1-Jadval
Yuqoridan tushayotgan jismning
balandligi, m.
| Xavfli muxit chegarasi |
Kran bilan ko’tarilayotgan yukka nisbatan, m.
|
qurilayotgan binoga nisbatan, m.
|
10 m gacha
|
4
|
3,5
|
20 m gacha
|
7
|
5
|
20 dan 120m. gacha
|
10
|
5
|
70 dan 120m. gacha
|
15
|
10
|
120 dan 200m. gacha
|
20
|
15
|
200 dan 300m. gacha
|
25
|
20
|
300 dan 450m. gacha
|
30
|
25
|
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari o’tgan muhit atrofida inson sog’ligi uchun o’ta xavfli va zararli bo’lgan elektrmagnit maydoni ta’siridan odamlarni himoyalash uchun ulardan ma’lum masofada to’siqlar qo’yib chegaralash orqali odamlarni xavfsizligini ta’minlash mumkin. Bunday chegaralar 2 - jadvalda keltirilgan.Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari o’tgan joylarda ruxsat etilgan muhofaza chegaralari.
2 - Jadval
Tarmog’dagi elektr kuchlanish, kVt.
|
Vertikal
bo’yicha, m.
|
Gorizontal bo’yicha, m.
|
1 dan kam
|
5
|
10
|
1 dan 20 gacha
|
6
|
15
|
20 dan 35 gacha
|
7
|
20
|
35 dan 110 gacha
|
7,5
|
25
|
150 dan 220 gacha
|
8
|
25
|
220 dan 330 gacha
|
8,5
|
30
|
500 dan 750 gacha
|
9
|
35
|
750 dan 1100 gacha
|
10
|
40
|
2.2.Materiallarning olovga chidamliligini oshirish yo’llari.
Qurilishda ishlatiladigan yog’och ashyolar ikki: tilingan va tilinmagan turlarga bo’linadi. O’z navbatida ular xari va xoda deb yuritiladi.
Uchining diametri 14 sm va bundan katta bo’lgan hamda har ikki santimetrdan keyin bir tekisda yo’g’onlashib boradigan tilinmagan yog’ochlar xari deb ataladi. Agar tilinmagan yog’och uchining diametri 14 sm. dan kam bo’lsa, u holda xoda (diametri 8– 11 sm) yoki xodachalar(diametri 3–7 sm) deyiladi.
Xarilarning uzunligi Davlat standartlariga muzofiq, 3–9 metr atrofida bo’ladi.
Lekin, qurilishda o’rtacha 4–7 metr uzunlikdagi xarilar ko’proq ishlatiladi.
Ularning dia- metri tubidan uchiga qarab har 1 metrda 1 sm. dan 1,5 sm. gacha kamayib boradi. Tilingan yog’ochlar olishda, har metrda 1,5 sm. dan ko’proq ingichkalashgan xarilar yaroqsizdir. CHunki, taxta tilishda ularning ko’p qismi chiqitga chiqib ketadi.
Tilinmagan yog’ochlar sifatiga ko’ra navlarga bo’linadi.Birinchi navga yuqori sifatli xarilar kiradi. Ulardan binolarning og’irlik kuchi ta’sir etuvchi konstruktsiyalar, durad- gorlik va mebel buyumlari tayyorlanadi.
Ikkinchi navga ayrim nuqsonlari bo’lgan, ammo zamburug’ bilan kasallanmagan xarilar kiradi. Bu navdagi yog’ochlar kuch ta’sirida ishlaydi- gan konstruktsiyalar, qoliplar va shunga o’xshashlarni tayyorlashda foydalaniladi. Uchinchi nav xarilarda nuqsonlar ko’p bo’ladi, lekin chirish kasalligi bo’lmasligi kerak. Bunday yog’ochlar esa bino va inshootlarning ikkinchi darajali qismlari sifatida, yog’och binolar qurishda ishlatiladi.
