Matematikani o’qitishda ajdodlar merosidan foydalanish hisobidagi




Download 58,57 Kb.
bet3/8
Sana05.12.2023
Hajmi58,57 Kb.
#111491
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdisharipova Sevara kurs ishi 2 203BT

1.2. Matematikani o’qitishda ajdodlar merosidan foydalanish hisobidagi
asarlar.
J. Ikromov o‘zining ‘Matematikani o‘rganish tili’ kitobida ‘Maktab o‘quvchilarining matematik madaniyati shakllanishi bir necha davrga bo‘linadi’ deb, ta‘kidlaydi. Birinchi navbatdagi ular obyektiv tushunchalarning birgalikda tashkil etadigan mazmuni - matematik reallikni aniqlab oladilar. Bunda obyektlarning aniqdek xususiyatlari bilan tarixiy-genetik jihatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik alohida ahamiyat kasb etadi.
Z.Otajonovaning ‘Matematika o‘qitishda O‘rta osiyolik olimlar ijodidan foydalanish’ (1981) o‘qituvchilar uchun qo‘llanmasi ham katta ahamiyatga ega. Taniqli olim Sayyidamin Axmedovning ‘O‘rta Osiyoda matematika taraqqiyoti va uni o‘qitish tarixidan’ nomli kitobida O‘rta osiyolik mashhur olimlar ijodi, madrasada matematikaning o‘qitilishi O‘rta Osiyoda qo‘llangan sanoq tizimi, arifmetik amallar, kasr sonlar arifmetikasi keng yoritilgan .
A.Abduraxmonovning ‘Maktabda geometriya tarixi’ risolasi sinf va sinfdan tashqari ishlarda geometriya tarixi o‘qitilishiga bag‘ishlangan bo‘lib maktab o‘quvchilari uchun muhim o‘quv qo‘llanmadir.
K. G. Kojaboevning ‘Maktabda umumiy matematikaning tarbiyaviy yo‘nalishi’ nomli ilmiy ishida o‘quvchilarni buyuk qomusiy olimlar al-Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, G‘iyosiddin Koshiy, Al-Forobiy va boshqalarning ilmiy meroslarini o‘rganish katta ahamiyatga ega ekanligini qayd etgan.
S.I.Afoninaning ‘Matematika va go‘zallik’ asarlarida tarixiy elementlarni o‘rganish muhim o‘rin tutishi diqqatga sazovor.
O‘rta Osiyo olimlarining matematika sohasidagi ishlari va ularning fanni rivojlantirish sohasidagi xizmatlari haqida ma’lumotlar berilgan. O‘rta Osiyoda o‘qitish tarixi muammolari, o‘qitish uslubiyati va o‘qitishni mukammallashtirish masalalari tilga olingan. Shuningdek, mashxur matematiklar va matematikaga qiziquvchilar Muhammad Muso al- Xorazmiy, Nasafiy, Xo‘jandiy, Beruniy, Sijovandiy, Koshiy, Kuboviy, Bobokalon Muftiylar haqida ma‘lumotlar bor. Kitobdan o‘rta maktab matematika darslarida tarixiy materiallarni qo‘llash maqsadida foydalanish mumkin.
Golland olimi B.P.Vanderning ‘Uyg‘onayotgan fan’ (Qadimgi Misr, Vavilon va Yunoniston matematikasi) aniq fanlar turli tarmoqlari arifmetika, matematika, algebra, geometriya davrlarga bo‘lib ko‘rib chiqilgan. Mazkur ilmiy ishda matematikaning fan tariqasida shakllanishining sarchashmalari haqida fikr yuritiladi. Bu ilmiy ishning o‘quvchilar uchun yana bir foydali tomoni - matematika va geometriyaning amaliy ishlari bilan bog‘langan, matematikaning amaliyot bilan bog‘liqligi haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.
A.P.Yushkevichning ‘O‘rta asrlar matematikasi tarixi’ ilmiy ishida matematika fanining Xitoy, Hindiston, Islom mamlakatlari (arab davlatlari, O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon)dagi taraqqiyotining umumiy bayoni berilgan. Muallif ko‘p sonli tadqiqotlariga yakun yasab, matematika fani taraqqiyot tarixini yangicha tushunish haqida o‘z xulosalarini bayon qilgan. S.X.Sirojiddinov va G.P.Matviezskaya birgalikda 1978-yilda o‘quvchilar uchun Abu Rayhon Beruniy haqida qo‘llanma ham yaratdilar. Bu qo‘llanma ‘Abu Rayhon Beruniy va uning matematikaga oid asarlari’ deb ataladi. Unda O‘rta Osiyo qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy ijodining qisqacha bayoni, uning ilmiy tarjimai holi va uning izdoshlari haqida ham ma‘lumotlar bor. Oxirida Beruniyning matematik asarlari, ya‘ni matematikaga oid ijodi berilgan.
