• II.BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TARIXIY MATERIALLARDAN FOYDALANISH
  • Yuzaga kelishi manbalari




    Download 58,57 Kb.
    bet1/8
    Sana05.12.2023
    Hajmi58,57 Kb.
    #111491
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Abdisharipova Sevara kurs ishi 2 203BT


    MAVZU: BOSHLANG’ICH SINFLARDA TARIXIY MATERIALLAR ASOSIDA MATEMATIK ERTALIKLAR VAA O’N MINUTLIKLAR TASHKIL ETISH METODIKASI
    REJA:
    KIRISH
    I. BOB.MATEMATIKAGA DOIR ILMIY - NAZARIY G’OYALARNING
    YUZAGA KELISHI MANBALARI.

      1. Matematika fanining rivojlanish bosqichlari.

    1.2. Matematikani o’qitishda ajdodlar merosidan foydalanish hisobidagi
    asarlar.
    1.3. Matematika darslarida tarixiy bilim berish bilan
    o’quvchilarda o’zlikni anglash hissini tarbiyalash.
    II.BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TARIXIY MATERIALLARDAN FOYDALANISH
    2.1. Arifmetika tarixi haqida
    2.2. Matematik o’n minutlik va qiziqarli matematika soatlari
    2.3.Matematik ertalilar
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar
    KIRISH.
    Matematika boshlang‘ich ta’lim metodikasining predmeti quyidagilar- dan iborat1: 1. Matematika o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash (Nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi). 2. Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) bir tizimga kiltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik ta’minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan yuklama bar- taraf qilinadi, ta’limning mazmuni o‘quvchilarning aniq bilim bilish imkoni- yatlariga mos keladi. 3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya’ni, o‘quvchilar hozirgi kunda zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? 4. O‘qitish vositalari – darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatmali, qo‘llanmalar va o‘quv- texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o‘qitish). 5. Тa’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta’limning dars- dan tashqari shakllarini qanday tashkil etish)
    o‘qitish maqsadlari
    o‘qitish mazmuni o‘qitish shakllari
    o‘qitish metodlari
    o‘qitish vositalari
    O‘qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik jihatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni o‘ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin. Matematika o‘qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq. Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to‘plamlar nazariyasiga tayanadi. Boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: “Rasmda nechta yuk mashinasi bo‘lsa, bir qatorda shuncha katakni bo‘ya, rasmda nechta avtobus bo‘lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo‘ya». Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog‘liq. Boshlang‘ich matematika metodikasi ta’limning boshqa fan metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o‘qitish metodikasi) bilan bog‘liq. O‘qitishda predmetlararo bog‘lanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Ilmiy-tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborot- larni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quvchilar ishlarini o‘rganish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot me- todlari jumlasiga kiradi. So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, matematekinani o‘qtishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda. Matematika metodikasi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi uch savolga javob beradi2:
    1. Nima uchun matematikani o‘rganish kerak?
    2. Matematikadan nimalarni o‘rganish kerak?
    3. Matematikani qanday o‘rganish kerak?
    Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‘lib Shveytsariyalik pedagog matematik G.Pestalosining 1803-yilda yozgan “Sonni ko‘rgazmali o‘rganish” asarida bayon qilingan. Boshlang‘ich ta’lim haqida ulug‘ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta’lim va tarbiya haqidagi hur fikrlarida boshlang‘ich ta’lim asoslarini o‘rganish muammolari haqida o‘z davrida ilg‘or g‘oyalarni olg‘a surganlar.
    Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi butun pedagogik tadqiqotlarda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida qo‘llaniladigan metodlardan foydalanadi. Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt or- alig‘ida davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo‘lishi mumkin. Тutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma ku- zatishda kichik-kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi. Albbatta, ta‘lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‘lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
    Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutloqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab ta‘lim – tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab – quvvatlashishini talab qiladigan umummilliy masaladir.
    Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta‘lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni benihoya katta. Matematikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo‘lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dars mashg‘ulotlarining mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qila oladi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda ko‘pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg‘or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang‘ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli – tuman formalarda mashg‘ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o‘qitishda boshlang‘ich va yuqori sinflar uzviyligini ta‘minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o‘quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi.

    Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda o‘quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg‘ulotlatlarni tushunamiz.


    Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Quyidagi ana shunday mashg‘ulot turlari haqida to‘xtalamiz3.


    Download 58,57 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 58,57 Kb.