|
Yurak aritmiyalarining etiologiyalari
|
bet | 4/33 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 446,49 Kb. | | #262579 |
Bog'liq YURAKYurak aritmiyalarining etiologiyalari
Yurak aritmiyalari quyidagi etiologik omillar ta’siridan paydo bo’lishimumkin:
1.Biologik omillar: (viruslar, bakteriyalar va ularning toksinlari)
2.Kimyoviy omillar (organik va anorganik manbadan paydo bo’lgan zaharlar)
3.Dori vositalari (digitalis guruhi, xinin, beta adrenergik reteptorlar blokatorlari va stimulyatorlari, mahlliy anesteziya uchun ishltiladigan vositalar va h.k.)
4.Ruhiy - emotsional zo’riqish
Yurak aritmiyalarining rivojlanishida organizmning organlari va tizimlrining har xil kasalliklari katta ahamiyatga ega: klla suyagi - bosh miya jarohatlri, miyadgi o’smalar, endokrin bezlar va ichki organlarning patologiyalari (xoletsistit, gepatit, diafragma churralari).
Yurak aritmiyalarini paydo bo’lishida yuraning sinus tugunida va o’tkazuvchi tizimida rivojlanuvchi morfologik o’zgarishlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Morfologik o’zgarishlarning nomoyon bo’lish darajasi hr xil, miokard distrofiyasidan, kardioklerozgacha v nekrozgaha boradi.
Patogenezi
Yurak aritmiyalarining rivojlanish mexanizmida miokard hujayralari ichida va ular atrofidagi muhitda kaliy, natriy, kalsiy va magniy ionlari miqdori nisbatining o’zgarishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hujyralar ichida kaliyni kamayishi va hujayradan tashqarida kaliy ko’payishi, hujayralar membranasini natriy ionlari uchun o’tkzuvchanligini ortishi yoki kaliy ionlari uchun membrana o’tkazuvchanligini pasyishidan rivojlanuvchi hujayralar depolyarizatsiyasi muhim kasb etadi. Shuningdek klsiy ionlari miqdorining hujayralar ichida ortib ketishi jiddiy rol o’ynaydi. Bu o’zgarishlar cinus tuguni qo’zg’aluvchanligiga va o’tkazuvchanligiga, miokard o’tkazvchanlik tizimiga va qisqaruvchanligiga salbiy ta’sir qiladi.
Yurak aritmiyalarini chaqiruvchi quyidgi mexanizmlar bo’lishi mumkin:
sinus tuguni faolligini kuchayishi, zaiflashivi yoki butun yo’qoloshi (nomotop aritmiyalar)
past tartibli avromatizm o’chog’lari faolligini ortishi (ektopik yoki geterotop aritmiyalar)
yurk avtomatizmi buzilishi bilan bog’liq bo’lmagan ektopik sikl va ritmlar (ekstrsistoliy, paroksizmal taxikardiya,hilpirlash va titrlash)
reflertor davrni qisqarishi yoki o’zgarishi
yurakni o’tkazuvchi tizimi yoki qisqaruvchi miokard o’tkazuvchanlikni pasayishi yoki butunlay to’xtashi
|
| |