M.Axadovaning O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlari ijodi to‘g‘risida o‘z tilida yozilgan ilmiy ishlari 1964- va 1983- yil sanalari bilan belgilangan. Birinchi kitob shu sohaga qiziquvchilar uchun matematika tarixi faniga oid qo‘llanma bo‘lib, u ‘O‘rta Osiyoning mashhur matematiklari’ deb ataladi. Unda Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom haqida hikoya qilingan .
Ikkinchi kitob ‘O‘rta osiyolik mashhur olimlar va ularning matematikaga doir ishlari’ deb ataladi. Bu kitobda Beruniy, Umar Xayyom, Ibn Sino, Tusiy, Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar haqida kengroq ma‘lumot berilgan.
Ulug‘bek ilmiy maktabining namoyondalari Ulug‘bekning shogirdlaridir.
Bu ulug‘ olimlar amalda kanallar qurdilar, yulduzlar xaritasini tuzdilar, turli inshootlar barpo etdilar. Bu kitob yana shunisi bilan qiziqarliki, unda matematika va geometriyaga oid amaliy masalalar berilgan bo‘lib, ular ustida olimlar ish olib borganlar.
Keyingi yillarada matematika fani tarixiga oid nashr etilgan kitoblardan (1974 - 1987) biri ‘Matematika tarixi’, ikkinchisi esa ‘Matematika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi’ deb ataladi. Bu kitoblarda matematika fani tarixidagi aktual muammolar va ma‘lumotlar tahlil etilgan.
‘Matematika tarixi’ kitobida matematika fanining taraqqiy etish qonuniyatlari tahlil qilib chiqilgan. Kitob tarkibi bir shaklga keltirilgan, matnning bir necha joylari hozirgi zamon fani talablari asosida katta ishlangan. Kitob tushunarli ilmiy til bilan yozilgan va matematika o‘qituvchilari o‘z o‘quvchilariga tushuntirish uchun qulaylik bilan foydalanishlari mumkin.
Shu kitobda matematik tasavvurning shakllanish jarayonlari, matematika nazariyasi, elementar matematika rivoji, o‘zgaruvchan miqdor matematikasi, matematik tahlil va geometriya, hozirgi zamon matematikasining boshlanishi kabilar talqin etib chiqilgan. Barcha bu ma‘lumotlar davrlashtirilgan. Misr, qadimgi Vaviloniya, Xitoy, Hindiston, Yunoniston, O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq, Uyg‘onish davri Yevropasi matematikasi va geometriyasi ma‘lumotlari bayon qilib berilgan.
‘Matematika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi’ asari ‘Matematika tarixi’ asarining yana ham soddalashtirilgan yo‘nalishi bo‘lib, o‘rta maktab o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti nashr etgan maqolalar to‘plami 1979-yilda nashr etilgan bo‘lib, bu to‘plam Ulug‘bek davri matematika taraqqiyoti haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga g‘oyatda boydir.
Hozirgi zamon matematika predmetining shunday boy mazmunga ega bo‘lishi uning eng muhim muammolar majmuini qayta qurishga olib keladi.
Matematika asoslari deganda, tarixiy, mantiqiy, falsafiy muammolar va matematik nazariyalar tizimi tushuniladi.
Tarixiy tushunchalarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimi va yosh xususiyatiga muvofiq tushuntirish va aniq bo‘lishini hisobga olib dastlab:
- xalq pedagogikasidagi maqol, topishmoq, ertak, o‘yinlardagi matematikaga doir tushunchalar tizimi;
- matematik olim, mutafakkirlarning hayoti va faoliyatidan namunalar;
- xalq obidalaridan elementar matematik hisoblashga doir qurilmalarni ko‘rsatish va o‘lka bo‘ylab sayr orqali amalga oshirish kabilar tarixiy tushunchalarni shakllantirishda asosiy vositadir.

Download 58,57 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 58,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematikani o’qitishda ajdodlar merosidan foydalanish hisobidagi

Download 58,57 Kb.