• Elektr dvigatellari va sun’iy yoritish tizimlaridan ajralib chiqadigan issiqlik.
  • III. TEXNIK-IQTISODIY KO`RSATKICHLAR




    Download 2 Mb.
    bet6/8
    Sana13.06.2024
    Hajmi2 Mb.
    #263521
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Abduraxmanov A

    III. TEXNIK-IQTISODIY KO`RSATKICHLAR
    3.1 Iqtisodiyot tarmoqlarida chang moddalarini aniqlash. (oslantsevaniya)
    Sanoat korxonalari ishlab chiqarish zonalarini shamollatish ishlarini loyihalash, o’rnatish va undan foydalanish ishlarini bajarayotgan mutaxassislar uchun havo almashtirishning kerak bo’ladigan miqdorini aniqlash juda muhim. Agar xonadan chiqarib tashlanishi kerak bo’ladigan miqdorini hisoblamay turib bajariladigan har qanday mukammal shamollatish qurilmasi ham yaxshi natija bermasligi mumkin.
    CHiqarib tashlanishi zarur bo’lgan havo miqdorini aniqlash uchun, vaqt birligida ishlab chiqarish zonasida texnologik jarayonlar natijasida ajralishi mumkin bo’lgan zararli moddalar miqdorini bilish kerak.
    Bu moddalar miqdorini ma’lumotnomada berilgan formula, grafik va jadvallar orqali aniqlanadi. Ayrim hollarda esa, sanoat korxonasini puxta tahlil qilish yo’li bilan ham aniqlash mumkin.Bu usul, albatta ancha murakkab, lekin aniq natija beradi .
    Almashtirilishi talab qilinadigan zararli moddalarni o’zida mujassamlagan havo miqdorini quyidagi formulalar asosida aniqlash mumkin:
    Gt = Gnam= Gz= .
    Bunda Q, W va S ayrim holda ajralib chiqadigan issiqlik, namlik va zararli moddalar miqdori;
    S – havoning umumiy issiqlik sig’imi;
    t2, drva kr – chiqarib yuborilayotgan havoning issiqlik, namlik va zararli moddalar miqdori;
    tk, dk va kk - xuddi shu ko’rsatgichlarning yangilangan havodagi miqdori.
    Elektr dvigatellari va sun’iy yoritish tizimlaridan ajralib chiqadigan issiqlik. Sanoat korxonalarida har xil mashina va mexanizmlardan va yoritish manbalaridan ajralib chiqadigan issiqlik, ishlab chiqarish zonalarida juda katta zararli manbaga aylanishi mumkin. Bunday issiqlik ajratadigan manbalar sifatida elektrodvigatellar, qirqish vositalari, issiq detallarning sovishi natijasida ajraladigan issiqlik, quyosh nuri tushishi va ishlayotgan ishchilar tarqatadigan issiqlik kirishi mumkin. Bularning ta’siridan ishlab chiqarish zonasida ortiqcha issiqlik vujudga keladi va bu issiqlik miqdorini hisoblash shamollatish ishlarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.
    Elektr dvigatellari bo’lgan mashina-mexanizmlarning chiqaradigan issiqligi quyidagicha hisoblanadi.
    Q = 860
    Bu yerda, Nd – elektrodvigatellarning kVt larda hisoblangan quvvati;
    1 – belgilangan kuchdan foydalanish koeffitsiyenti (odatda 0,7 – 0,9 chegarasida qabul qilinadi;
    2 – elektr dvigatellarining yuklanish koeffitsiyenti (o’rtacha yuklanish bilan maksimal yuklanish o’rtasidagi qiymat qabul qilinib, 0,4 – 0,9 atrofida bo’ladi;
    3 – elektr ustanovkalarining baravar ishlash koeffitsiyenti (0,4 – 1);
    4 – elektrning issiqlik sifatida xonaga o’tish koeffitsiyenti (bu qiymat metall qirquvchi mashinalar uchun 1, ventilyator va nasoslar uchun 0,1 qabul qilinadi).
    Mexanika tsexlari metall qirquvchi stanoklar uchun issiqlik ajralib chiqishi quyidagi formula bilan aniqlanadi
    Q = 215 Nd
    Emultsiya bilan sovitiladigan stanoklar uchun esa
    Q = 130 ND
    Yig’ish va remont tsexlari uchun issiqlik ajralib chiqishi Q = 180 ND bilan aniqlanadi. Presslash tsexlari uchun 4 = 0,4 – 0,6 qabul qilish tavsiya qilinadi va umumiy issiqlik ajralishi
    Q = 860 ND (0,2 0,13),
    bilan hisoblanadi. CHo’g’lanuvchi lampalar uchun yoritishda sarflanadigan energiya 100 issiqlikka aylanadi deb hisoblanadi. Lyuminitsent lampalar uchun esa, sarflanadigan energiyaning 40 i issiqlikka aylanadi deb qabul qilinadi.
    Qizigan yuzalardan ajralib chiqadigan issiqlik quyidagi formula bilan aniqlanadi
    Bu yerda - yuzaning havoga issiqlik uzatish koeffitsieynti, kkal/(m2s oS); tYu –issiqlik chiqarayotgan yuzaning issiqligi, oS; tH – havoning harorati, oS; F – issiqlik chiqarayotgan yuza, m2 .
    Yuzaning havoga issiqlik uzatish koeffitsiyentini qoniqarli aniqlik bilan quyidagi formuladan aniqlash mumkin:
    TSilindrsimon yuza uchun ;
    Tekis yuza uchun
    Qizil g’ishtdan va o’tga chidamli g’ishtdan qilingan pechlardan bino ichiga tarqalayotgan issiqlik miqdorini G. N. Podobedov grafigi bo’yicha osongina topish mumkin (13- rasm).
    Pechlarning berk eshiklari orqali bino ichiga tarqalayotgan issiqlikni, pech eshigi issiqligini yonayotgan zona issiqliiga teng hisoblab, yuza bo’ylab tarqalish grafigida olish mumkin.
    Pechlarning tirqishlari, ochiq joylari orqali issiq gazlar bilan birlikda xonaga chiqayotgan issiqlikni quyidagi formula orqali aniqlanadi:
    Bu yerda binoga tarqalayotgan issiq gaz miqdori, kg/soat; bu miqdorni taxminan yonayotgan moddaning 4 – 7 atrofida hisoblash mumkin; yonuvchi moddalarning issiqlik sig’imi, kkal/(kg oS), bu GR=0, 24 kkal/(kg oS); tR- xonaga chiqayotgan gazning harorati, oS; buni pechdagi haroratdan 150 – 200 oS pastroq olish mumkin; tH – binodagi havo harorati oS.

    Download 2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2 Mb.