|
II.BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TARIXIY MATERIALLARDAN FOYDALANISH
|
bet | 5/8 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 58,57 Kb. | | #111491 |
Bog'liq Abdisharipova Sevara kurs ishi 2 203BTII.BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TARIXIY MATERIALLARDAN FOYDALANISH
2.1. Arifmetika tarixi haqida
Arifmetika o‘qitish predmeti sifatida ancha oldin paydo bo‘ladi va maktab taʼlimida mustahkam o‘rin egalladi. Arifmetika o‘qitish metodikasi esa ancha keyin yaratildi. XVIII asr oxiriga qadar arifmetika metodikasi mustaqil o‘quv qo‘llanmasi sifatida mavjud emas edi. Arifmetika o‘qitish metodikasi rivojlanishiga Moskvada Pyotr I korsatmasiga binoan tashkil qilingan (1701y.) Rossiyada birinchi umumiy taʼlim maktabi bo‘lmish Matematika va navigasion fanlar maktabi turtki boldi. Bu maktabga 13 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan osmir va yoshlar qabul qilinadi. 1703 yilda matematika va navigasion maktab uchun maxsus ravishda Leontiy Filippovich Magniskiy tomonidan “Arifmetika, sirech nauka chislitelnaya nomli darslik yaratdi. Bu oz vaqti uchun ajoyib kitob edi. XVIII asrning birinchi yarmi davomida bir qancha avlod arifmetikani shu kitob bo‘yicha o‘rgandi. Magniskiyning katta xizmati shundan iborat ediki, u o‘zining Arifmetika”sida birinchi marta sonlarni nomerlashning arabcha sistemasini kiritadi, bu sistema o‘sha davrga qadar qo‘llanilib kelingan slavyancha nomerlash sistemasini siqib chiqaradi.
Magniskiy arifmetikasida faqat arifmetik maʼlumotlargina berilmay, balki algebra, geometriya va trigonometriyaga doir materiallar ham berilgan. O‘sha zamonlarda matematikaning bo‘limlari yetarlicha aniq differensiallashmagan edi. Magniskiy arifmetikasi kursida hech qanday isbot berilmagan, tushuntirish, qoidalar taʼkidlash yoki bayon qilish bilan keltirilgan. Bu Magniskiy darsligining asosiy kamchiligi edi. Bunday darsliklar o‘quvchilarni ham, o‘qituvchilarni ham qanoatlantirmasdi, albatta. Kitob materiali savollar va javoblar shaklida reseptur tariflar va qoidalar tarzida bayon qilinardi. Arifmetika metodikasini yaratish ishida quyidagi asarlarda berilgan g‘oyalarning qimmati va bizning zamonamizga mos keladiganlari quyidagilardan iborat: O‘quv materiali konsentrlar bo‘yicha joylashtiriladi. Xususan, uchta konsentr ajratilgan: birinchi o‘nlik, birinchi yuzlik, ko‘p xonali sonlar. O‘quvchini ogzaki va yozma hisoblash usullari orqali arifmetik amallar qonunlari va xossalarini o‘zlashtirishga olib kelish borasida birinchi muvaffaqiyatli harakat qilingan. 10 ichida qo‘shishni o‘rganishda bolalar qo‘shishning o‘rin almashtirish qonuni bilan tanishadilar. 100 ichida qo‘shish va ayirishning hisoblash usullari sonni yigʻindiga qo’shish va ayirishning hisoblash usullari sonni yig’indiga qo‘shish, yigʻindini sondan ayirish qoidalariga asoslangan holda ochib beriladi. Masalan:
32 - 13 = 32 - (10 + 3) = (32 - 10) -3 = 22-3=19
Shu yerda xonalab qo’shishi usuli ham ochib beriladi. Jadvalda kopaytirishni o‘rganishda kopaytirishning orin almashtirish qonuni kiritiladi.
1. O‘quvchilar mustaqilligi ta’kidlanadi va unga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilarning mustaqil ishlariga rahbarlik qilish va o‘qitishni individuallashtirishni amalga oshirish uchun maxsus ravishda “Arifmeticheskiye listki” kitobining varaqlaridan foydalaniladi (kitobda 2523 ta masala bor), bu varaqlar kartonga yopishtirilib o‘quvchilarga tarqatiladi. Ko‘rgazmalilik, ayniqsa ta’limning birinchi qadamlarida keng qo‘llaniladi. Keyinchalik “Аmallarni o‘rganish metodi” deb atalgan metodni nazariy asoslashga va amaliy ishlab chiishga asos solindi.
