• Quyosh radiatsiyasi hisobiga qabul qilinadigan issiqlik.
  • Odamlardan ajraladigan issiqlik.
  • Materiallarni quritganda mashina mexanizmlarning zichlanmagan oraliqlari orqali gaz ajralib chiqishi.
  • Suv yuzasidan ajraladigan issiqlik




    Download 2 Mb.
    bet7/8
    Sana13.06.2024
    Hajmi2 Mb.
    #263521
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Abduraxmanov A

    Suv yuzasidan ajraladigan issiqlik.Isigan suvning ochiq yuzasidan ajralayotgan issiqlik miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
    Q = (4,9 + 3,5 V)(th-tS)F, kkal/s
    Bu yerda, V – suv yuzasidagi havoning harakat tezligi, m/s; tS– suvning harorati, oS; tH – havoning harorati, oS; F – suvning yuzasi, m2.
    Quyosh radiatsiyasi hisobiga qabul qilinadigan issiqlik.O’rta Osiyo sharoitida quyosh radiatsiyasi hisobiga qabul qilinadigan issiqlikni albatta inobatga olish kerak.Odatda bino devori orqali o’tayotgan issiqlik kam bo’lganligi sababli hisobga olinmaydi. Quyosh issig’I, asosan, derazalar va tom orqali o’tadi. Deraza orqali kiradigan issiqlik:


    13-rasm
    Qizigan yuzalardan ajraladigan issiqlik miqdorini aniqlash chizmasi


    tom orqali esa

    Bu yerda, FO va Fn – oyna va tom yuzasi, m2; qO – deraza orqali quyosh radiatsiyasi, kkal/(m. s); Oyna qaysi tomonga qaraganligiga qarab (shimol, janub) ma’lumotnomadan olinadi; qn – quyosh radiatsiyasining yopilgan tom orqali o’tishi, kkal/(m. s); AO – oynaning tavsifiga (tiniqligi, iflosligiga) qarab belgilanadigan koeffitsient; Kn – tomning issiq o’tkazish koeffitsiyenti.
    Odamlardan ajraladigan issiqlik. Odamlardan ajraladigan issiqlik miqdori xonaning haroratiga va bajariladigan ish kategoriyasiga bog’liq. Bu issiqlik quyidagi jadvalda keltirilgan. (6-jadval).
    6-jadval



    Ish turlari

    Xonadagi ma’lum harakatda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori

    10

    15

    20

    25

    30

    35

    Dam olib o’tirganda

    140

    125

    100

    80

    80

    80

    Engil ish bajarganda

    155

    135

    125

    125

    125

    125

    O’rtacha og’irlikdagi ish bajarganda

    185

    180

    175

    170

    170

    170

    Og’ir ishlarni bajarganda

    250

    250

    250

    250

    250

    250

    Materiallarni quritganda mashina mexanizmlarning zichlanmagan oraliqlari orqali gaz ajralib chiqishi. Sanoat korxonalari xonalarida yig’iladigan va inson organizmiga zararli ta’sir ko’rsatuvchi gazlar va bug’lar quyidagi hollarda hosil bo’lishi mumkin:
    1. Kommunikatsiya va sanoat jihozlarining zichlanmagan oraliqlari orqali (salьniklar, flanetslar orqali);
    2. Texnologik jarayonlar vaqtida ochiq lyuklar, kuzatish lyuklari, yuklash zonalari va h. k;
    3. Har xil erituvchilar, galvanik vannalar va boshqa eritmalarning yuzalaridan bug’lanish natijasida;

    1. Avariya natijasida.

    Bosim ostida ishlatiladigan idishlardan ajralib chiqishi mumkin bo’lgan gaz miqdorini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
    G1 = KCV
    Bunda, K – ehtiyot koeffitsienti, gaz zaharliligi va ishlatilayotgan idishning holatiga qarab, 1 dan 2 gacha qabul qilinadi;
    S – gaz bosimi bilan bog’liq bo’lgan koeffitsient, gaz bosimi 2 ati gacha bo’lsa, S = 0,12; 2 dan 7 ati gacha bo’lsa S = 0,18; 7 – 17, S = 0,2; 17 – 40, S = 0,25; 40 – 160, S = 0,3; 1000 gacha, S = 0,35;
    V – gaz saqlanayotgan yoki ishlatilayotgan idish hajmi, m3; M – parning yoki gazning molekulyar og’irligi, kg; T – absolyut harorat, oK.
    Nasos va boshqa mexanizmlar salniklari orqali ajralayotgan gaz miqdori
    G2 = d K
    Bu yerda ,d – valning diametri, mm; K – gazning zaharlilik darajasi va salnik holatini ko’rsatuvchi koeffitsiyent, 0,0002 – 0,0003 olinadi; - nasos bosimi, ati.
    Zaharli moddalar bo’lgan vanna yoki texnologik sharoitda qo’llangan materiallar quritilganda ajralib chiqadigan moddalar miqdori
    G3= ,
    Bu yerda, G1 – ho’llangan material og’irligi, kg; G2 – quritilgandan keyingi og’irligi, kg; - qurish davri, s.


    XULOSA
    Sanoat korxonasining yong’in jixatidan xavfsizligi korxona xududida binolar, avtomobil yullari, temir yullarning tugri joylashtirilishiga, suv rezervuarlari, o’t o’chiruvchilar deposining borligi xamda joylashuviga va shu kabilarga ko’p darajada boglik. Korxonaning bosh rejasi loyixalashda xsobga olinadigan bu va boshqa talablar SNiP-II-89-88 ning tegishli bobida belgilangan.
    Korxonaning bosh rejasida ishlab chiqarish binolari va inshootlarning joylashuvi shamol yunalishining gudastasiga asosan loyixalanadi.
    Korxona xududi eng yakindagi turarjoy daxasiga nisbatan shamolga teskari tomonda joylashtiriladi. Yong’in jixatidan eng xavfli bino va inshshotlar xam korxonaning bosh rejasida shu nuktai nazar asosida, bino xamda inshootlarning guruxlanishini xisobga olib, ishlab chiqarishning texnologik jarayoni va yong’in xavfi belgilaridan kelib chikaan xolda joylashtirilishi lozim.
    Saqlanadigan ashyolarning yong’in jixatidan xavfliligini xisobga olib konstruktsiyalarni tanlashda va omborxonalarni joylashtirishda omborxonaning 1m2 saxniga yonuvchi moddalardan kancha midorda tugri kelishi inobatga olinadi. SHu sababli korxonalarning bosh rejasini loyixalashda omborxonalar uchun maxsus joylar ajratilib, talab etilgan yong’inga qarshi masofalarga rioya qilinadi, omborxonaning o’zi esa yong’in xaqida avtomatik xabar beradigan va uni uchiradigan vositalar bilan jixozlanadi.

    Download 2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2 Mb.