|
Bino, inshoatlarni qurish va ishlatish xavfsizligi
|
bet | 4/8 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2 Mb. | | #263521 |
Bog'liq Abduraxmanov AII.METODIK QISM
2.1 Qurilishning bosh tarxida mehnat xavfsizligi masalalari.
Qurilishning bosh tarxi qTq loyihalari ichida eng asosiysi hisoblanadi. Bu loyihasiz qurilish maydonida ish yuritish qat’iyan man etiladi. Ishlarni rejali va xavf - xatarsiz olib borilishi, bosh tarxdagi xavfsizlik tadbirlari qay darajada hal qilinganligiga va shu bilan birga mahalliy muhit va iqlim sharoitlari qanchalik to’la hisobga olinganligiga bevosita bog’liqdir. qurilish bosh tarxida mehnat muhofazasining texnikaviy va tashkiliy masalalar majmuasi hal qilinadi. qurilish tajribasida ko’p uchraydigan namunaviy qurilish bosh tarxini ko’rib chiqaylik (1- chizma).
Bu loyixaning tashkiliy qismlari aniq hisoblar asosida tuziladi va quyidagilardan iborat bo’ladi: balandligi 2 m keladigan o’rama devor, vaktinchalik yo’l va yo’laklar, issiq va sovuq suv uzatuvchi quvurlar, oqava suv quvurlari, elektr, aloqa va radio tarmoqlari, yoritgichlar, elektr taqsimlagich shkaflar, hojatxonalar va shaxsiy tozalik va yuvinish xonalari, dam olish xonalari, tibbiy yordam ko’rsatish burchagi, omborxonalar, muhandislar xonasi, ovqatlanish xonasi, maydonga kirish va undan chiqish darvozalari, ko’tarma kran va uning yo’li, kran yo’li atrofidagi chegaralovchi to’siq, xavfli muhit chegarasini bildiruvchi panjara to’siqlar, qurilish ashyolari saqlanadigan yopiq va ochiq omborlar, temir-beton, yog’och va metall moslamalar saqlanadigan maydonchalar, yonishga moyil, qurilish ashyolari va jihozlari saqlanadigan yopiq omborlar, ko’chma yoritgich qurilmalari, yong’inga qarshi gidrantlar va o’t o’chirish vositalari burchagi hamda ovqat chiqindilari uchun qopqoqli quti, axlat o’rasi va hokazolar. Bularning barchasi SanqM talablariga rioya qilingan holda aniqlanadi.
Qurilish to’xtovsiz davom ettiri-lishi sababli qurilish maydonlarida mehnat sharoitini yaratishda yozning jazirama issig’iyu, qishning qahraton sovug’ini hisobga olgan holda qo’shimcha tadbirlarni ishlab chiqish lozim.
1-чизма. Бинонинг ер ости =исмини =уриш жараёнида хавфсизликни таъминлаш
2-chizma. Bosh tarxning ko’ndalang qirqimi.
Izox: 1 - Ko’tarma kran KB - 500; 2 - Rels oxiridagi tayanch va qabariq to’siq; 3- Xavfli xududlarni o’rab turuvchi to’siqlar hq1m; 4 - Takelaj uskunalari saqlanadigan joy; 5 - Projektorli yoritkichlar o’rnatilgan minora; 6 - Yer inshootining qirg’og’i; 7 - Suvoq tayorlagich uskuna;8 -SHlagbaum; 9 - Mashinalarni yuk tushirish paytida to’xtaydigan joy; 10 - Xandaqqa tushish uchun zinapoya;
11 - Xavfsizlik belgilari; 12 - Ustuvorlikni tekshirish uchun nazorat yuki, og’irligi 1,25 maksimal yuk vazniga teng; 13 - Suvoqni uzatish aravachasi; 14-Avto transport uchun vaqtinchalik to’xtash joyi; B – Yechinish xonalari; D - Yuvinish xonasi; S - quritish xonasi; T - Xojatxona; P - Prorab xonasi; Skl - Omborxona;
3-chizma.Qurilish maydoni
atrofinio`rash uchun ishatiladigan
inventar devor qurilmalari.
