siqiladigan bo‘lishi kerak, g‘ovaklardagi namlik muzlaganida tuproq shishmaydigan va hajmi kengaymaydigan bo‘lishi lozim (shunday talablarga ko‘ra poydevor o‘rnatish chuqurligi qurilish rayonining muzlash chuqurligiga muvofiq belgilanadi).
Asosning mustahkamligini kamaytiruvchi va loyihalashda ko‘zda tutilmagan cho‘kishlar sodir bo‘lmasligi uchun tuproqqa yer osti suvlarining ta’sirini cho‘kish va surilish extimolini nazarda tutish kerak. Poydevor qurishdan oldin tuproqni shibbalab, bir tekis cho‘kishi ta’minlanadi, aks holda keyin tuproq cho‘kishi tufayli bino devorlarida zo‘riqish hosil bo‘lib, yoriqlar paydo bo‘ladi va butun yoki uning ayrim qismini avariya holatiga keltiradi.
Yer osti suvlari tuproqlarning strukturasiga, fizik holatiga va mexanik xususiyatlariga katta ta’sir qilib, asosning yuk ko‘taruvchanlik xususiyatini kamaytiradi. Agar tuproq tarkibida suvda oson eriydigan moddalar (gipo) bo‘lsa, uning erishi natijasida asosda g‘ovaklar hosil bo‘lib, uning yuk ko‘taruvchanligi pasayib ketadi. Bunday hol bo‘lmasligi uchun yer osti suvlari sathini pasaytiradigan usullarni qo‘llash kerak bo‘ladi.
Yer osti suvlari tezligi tuproqning mayda zarralarini yuvib ketadigan darajada bo‘lgan joylarda bino atrofini shunt to‘siqlar bilan o‘raladi yoki asosga ma’lum chuqurlikda drenaj trubalari o‘rnatiladi.
Asoslar tuproq tarkibiga, strukturasiga va joylashish xarakteriga ko‘ra har xil bo‘ladi.
Toshloq asos bir butun massa ko‘rinishida (granitlar, kvarsitlar, qum toshlar va b.) yoki qatlam ko‘rinishida joylashgan bo‘ladi. Ular suvga bardoshli, siqilmaydigan, darz va g‘ovaklari bo‘lsada mustahkam va ishonchli asos hisoblanadi.
Yirik bo‘lakli asos 2 mm dan katta bo‘lgan bo‘laklar (50% dan ko‘p) o‘zaro bog‘lanmagan qoya jinslaridan (chaqiq tosh, shag‘al, mayda tosh, yirik qum va boshqalar) iborat bo‘ladi. Agar uning ostida mustahkam zich qatlam joylashgan bo‘lsa u yaxshi asos hisoblanadi.
Qumli asoslar maydaligi 0,1 dan 2 m gacha bo‘lgan qum zarralaridan iborat bo‘ladi. Zarralarning mayda-yirikligiga ko‘ra qumlar: shag‘alli, yirik, o‘rtacha yiriklikdagi, mayda va changsimon bo‘lishi mumkin. Qumlar qancha yirik va toza bo‘lsa bunday asoslar qatlami shuncha katta miqdordagi yukni ko‘tarib turishi mumkin.
Loy tuproqlar, ya’ni birikkan tuproqlar asosan o‘lchamlari 0,005mm dan kichik, tangasimon ko‘rinishdagi zarralardan tashqi topgan bo‘ladi. Bunday tuproqlar ingichka kapillarlari mavjudligi va zarralari katta solishtirma yuzaga tegib turishi bilan qumlardan farq qiladi. Ko‘p hollarda g‘ovaklar suv bilan to‘yingan bo‘lgani uchun muzlagandan so‘ng tuproqning hajmi ortishi, ya’ni ko‘pchishi mumkin. Loy tuproqli asoslarning yuk ko‘tarish qobilyati tuproqning namlik darajasiga bog‘liq. Quruq tuproq nisbatan katta miqdordagi yukni ko‘tarib turishi mumkin.
Loy tuproq quyidagi turlarga bo‘linadi:
- oddiy tuproqlar (tarkibida tuproq zarrachalari 30% dan ortiq);
- sog‘ tuproq (tarkibida tuproq zarrachalari 10-30%);
- qumloq tuproqlar tarkibida tuproq zarrachalari 3-10%.
