1.2 Qurilish materiallarining tasnifi, asosiy xossalari.
Binolar va inshootlar vazifasi xamda ulardan foydalanish sharoitlaridagi farqlar tufayli Qurilish materiallariga qo`yiladigan talablar turli-tuman, xillari esa juda keng bo`ladi.
Qurilish materiallari kelib chikishiga qarab tabiiy va sun’iy bo`ladi. Qurilish materiallarini urganishi osonlashtirish uchun, ularni ishlab chiqarish texnologiyasi va xom- ashyo turiga ko`ra guruxlarga ajratish qabul qilingan. SHunday qilib, ular quyidagi guruxlarga bo`linadi:
- tabiiy tosh materiallari;
- keramik materiallar;
- bog`lovchi moddalar;
- metallar;
- yog`och materiallar;
- polimer materiallar;
- betonlar va temir-beton;
- kuydirilmasdan olinadigan sun`iy tosh materiallar;
- pardozlash materiallari;
- suv o`tkazmaydigan materiallar;
- issik-sovuqni o`tkazmaydigan materiallar.
Ko`pchilik Qurilish materiallari katta xajmga va o`rtacha zichlikga ega. Bu esa zavoddan Qurilish maydoniga keltirish xarajatlarni oshishiga sabab bo`ladi. Ayrim arzon Qurilish materiallarining transport xarajatlari ularning narxidan xam oshib ketishi mumkin. SHuning uchun Qurilish xarajatlarini kamaytirish maqsadida quruvchilar iloji boricha shunday materiallarni ishlatishga xarakat qilishlari kerakki, ular Qurilishni bilishi kerak. Bunday materiallar maxalliy materiallar deyiladi va ularga birinchi navbatda qum, shag`altosh, graviy, oxak, tabiiy toshlar, g`isht va boshqalar kiradi.
Qurilish materiallarining asosiy xossalarini 3 guruxga bo`lish mumkin:
1. Fizik xossalari (xaqiqiy va o`rtacha zichligi xamda g`ovakligi).
II. Mexanik xossalari (mustaxkamligi, qattiqligi,ishqalanishga qarshiligi, plastiklik va mo`rtlik).
III. Suv va sovuqqa ta`siri bilan bog`liq xossalari (namlik, suv shimuvchanlik va gigroskopiklik, suv o`tkazuvchanlik, sovuqqa chidamlilik).
1. Qurilish materiallarining fizik xossalari.
Xaqiqiy zichlik. Material massasining mutloq zich (bo`shliqsiz va g1ovaksiz) xolatdagi xajmiga bo`lgan nisbati uning xaqiqiy zichligi deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi:
=m /V
bunda: m - materialning quritgilgan xolatdagi massasi, gr.;
V - materialning mutloq zich xolatdagi xajmi, sm3.
O`rtacha zichlik. Material massasining tabiiy xolatdagi (g1ovaklari va bo1shliqlarini xam xisobga olgan xolda) xajmiga bo`lgan nisbati o`rtacha zichlik deb ataladi va quyidagicha aniqlanadi:
o=m /Vo
bunda: o – o`rtacha zichlik, gr/sm3;
m - materialning massasi, g, kg;
V - materialning tabiiy xolatdagi xajmi, sm2, m3.
Qurilish materiallarining aksariyati g`ovakli bo`ladi. SHu sababli xar doim o`rtacha zichligi xaqiqiy zichligidan kichik bo`ladi (1-jadval). Faqat zich materiallarning (po`lat, shisha, bitum va ba`zi boshqa materiallar) xaqiqiy va o`rtacha zichligi amalda teng bo`ladi, chunki ularda ichki g`ovaklar xajmi juda kichik
1-jadval
Ba`zi Qurilish materiallarining xaqiqiy va o`rtacha zichligi
Material
|
Zichligi, kg/m3
|
|
Xakikiy
|
Urtacha
|
Po`lat...........................
Qranit...........................
Oxaktosh (zich).............
Qum...........................
TSement......................
Keramik gisht..........
Og`ir beton...............
Qaragay.....................
Poroplastlar....................
|
7850-7900
2700-2800
2400-2600
2500-2600
3000-3100
2600-2700
2600-2900
1500-1550
1000-1200
|
7800-7850
2600-2700
1800-2400
1450-1700
900-1300
1600-1900
1800-2500
450-600
20-100
|
G`ovaklik. Materialdagi mayda bo`shliqlar g`ovaklar deb ataladi. G`ovaklar xavo, gaz yoki suv bilan to`lgan bo`ladi. Materialdagi g`ovaklar xajmining shu material to`la xajmiga bo`lgan nisbati uning g`ovakligi deb ataladi va quyidagicha aniqlanadi:
G = ( 1- o/ ) .100 %
bunda: G - g`ovakli,
o – o`rtacha zichlik,
- xaqiqiy zichlik.
Materialdagi g`ovak 1-2 mm dan katta bo`lsa, u materialdagi bo`shliq deb ataladi.
P. Qurilish matarillarining mexanik xossalari.
Materiallarning mustaxkamligi. Materialga tashki kuch ta`sir etganda unda kuchlanish (zuri`ish) paydo bo`ladi.