Xoda va xodachalardan ko’pincha, qurilishda to’sin, ustun va sinchlar hamda tirgaklar tayyorlanadi. Xodalarni bo’yiga arralab, tilingan yog’och ashyolar olinadi. Yog’ochning sifatiga va undagi nuqsonlarning mikdoriga qarab bunday ashyolar olti navga bo’linadi. Qurilishda tilingan ashyolarning quyidagi turlari ishlatiladi: xarini bo’ylamasiga arralab, qoq o’rtasidan bo’linsa, yarim xarilar hosil bo’ladi. Ular isitilmaydigan binolarning devor- lariga, yopma sinchlariga va boshqalarga ishlatiladi. Yarim xari deganda uning ko’ndalang ke- simini (1/2) tushunmoq kerak. Masalan, xarining diametri 140 yoki 180 mm bo’lsa, yarim xari 140/2 yoki 180/2 deb yoziladi. Butun xarini bo’ylamasiga baravar to’rt qismga arralab, chorak xari olinadi. Davlat standartlariga muvofiq, tilingan yog’ochlar ko’ndalang kesimning shak- liga va katta-kichikligiga qarab, qurilish bruslari, bruschalar hamda boshqa xillarga bo’linadi.
Yog’och turi
|
O’rтacha chidamlilik muddati, yil
|
SHimdirilmagan
|
Kreozot moyi shimdi-rilgan
|
Rux xlorid shimdi- rilgan
|
1-rasm. Xarilar: a–qurilishbop xari; b– yarim xari (plastin);
v–chorak xari
Xari to’rt tomonidan arralansa, to’g’ri to’rtburchak yoki kvadrat kesimli toza kesilgan brus hosil bo’ladi. Bruslar kesimining o’lchami 100– 220 mm chegarasida belgilanadi. Qurilishda asosan ustunlar sifatida kvadrat kesimli bruslar tombop yopma to’sinlar, stro- pil to’sinlari va to’rtburchak kesimli (2-rasm) bruslar ishlatiladi.
Ko’pincha, ko’ndalang kesimi to’g’ri to’rtburchakli toza qirqilgan brus hosil qilishga zarurat bo’lmaydi. Yog’ochni tejash maqsadida xarining to’rt tomoni chala arralanib, yumaloq qirrali brus hosil qilinadi.Faqatgina ikki tomoni arralangan xari ikki qirrali brus deb ataladi. Qurilish uchun uzunligi 1 dan 7 m. gacha, eni 120 dan 300 mm. gacha va qalinligi 110 dan 225 mm. gacha bo’lgan bruslar yaroќli hisoblanadi.
2-rasm. Bruslar: a-tagsinch; b-chala arralan gan; v-brus; g-uch tomoni arralangan brus
|
3-rasm. Yog’och taxtalar: a–hamma tomoni ti- lingan toza taxta; b-yarim tilingan taxta; v- qirrasi tilinmagan taxta; g-pushtaxta
|
Kremniy kukuni.Xossalariga ko’ra u ftorli natriyga o’xshaydi. SHu sababli ular 1:3 nisbatda aralashtiriladi va issiq suvda eritilib, yog’och buyumlarga shimdirishda, yog’och sirtiga surtish uchun ketadigan silikat pastalar tayyorlashda ishlatiladi.
Mis kuporosi (CuSO4?5H2O) oddiy oq rangli, zamburug’lardan muhofaza qilishda eng yaxshi antiseptik modda hisoblanadi.Mis kuporosini 28–30°S li suvda eritib, 10 %li eritma tayyorlanadi.Dinitrofenolat natriy suvda eritilgan holatda ishlatiladi. U di- nitrofenol bilan karbonat sodalarini ishlab olinadi. Dinitrofenolat natriy kukun holatda portlab ketishi mumkin, shuning uchun u issikdik manbai ta’sirida bo’ladigan inshootlar da ishlatilmaydi. Dinitrofenolat natriy eritmasi surtilgan yog’och sariq rangga kiradi.U yog’och konstruktsiyalarni mahkamlovchi temir qismlarni ham zanglashdan saqlaydi.
