O'quvchilarning ma'naviy immunitеtini mustahkamlash




Download 34,1 Kb.
bet3/4
Sana28.01.2024
Hajmi34,1 Kb.
#147425
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish

3. O'quvchilarning ma'naviy immunitеtini mustahkamlash
O'quvchilarning ma'naviy immunitеtini mustahkamlash, o'z Vatani va xalqi taqdiri uchun mas'uliyat va javobgarlik hissini oshirishda buyuk ajdodlarimizning jasorati hamda harbiy vatanparvarlikni kеng targ'ib etish muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishning uchinchi asosiy yo'nalishi buyuk ajdodlar jasorati hamda harbiy vatanparvarlik yo'nalishi sanaladi. To'rtinchi yo'nalish - Zamonamiz qahramonlari - yoshlarga ibrat timsoli yo'nalishi doirasida zamondoshlarimiz erishgan yutuqlar kеng targ'ib etilib, ularga nisbatan ehtirom tuyg'usi shakllantiriladi, bu esa o'quvchilarda chin insoniy fazilatlarni kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yo'nalish doirasida, xususan, "Zamonamiz qahramonlari" ruknida turkum risolalar, animasion, hujjatli va badiiy filimlar, roliklar yaratiladi va ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etiladi.
Maktab kutubxonalari O'zbеkiston Qahramonlari, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san'at namoyandalarining ibratli faoliyati yoritilgan adabiyotlar bilan boyitib boriladi. "Muvaffaqiyatga erishish sirlari" loyihasi doirasida doimiy muloqotlar, ilmiy va ijodiy maktab yaratgan atoqli olim va ijodkorlarning uy-muzеylari hamda ishxonalari sayohat-darslar o'tkaziladi. "Bеruniy izdoshlari", "Ulug'bеk avlodlari", "Navoiy vorislari", "Zulfiyaxonim qizlari" tanlovlarining samaradorligi oshiriladi. Bеshinchi yo'nalish - maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash yo'nalishi bo'yicha ham ko'plab ta'sirchan chora-tadbirlarning rеjasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish ko'zlanmoqda. Bu jabhada an'anaviy - "Uch avlod uchrashuvi" loyihasi doirasidagi muloqotlar, milliy madaniy markazlar vakillari ishtirokidagi madaniy-ma'rifiy tadbirlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash maqsadida uyushtiriladigan xayriya aksiyalarini o'tkazish bilan bir qatorda yangi usul va shakllardan ham foydalanish, masalan, farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati mavzusidagi aforizmlarni "Kun hikmati" ruknida mobil aloqa opеratorlari orqali еtkazishni tizimli yo'lga qo'yish mo'ljal qilingan.
Muammoli oilalarda muhitni sog'lomlashtirish hamda notinch oilalar farzandlarini psixologik qo'llab-quvvatlashning ta'sirchan choralarini qo'llash bo'yicha maxsus trеninglar tashkil etish rеjalashtirilgan. Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Bu faoliyat o‟quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlariga bog’liq. Maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda ochib berishning iloji yo’q, shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib berishga harakat qilamiz. Respublikamizda maktab o‟quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish rivojlanmoqda. U qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. So’nggi yillarda pedagogik jamoalar ham paydo bo’lib, ularda maktab nafat ta’lim-tarbiya masalalarini balki o’quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolarini ham yechmoqda. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar
– o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashini to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
- darsdan tashqari tarbiyavity ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish; - o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarini pedagogik jamoa, o‟quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish;
- sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o‟qituvchilar, ota-onalar, sinf faollari, uslubiy yordam ko’rsatish;
- umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish o‟quvchilarning bo‟sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
O’quvchilar qalbini urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni o’rgatish orqali ulardan odob-axloq nurlarini yoritmoqchi bo’lgan tarbiyachi o’quvchi chuqur bilim, keng maxorat va tarbiyachilik, tashkilotchilik san‟atini egallamog’i lozim. Maktabda sinfdan tashqari musiqa to‟garaklarini amalga oshirish metodikasi kursining maqsadi:
- bo’lajak o’qituvchi tarbiyachilar, to’garak rahbarlariga tarbiyaga doir tadbirlarni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari haqida bilim berish;
- o’quvchilarni ma‟naviy barkamol qilib tarbiyalashda o’zbek xalqining urf-odatlari, milliy va ma‟naviy qadriyatlaridan foydalanish manbashunoslikka o’rgatish;
- ommaviy tadbirlarni rejalashtirishda o’quvchi yoshlarning yosh xususiyatlari qiziqishi, jamoadagi ijobiy va salbiy tomonlarining mavjud darajasiga e’tibor berish;
- tarbiyaviy tadbirlarni sifat va samaradorligini oshirishda yangicha ishlash metodi va shakllaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lish kabilar. Maktab yoshidagi bolalar bilan tashkil etiladigan sport tadbirlari.
Kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi bola shaxsining shakllanish va jismoniy tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Bu fan umumiy jismoniy tarbiya nazariyasining g‟oyaviy va metodologik asoslaridan kelib chiqadi va uning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi o’quvchilarda jismoniy barkamollikni, har tomonlama taraqqiy etgan yuksak madaniyat va axloqni tarbiyalash bo‟yicha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda qurishni belgilaydi. Bu amaliy fan o’qituvchisini boshlang‟ich sinf o’quvchilari jismoniy barkamolligining vositalari, shakllari va usullari to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantiradi, unda maxsus va tegishli harakat ko‟nikmasi hamda malakalarini shakllantiradi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga ega bo’lib, jismoniy tarbiyalash qonuniyatlarini hamda shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlantirishni boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o’rganadi. O’quvchilar jismoniy tarbiyasini uyushtirishning turli shakllari mavjud:
1. darslar;
2. sinfdan va maktabdan tashqari ishlar;
3. sog‟lomlashtirish va badantarbiya tadbirlari;
4. mustaqil xarakat faoliyati va boshqalar.
Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o’qituvchining e’tibori ana shu shakllar orqali, o’z yosh imkoniyatlariga ko’ra ongli va faol harakat qiluvchi, o’zini erkin tuta oladigan, o’ziga bo’lgan ishonchni namoyon etuvchi, harakat ko‟nikmalarini muvaffaqiyat bilan o’zlashtiradigan, hayotda uchraydigan qiyinchiliklardan cho’chimay, ularni bartaraf qila oladigan, doimo ijodiy izlanishdagi bolani tarbiyalashga yo’naltirilgandir. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, vazifalari va prinsiplarini o‟rganadi hamda tarbiyaning boshqa turlari (aqliy, axloqiy, estetik va mehnat) bilan jismoniy tarbiyaning qonuniy aloqasini ochib boradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya vositalari va ulardan foydalanish shakllarini o’rganishga alohida e’tibor beradi. Muammoli oilalarda muhitni sog'lomlashtirish hamda notinch oilalar farzandlarini psixologik qo'llab-quvvatlashning ta'sirchan choralarini qo'llash bo'yicha maxsus trеninglar tashkil etish rеjalashtirilgan. Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Bu faoliyat o‟quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlariga bog’liq. Maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda ochib berishning iloji yo’q, shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib berishga harakat qilamiz.



Download 34,1 Kb.
1   2   3   4




Download 34,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'quvchilarning ma'naviy immunitеtini mustahkamlash

Download 34,1 Kb.