Sariq tuproq (lyoso) loy tuproqlarning turlaridan biri bo‘lib, katta miqdordagi changsimon zarralardan iborat bo‘ladi. U vertikal joylashgan naycha ko‘rinishidagi g‘ovaklardan (makrog‘ovak) tashkil topgan. Bu tuproqlar quruq holatda ancha mustahkam bo‘ladi, ozgina namlanganda esa tashqi yuk ta’siridan katta miqdorda cho‘kish deformatsiyasi ro‘y berishi mumkin. Bunday tuproqlar cho‘kuvchan tuproqlar qatoriga kiritilib, ularda qurilayotgan bino asosini namlanishdan himoya qilish tadbirlarini ko‘rish talab etiladi.
Organik aralashmali tuproqlar (o‘simlikli tuproq, balchiq, torf, botqoqlik, torfi) tarkibiga ko‘ra har xil bo‘lib, uvalanib ketadigan (bo‘sh), g‘ovak, siqiluvchanligi katta bo‘ladi. Tabiiy holatda binoning asosi bo‘lishiga yaramaydi.
To‘kilgan tuproqlar chuqurliklarni, hovuzlarni, chiqindi tashlanadigan handaklarni sun’iy yo‘l bilan to‘ldirishdan hosil bo‘ladi. Bunday tuproqlarni bir tekis siqilmaganligi uchun ko‘p xollarda tabiiy asos sifatida ishlatib bo‘lmaydi.
Yerning siljuvchan loyli qatlami mayda qum bilan balchiqdan tashkil topadi.
Ular ham tabiiy holda bino uchun asos bo‘la olmaydi.
Binoning fazoviy bikrligi va turg‘unligini ko‘p xollarda asoslar ta’minlaydi. Qurilish normalarida asoslar uchun ruxsat etilgan cho‘kish qiymatlari binoning turiga bog‘liq bo‘lib, 80 mm dan 150 mm gacha qilib belgilanadi.
Agar bino qurilishi mo‘ljallangan yer uchastkasi asosga qo‘yilgan talablarga javob bermasa (shu yerda bino qurilishi shart bo‘lsa), u xolda sun’iy asos qo‘llaniladi. Bunda tuproqni qotirish yoki sifatsiz tuproqni sog‘ tuproq bilan aralashtirish yo‘li bilan mustaxkamligi oshiriladi.
Tuproqni qotirishning quyidagi usullari bor:
1) shibablash (zichlash) – mexanik usulda – pnevmatik usul bilan yoki maxsus katoklar yordamida amalga oshiriladi. Tuproqni vibratsiya (titratish) yo‘li bilan ham shibbalash mumkin. Bu yo‘l bilan shibbalash ancha samarali bo‘lib, tuproq tez zichlashadi;
2) Silikatlash – bu usul qumli, changsimon qumli va sariq tuproqli asoslarni qotirishda qo‘llaniladi. Bunda tuproqqa galma-gal suyuqlantirilgan shisha va kalsiy xlor, changsimon qumlarni qotirishda esa suyuqlantirilgan shishaning fosfat kislota bilan aralashmasi bilan, sariq (lyoss) tuproqni qotirishda esa suyuqlantirilgan shishaning o‘zi shimdirilib qotiriladi.
3) Sementlash-maxsus naylar yordamida tuproq qatlamiga suyultirilgan sement xamiri (qorishmasi) yoki sement suti, shimdiriladi va ular tuproq g‘ovaklarida qotishi natijasida toshsimon strukturaga aylanadi. Sementlash usuli shag‘alsimon, yirik va o‘rtacha yiriklikdagi qumli asoslarni qotirishda qo‘llaniladi;
4) Termik yo‘l bilan kuydirish orqali qotirishda yonuvchi moddalar oldindan tayyorlangan quduqlarga yuqori bosim ostida yuboriladi. Bu usul sariq (lyoss) tuproqlarni qotirishda qo‘llaniladi.
Agar yuqorida keltirilgan usullarni qo‘llash qiyin bo‘lsa, u xolda tuproq toza, ma’lum mustaxkamlikka ega bo‘lgan boshqa tuproqlar bilan almashtiriladi. Almashtirilgan tuproq “yostiq” deb ataladi. Asosga uncha katta bo‘lmagan yuk (kuch) ta’sir etadigan bo‘lsa yirik va o‘rta yiriklikdagi qumli yostiq qo‘llaniladi, bunda uning qalinligi (bosimi) pastdagi kuchsiz tuproqning normativ qarshiligidan katta bo‘lmasligi kerak.