Nam va suv tegib turadigan yog’och qismlarga antiseptik moddalar ishlatilsa, atigi 3–4 oygina chirimay saqlanadi, keyinchalik moddalar suv bilan yuvilib, ta’siri kamayadi. SHu ning uchun bu guruhdagi antiseptik moddalar binoning ichki yoki suv va nam ta’sir etmaydigan qismlarida ishlatiladi.
Suvda erimaydigan yoki moysimon antiseptik moddalar ochiq havoda va yer ostida ishlatiladigan yog’och qismlarga shimdirib, chidamliligini oshirishda ishlatiladi. Toshko’mir kreozot moyi toshko’mir qatron moyini 250–280°S haroratda ishlaganda ajralib chiqadigan to’q ko’kimtir shu’la beruvchi, o’tkir hidli qora rangdagi suyuqlik. Kreozot moyi yog’ochni zamburug’lardan yaxshi saqlaydi va suv bilan yuvilib ketmaydi. Ammo, bu moy o’tkir hidli va u bilan moylangan yoki shimdirilgan yog’ochga keyinchalik bo’yoq yuqmasligi sababli, uni ishlatish sohasi ancha cheklangan. Kreozot moyidan shpallarni moylashda foydalaniladi.Bu moy ishlatishdan oldin 50–60°S gacha isitiladi.
Antratsen moyi ham toshko’mir qatron moyini yuqori haroratda (270–420°S) fraktsion haydash yo’li bilan olinadi.U to’q ko’kimtir rangdagi suyuќlik bo’lib, juda o’tkir hidli an- tiseptik moddadir.
Slanets moyi – yonuvchi slanetslarni haydaganda ajralib chiqadigan, to’q jigarrang, o’tkir hidli suyuklik.U muhofaza qilinadigan yokoch sirtiga purkagichlar vositasida sepiladi.Slanets moyi odam organizmi uchun zaharli.SHu sababli, antiseptiklar bilan ishlaydigan ishchilar xavfsizlik texnikasiga rioya etishlari kerak.Ayrim yog’och konstruktsiyalarning yer ostidagi qismini muhofaza qilishda, shuningdek, vaqti-vaqti bilan namlanib turadigan yog’och qismlarining chidamliligini oshirishda antiseptik pastalar surtish usuli ko’p qo’llaniladi. Pastalar ishlatiladigan boglovchi moddalar turiga ko’ra bitumli, silikatli, giltuproqli va ekstraktli turlarga bo’linadi.
Bitumli pastalar tarkibi (% da) asosan antiseptiklovchi ftorli natriy (30–50), torf kukuni (5–75), markasi III yoki IV bo’lgan neft bitumi 30 gacha) va ko’k rangli neft moyi (30 gacha) qorishmasidan tashkil topgan. Bitumli pastani tayyorlash uchun 160–180°S gacha bi- tum eritmasiga ko’k neft moyi, keyin ftorli natriy bilan torf kukuni qo’shib asta-sekin qorishtiriladi.Bitumli pasta yog’och sirtiga sovuq holatda surtiladi.
Silikat pasta kremniy ftorli natriy yoki suvda eritilgan kreozot moyini qotiruvchi suyuq shisha bilan qorishtirib tayyorlanadi. 10 litr pasta tayyorlash uchun, isi- tilmagan holda 2,3 kg kremniy ftorli natriy, 9,75 kg suyuq shisha, 0,15 kg kreozot moyi va 2,87 l suv kerak bo’ladi.