Arifmetika o‘qitish tarixi haqida
Arifmetika o‘qitish predmeti sifatida juda erta paydo bo‘ldi va uy hamda maktabda aniq va mustahkam o‘rinni egallagan. Uni o‘qitish metodikasi esa ancha keyin yaratildi. XIX asrning 60-yillariga kelganda yangi o‘qitish yo‘nalishlari hosil bo‘la boshladi. Paulsonning "Arifmetika po sposobu nemeskogo pedagoga Grube "kitobi chiqdi. Uni rus metodisti V.A. Yevtushevskiy qayta ishlab rus boshlang‘ich maktablarida qo‘lladi.
Keyinchalik V.A. Latishev arifmetik amallarni o‘rganish metodikasini yaratdi. U "Rukovodstvo k prepodavaniyu arifmetiki" (1880) kitobida amallarni soddaroq bajarishga urinib ko‘rgan.
Bundan keyin A.I. Goldenberg "Metodika" kitobida amallarni o‘rganishni uch konsentrga bo‘lib tavsiya qilgan:
a) o‘nlik; b) yuzlik; v) ko‘p xonali sonlar.
Arifmetik amallar, ularning xossalari, ko‘rsatmali tushuntirish, arifmetik cho‘t, og‘zaki hisoblash jadvali kabi ko‘pgina metodik tavsiyanomalarni berdi. Shu asosida XX asr boshigacha arifmetikani yaratish va uni o‘qitish sohasida ancha siljishlar bo‘ldi. Arifmetika ongni rivojlantirishda oldingi o‘rinda turishligi isbotlandi.
2.2. Matematik o’n minutlik va qiziqarli matematika soatlari
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o‘n minutliklardirr.
O‘n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o‘quvchilari ishtirokida xaftada bir marta uyushtiriladi.
O‘quvchi o‘n minutlik uchun shunday masala misol, mashq va o‘yinlar tanlashi kerakki, ular hajm jihatdan kichik bo‘lsin, lekin o‘quvchilarning aktivligini oshirsin, o‘quvchilarning kelajakda umumiy bilish faolyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo‘naltiruvchi vosita bo‘lib qoolsin.
O‘n minutlikni faqat sinfda o‘tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va hatto maktabdan tashqarida o‘tkazish mumkin. Bunda o‘quvchilar bilan tevarak – atrof va tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin –asta mushohada qilish asosida o‘tkaziladi. [21]
Mashg‘ulotlarning bu turi nisbatan ko‘proq vaqtga (taxminan 45 minut)
mo‘ljalangan bo‘lib, qiziqarli o‘yin, qiziqarli o‘yin, sonli topishmoqlar, she‘riy masala, hazil masala va sahnalashtirilgan masalardan tarkib topadi. Bunday mashg‘ulotlatlar 1 – sinf o‘quv yilining II yarmidan boshlab avval bir oyda bir marta, keyinchalik 2 martadan utkazilishi mumkin. Unda o‘quvchilarning o‘zlari tashabbus ko‘rsatishlariga erishmoq kerak. [21]
Matematika to‘garagi sinfdan tashqari ishlarning eng ommalashgan turi.
To‘garak ixtiyoriy ravishda tuziladi. Har qaysi matematika to‘garagida qatnashadigan o‘quvchilar soni 15-20 dan oshmasligi kerak, aks holda o‘qituvchiga qiyinchilik tug‘diradi va o‘quvchilar to‘garakda aktiv ishtirok eta olmaydilar. To‘garak a‘zolarining soni ko‘payib ketsa, ularni ikki guruhga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Guruhlar bilan bir hafta, ikkinchisi bilan ikkinchi hafta shug‘ullanish mumkin. Mashg‘ulot 30 – 40 minut davom etsa yetarli. Ma‘lum vaqt oralig‘ida guruhlarni qo‘shib mashg‘ulot o‘tkazish va mashg‘ulotlarni musobaqa yoki viktorina o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Matematika to‘garagi mashg‘ulotini sentyabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab (birinchi sinf uchun ikkinchi yarim yillikdan,) may o‘yining birinchi yarmida yakunlash mumkin. To‘garak ishlarini boshlashdan oldin o‘qituvchi kamida 3 – 4 mashg‘ulotga etadigan material tayyorlab, uni rejalashtirish va to‘garakni tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Matematika to‘garagida o‘rganiladigan material mazmuni va xajmini chegaralab qo‘yish qiyin. Bunda maktab sharoiti va o‘qituvchining tayyorgarligiga qarab to‘garakda turli xil tarixiy, nazariy va amaliy materiallarni o‘rganish mumkin.