Kuchlanish ma`lum qiymatga yetganda material buziladi (sinadi). Mate-rialning buzilishga qarshilik ko`rsatish xususiyati mustaxkamlik deb ataladi. Materiallarning mustaxkamligi odatda ularning mustaxkamlik chegarasi orqali aniqlanadi.
R = Rma x /S
bu yerda Rmax - namunaga ta`sir etayotgan maksimal kuch,
S - namunaning ko`ndalang kesim yuzasi,
R - mustaxkamlik chegarasi.
Ta`sir qilayotgan kuch faktorlariga ko`ra, materiallarning sikqilishdagi, cho`zilishdagi va egilishdagi mustaxkamlik chegaralari bo`ladi. Materiallarning mustaxkamligi “Materiallar qarshiligi” kursida to`laro` o`tiladi.
Qattiqlik. Materiallarga o`zidan qattiq jism botirilganda qarshilik ko`rsatuvchanlik xususiyati uning kattaligi deb ataladi. Materiallarning kattalik darajasi bir necha usullar bilan aniqlanadi.
Yog`och, po`lat va betonning kattaligini aniqlash uchun ulardan tayyorlangan namunalarning sirtiga bir kuch bilan standart po`lat sharik ta`sir ettiriladi va namuna sirtiga sharikning qancha botganligiga qarab, namunaning qattiqligi xaqida xulosa qilinadi.
Ishqalanishga qarshilik. Pol, zinapoya, yo`l singari ishqalanish kuchi ta`sirida bo`lgan joylarda ishlatiladigan materiallar ishkalanishga sinab kuriladi. Buning uchun materialdan diametri 25 mm bo`lgan tsilindr shaklidagi namunalar tayyorlanadi.
Materialni ishqalanish doirasida 1000 marta aylantirilganda namunaning 1 m2 yuzasidan yuqotgan og`irligiga ishqalanish deb ataladi va quyidagicha anikqlanadi:
u=q/s, gr/sm2
bunda: u - ishqalanish,
q - namunani doirada 1000 marta aylantirilgandan keyin yuqotgan
Og`irligi, gr.,
s - namunaning yuzi, sm2.
Plastiklik va mo`rtlik. Material kuch ta’sirida o`z shaklini o`zgartirsa va kuch olinganda o`zining avvalgi shakliga juda oz miqdorda qaytsa, bunga plastiklik deyiladi. Bunday materiallarga qo`rgoshin, po`latning ayrim xillari, namlagan gil va boshqalar kiradi.
Materialning kuch ta`sirida sezilarli deformatsiyalanmagan xolda buzilib ketishi uning mo`rtligi deyiladi (shisha, cho`yan, beton).
SH. Materiallarning suv ta`siriga va sovuqqa chidamliligi bilan bog`liq xossalari.
Namlik. Materialning namligi uning g`ovaklaridagi suv miqdori bilan o`lchanadi.
Suv shimuvchanlik va gigroskopiklik.G`ovak materialning suv shimish va suvni o`zidagi bushliqlarda ushlab tura olish xususiyati suv shimuvchanlik deb ataladi.Materiallarning suv shimuvchanligini aniqlash uchun material namunasi-ning quruq va to`la suv shimlirilgan xoldagi massalarini bilish kifoya. Bu xolda materialning massasiga nisbatan suv shimuvchanligini quyidagi formuladan aniqlaymiz:
Ssh = [ (m1 - m) /m ] .100 %
bunda: m - materialning quruq xolatdagi massasi,
m1 - materialning suv shimdirilgan xolatdagi massasi.
Materialning xavodagi namlikni o`ziga yutish xususiyati gigroskopiklik deb ataladi.Suv o`tkazuvchanlik. Materiallarning bosim ostida o`zidan suv o`tkazishi uning suv o`tkazuvchanligi deb ataladi. Materialning bu xossasi tom yopish, suv inshootlari va rezervuarlar qurishda juda katta axamiyatga ega.
Suv o`kazuvchanlik ko`rsatkichi tsilindr shaklidagi namunaning 1 sm2 yuzidan 1 soat davomida o`zgarmas bosim ostida o`tgan suv miqdori (sm3) bilan o`lchanadi. Juda zich materiallargina (bitum, shisha, po`lat, polimer va maxsus tarkibli beton) amalda suv o`tkazmaydi.
Sovuqqa chidamligi - suv to`yingan materialni navbatma-navbat takrorlanadigan muzlash va erishda buzilmasligi xamda mustaxkamligi pasaymasligi xossalaridir. Materialni suvga to`yingan xolatida muzlatib (-17o S da) yana qayta eritilganda unda sezilarni buzilish alomatlari bo`lmasa, mustaxkamligi 25%, og`irligi 5% dan ortiq kamaymasa, bu material sovuqqa chidamli xisoblanadi.
Materialning sovuqqa chidamliligi maxsus muzlatish kameralarida sinaladi.
Namunaning 1 marta muzlatib eritilishi 1 tsikl deb ataladi. Qurilish materiallari sovuqqa chidamliligiga qarab markalanadi.Masalan, namunaning 10 tsikl sinashdan so`ng mustaxkamligi 25% dan, og`irligi esa 5% dan ortiq kamaysa, uning markasi Sch10 deb yuritiladi.
|