CHunki O’zbekiston sharoitida yil davomida havoning harorati – 230S dan 430S gacha o’zgarishi sababli ishchilarning ish faoliyati va kiyim kechagini yil fasllariga mos darajada tashkil qilinishi lozim bo’ladi, aks holda ishchilar iqlim sharoitining nobobligidan kelib chiqadigan kasb kasalliklariga chalinishlari muqarrardir. SHu boisdan qurilish maydonlarida yordamchi xonalarni mo’’tadil harorat bilan ta’minlash maqsadida yozda sun’iy sovitgichlar, qishda esa isitgichlar bilan jihozlash maqsadga muvofiqdir. Yuqorida nomlari zikr qilingan yordamchi xonalar, inshootlar va uskunalar bosh tarxda shunday tanlanishi va o’zaro joylanishi lozimdurkim, biri – ikkinchisiga xalaqit bermasligi va shamol yo’nalishini inobatga olgan bo’lishi shart. SHuningdek bosh tarxda ogohlantiruvchi yozuvlar va belgilar yordamida odam uchun xavfli va zararli bo’lgan manbalar oldida harakat yo’nalishlarini aniq ko’rsatuvchi belgilar qo’yilishi baxtsiz hodisalarni oldini olish imkonini beradi. Unda yuk tashuvchi mashinalar harakati uchun yo’llar, to’xtash va aylanish joylari hamda harakat tezligini ko’rsatuvchi belgilar aniq bo’lishi shart. Yuvinish, yechinib - kiyinish, ovqatlanish va dam olish uchun muvaqqat xonalarni hamda yopiq omborxonalarni joylashtirishda SanqM me’yorlarining talablariga qat’iy rioya qilinishi lozim. Har bir qurilish maydonchasi uchun aniqlangan muvaqqat inshootlar va undagi xonalar soni ITq loyihasi talablariga mos kelishi kerak. Bu inshootlar qurilayotgan binodan 50 m dan kam bo’lmagan masofada shamol esadigan tomonda joylanishi zarur. Yordamchi inshootlarni rasmiylashtirishda o’zaro iqlimi mos kelgan xonalarni juftlash maqsadga muvofiqdir. Masalan yechinib - kiyinish xonasini yuvinish xonasi bilan yoki yuvinish xonasini ovqatlanish va kiyimlarni quritish yoki isinish xonalari bilan qo’shni joylashtirish va x.k. qurilish maydonida baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun keltiriladigan qurilish ashyolarini mashinaga yuklash va tushirish yoki ularni yuqori qavatlarga ko’tarish ishlarini mexanik ko’tarma uskunalar zimmasiga yuklanishi yaxshi va to’g’ri tadbirlar sirasiga kiradi. Buning uchun yetarli darajada qabul maydonchalari, mexanizmlarni erkin harakatlanishini ta’minlovchi yo’llar va ish tartibini izohlovchi ko’rsatmalar mavjud va barcha ishlovchilarga tushuntirilgan bo’lishi shart. SHu boisdan qurilish maydoni tekislangan, yo’llar va yo’lkalar hamda qurilma va buyumlar saqlanadigan usti ochiq zahira maydonchalari asfaltlangan bo’lishi, qishda qor va muzdan tozalanib turilishi lozim. qurilish maydonida yana bir muhim masala, undagi xavfli manbalarni aniqlash va ularni bosh tarxda belgilab qo’yishdir. Ular ikki xil ko’rinishda, ya’ni ta’sir doirasi o’zgarmas va o’zgaruvchan bo’ladi.Birinchisiga misol qilib, ishlab chiqarishdagi xavfli manbalardan beton va suvoq qorishmalarni tayyorlash uskunalarini, elektr taqsimlagich shkaf va unga ulangan qo’zg’olmas elektr dastgohlarini, balandlikda joylashgan ish joyining atrofidagi muxitni, qurilayotgan bino atrofini, havodan o’tkazilgan elektr tarmoqlarini, sanitariya me’yoridan yuqori bo’lgan zaharli yoki o’tkir hidli gaz va bug’ chiqaruvchi manbalarni, yonuvchi moddalar saqlanadigan omborlar va shularga o’xshashlarni alohida ramziy belgilar bilan ko’rsatish lozim bo’ladi.Ikkinchisiga esa, harakatdagi ko’tarma mexanik uskunalar va mashinalar, elektr va gaz payvandlagich qurilmalar, ko’chma elektr yoritgich moslamalar, saqich erituvchi va purkagich qurilmalar va boshqalar misol bo’laoladi.
Bular kabi har bir xavfli muhitni yoki bir necha yondosh muhitlar atrofini to’siqlar yordamida o’rab qo’yish va shu tariqa unga daxlsiz odamlarni kirishini ta’qiqlab qo’ymoq baxtsiz hodisalarni oldini olishga imkon beradigan tadbirlar sirasiga kiradi.Xavfli muhitlar chegarasini belgilashda 1- va 2- jadvallardan foydalanish mumkin.
|
| |