Matematika to‘garagining muvaffaqiyatli ishlashda, o‘quvchilarni to‘garak ishiga jalb qilishda, qiziqtirishda dastlabki mashg‘ulotlarning ro‘li katta. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, dastlabki mashg‘ulotlarning ko‘p qismini qiziqarli matematikaga ajratish ham yaramaydi, chunki keyingi mashg‘ulotlarda qiziqarli matematikadan boshqa materillarga qiziqish kamayadi, natijada o‘quvchilar to‘garakdan soviy boshlaydi. Shuning uchun dastlibki mashg‘ulotlarda ham, keyingi mashg‘ulotlarda ham qiziqarli materiallar hajm jihatdan barobar ma‘quldir.
Sinfdan tashqari ish tashkilotchisining matematik va umumpedagogik mahorati ham bu ishning sifatiga va ilmiy metodik darajasiga ta‘sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. O‘qituvchining shaxsiy malakasi ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli sinfdan tashqari ish har bir o‘qituvchini qanoatlantiradigan aniq uslubiy ko‘rsatmalar berishi qiyin.
To‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish sinf darslariga yaqin. Sinfdagi va sinfdan tashqari ishlarning o‘xshashligi jamoa o‘quv ishini tashkil qilish formasi bilan aniqlandi, bunda o‘qituvchi o‘quvchilar guruhi bilan mashg‘ulot olib boradi, zaruriy tushunchalarni beradi, o‘quvchilardan so‘raydi va h. Bu yerda o‘quvchilarga katta tashabbuskorlik berish maqsadga muvofiq, ularga muhokama qilinayotgan masala yuzasidan mulohazalarini bemalol aytish uchun to‘laimkoniyat berish kerak. Bunda o‘quvchilarni matematik tilda gapirishga o‘rgata boorish, ularni matematik nuqtalari (og‘zaki nutq va yozma nutq) ustida ishlashi ham eng muhim pedagogik vazifalardan biridir.
Bundan tashqari to‘garaklarda to‘garak kutubxonasi, matematika burchagi tashkil qilish va ularni jihozlash, ayrim tadqiqot ishlari olib boorish maqsdaga muvofiqdir. Bu ishlarni yaxshi tashkil qilish uchun sharoitga qarab, chorak dasturlari, yarim yillik matematik va taqvimiy dasturlari tuziladi. [21]
Matematik viktorinalar ma‘lum tema, bo‘lim yoki umuman matematikaga doir masalalar bo‘yicha savol – javob o‘yini bo‘lib, ko‘p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi.
Boshlang‘ich sinflarda viktorinalar 10 – 20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyorlangan 5 – 6 savolga og‘zaki yoki yozma javob olinadi.
I – IV sinflarda matematik viktorinalarni tizimli o‘tkazib turish o‘quvchilarni masalalarni turli usullarda yechishga o‘rgatadi, ularning fikrlash va xozirjavoblik qobiliyatlarini kamol toptiradi.
Umuman, viktorinalar qizigan musobaqa tarzida o‘tadi, eng bilag‘on topqir va hozirjavob o‘quvchini, ilg‘or sinfni aniqlash imkonini beradi.
Viktorinada qatnashish mutlaqo ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, matematikaga qiziquvchilarni aniqlash va keyinchalik ularni matematikaga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi.
Albatta, viktorinada tavsiya etilgan savollar turlicha qiyinlikda bo‘lib, unga ko‘proq o‘quvchilarning qatnashuviga erishish kerak.
Matematik viktorinalar har xil o‘tkazilishi mumkin. Quyidagi ikki xilini misol tariqasida keltiramiz:
1. Savollar (misol, masalalar) o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga og‘zaki beriladi yoki doskaga oldindan yozib qo‘yiladi. Javobni ham o‘quvchilar og‘zaki tayyorlaydilar. Yoki o‘z daftarlariga qisqa, ya‘ni o‘zlari eslab turishlari uchun kerakli narsalarni yozib turadilar. O‘qituvchi o‘quvchilardan bir nechtasi qo‘l ko‘targuncha kutib turib, keyin birinchi bo‘lib qo‘l ko‘targan o‘quvchini so‘raydi. Agar birinchi qo‘l ko‘targan o‘quvchi noto‘g‘ri javob bersa, ikkinchi uchunchi va qo‘l ko‘targan o‘quvchilardan (to‘g‘ri javob olguncha) so‘raladi:
2. Agar o‘qituvchi savolni doskaga yoki qog‘ozga oldindan yozib qo‘yiladigan bo‘lsa u o‘quvchilarga ishlash uchun buyruq beradi va javoblarni daftarga yozib to‘g‘riligiga ishonch qilgandan keyin qo‘l ko‘tarish kerakligini aytadi. O‘qituvchi qo‘l ko‘targan o‘quvchilar oldiga borib berilgan savol, masala yoki misol javobini ko‘radi. So‘ngra avval qo‘l ko‘targan o‘quvchiga javobni aytishga va javobini tushuntirib berishga ruxsat beradi.
|
| |