2. Poydevor binoning asosiy konsturktiv elementlaridan biri hisoblanib, u binoning yer ustki qismidan tushayotgan og‘irlikni asosga uzatib turadi. Binolar podvalli bo‘lsa, poydevorlar podval xonalarini o‘rab turuvchi konstruksiya vazifasini ham o‘taydi.
Poydevorlar har xil tashqi kuch va muhit ostida bo‘ladi. Bu ta’sirlardan asosiylari: butun binoning og‘irligi, tuproq ko‘tarilishi va muzlashidan hosil bo‘ladigan ta’sir kuchlari, seysmik ta’sirlar, tovush ta’siridan binoning titrashi, o‘zgaruvchan temperatura, namlik, ximiyaviy moddalar ta’siri, bakteriyalar, zamburug‘lar, hashorotlar ta’siri va h.
Bunday ta’sirlarga bardosh berishi uchun poydevorlar mustahkam, turg‘un, uzoq vaqtga chidamli, yer osti suvlari, kimyoviy va biologik moddalar ta’sir etmaydigan bo‘lishi lozim.
Poydevorlarni qurishda yog‘och, xarsang tosh, xarsangtosh beton, beton va temirbeton kabi materiallardan foydalaniladi.
Konstruktiv tuzilishi jixatidan bino qurilishida turli xil (2-rasm): lentasimon tutash tasma polosa ko‘rinishidagi, uzluksiz va uzlukli, aloxida turuvchi (ustunli poydevor va ustun ostiga qo‘yiluvchi ayrim tayanchlar xolidagi), qoziqoyoqli va yaxlit (tekis yoki qovurg‘ali) poydevorlar qo‘llaniladi.
Poydevorni tepa yuzasi, ya’ni devor joylashadigan tomoni poydevor cheti (obrez), ostki asosga tegib turuvchi tekisligi esa poydevor tagi deb ataladi.
Qurilish maydoni rejalangan satxdan poydevor tagigacha bo‘lgan masofa poydevorning yer ostki chuqurligi deb ataladi. Bu chuqurlikning qancha bo‘lishini belgilashda uning asos qavati chuqurligiga mos kelishini va tuproqning muzlash chuqurligini hisobga olish kerak. Agar asos nam, mayda zarrali tuproqdan (mayda yoki changsimon qum, tuproq, sog‘ tuproq) iborat bo‘lsa, unda poydevor, tagi tuproqning muzlash chuqurligi satxidan yuqorida bo‘lmasligi kerak. Isitiladigan bino ichki devorlari poydevorining yer ostki chuqurligi tuproqni chuqurligiga bog‘liq bo‘lmasdan, u yer satxidan yoki podval poli satxidan 0,5 m chuqurlikda olinadi. Poydevorlar tashqi kuch ta’siriga chidamliligi jixatdan bikr (ularning materiali faqat siqilishga chidab, egilishga chidamaydi) yoki egiluvchan (asosan egilishga chidaydi) bo‘lishi mumkin. Bikr poydevorlarda tabiiy xarsang tosh, xarsang tosh beton, beton ishlatiladi. Egiluvchan poydevorlarda asosan temir-beton ishlatiladi. Lentasimon poydevorlar balandligi 12 qavatgacha bo‘lgan karkassiz sxemali turar-joy binolarida keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Lentasimon poydevorlar ko‘rinishi va profiliga ko‘ra ko‘pgina xollarda to‘g‘ri burchak shaklida bo‘ladi Kengligi poydevor materialiga bog‘liq bo‘lib, devorning kengligidan ikki tomonga 50-150 mm gacha chiqariladi. Poydevor plani va kesimidagi ko‘rinishi, hamda o‘lchamlari shunday tanlanishi kerakki, bunda bosim kuchi asosga bir tekisda taqsimlanadigan bo‘lishi kerak. Poydevorlarning ko‘rinishi va o‘lchamlari uning materialiga, binoga tushayotgan yuk miqdoriga, tuproq sifatiga, yer osti suvlari, tuproqning muzlash chuqurligi va iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.


Download 2 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bino, inshoatlarni qurish va ishlatish xavfsizligi

Download 2 Mb.