Ekstraktli pasta ftorli natriy (yoki uralit, triomid), sulьfid ekstrakti va suvdan tayyorlanadi. Ekstraktli pastasi suvga chidamsiz bo’lganligi sababli, u ko’pincha quruq joy- larda ishlatiladigan yogoch buyumlarni muhofaza qilishda qo’llaniladi.
Yog’ochga antiseptik moddalar shimdirish. Bu maqsadda qurilgan maxsus beton hovuz antiseptik suyuqligi bilan yarmiga qadar to’ldiriladi, so’ngra unga yoyuch buyum solinadi va 7–14 kun davomida ushlab turiladi. Yog’och issiq-sovuq hovuzlarda shimdirilganda kam vaqt ketadi. Buning uchun yog’och 90–95°S gacha isitilgan antiseptikka botiriladi va bir necha (8– 12) soat saklanadi. Natijada, yog’och isiydi va g’ovaklaridagi havo kengayib, bir qismi chiqib ketadi. Keyin yog’och issiq holatda ko’prik kran vositasida isitilmagan antiseptik suyuqlikli hovuzga tushiriladi.
Yog’ochning sovishi jarayonida g’ovaklardagi suv bug’lari kondensatsiyalanadi va vakuum hosil bo’ladi. Natijada, antiseptik suyuqlik yog’ochning 2–8 mm qatlamidagi g’ovaklarini to’lg’izadi.YoG’OCH antiseptik bilan maxsus tsiliidr shaklidagi qozonlarda ham (8– 15 atm. bo- simi ostida) shimdiriladi.Bunda tsilindr qozon yog’och ashyolari bilan to’lshzilgandan keyin, eshiklari zich qilib yopiladi. Maxsus mo’rilar orqali qozondagi havo kompressor bilan so’rib olinadi va vakuum ostida 4–8 soat ushlab turiladi. Keyin, qozonga antiseptik suyuqlik yuboriladi va 6–8 atm. bosimi beriladi. YoG’OCH kerakli chuqurlikka qadar shimdirilgandan keyin bosim pasaytiriladi, qozon bo’shatiladi. SHimdirilgan va shimdirilmagan yog’och shpalning noqulay sharoitdagi chidamlilik muddati 2-jadvalda keltirilgan. Yuqorida aytib o’tilgan tadbirlar bilan bir qatorda konstruktiv profilaktikadan ham foydalanish lozim, ya’ni bino konstruktsiyasini shunday olish kerakki, bunda binodan foydalanish vaqtida, uning elementlari yanada quriydigan va nam ta’siridan saqlanadigan bo’lsin.
2-jadval
SHimdirilgan va shimdirilmagan yog’och shpalning chidamlilik muddati
Qarag’ay
|
5-7
|
15-18
|
1 3 gacha
|
Tilog’och
|
6-9
|
20
|
–
|
Archa
|
3-4
|
5-7
|
10 gacha
|
Eman
|
12-15
|
20-25
|
1 6 gacha
|
Yog’ochni o’tdan himoya qilishda konstruktsiyaga qoplangan kigiz ustidan loy suvash, shimdirilgan kigiz ustidan tunuka qoplash lozim. Bular himoya qatlami vazifasini o’taydi. Binoning yog’och qismlarini o’tga chidamli bo’yoq bilan bo’yashdan maqsad shuki, bo’yoq qatlami yon- ganda, zich parda hosil bo’lib, yog’ochga havo o’tkazmaydi. Silikat bo’yoqlar (suyuq shisha asosida ishlanadigan) shunday qatlam hosil qiladi. Biroq, silikat bo’yoqlardagi kislorod, yomg’ir va gazlar ta’siriga uncha bardosh berolmaydi, mo’rt va chidamsiz bo’ladi. O’tga chidamli faol modda antipiren deb ataladi. Qiziganda yonmaydigan ammiak gazini hosil qiluvchi ammo niy fosfat va erigandan keyin yog’och sirtida himoya parda hosil qiladigan fosfat kislotalar shunday antipirenlar jumlasidandir.
|