Ish haqini tabaqalashtirish va uning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri




Download 1,54 Mb.
bet110/331
Sana06.06.2024
Hajmi1,54 Mb.
#260832
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   331
Bog'liq
Yxatga olindi ¹ 2019 y

12.4. Ish haqini tabaqalashtirish va uning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri


Ish haqining ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri. Ish haqi ishlab chiqarish samaradorligiga turli darajada o’zining bevosita ta’sirini o’tkazadi:
— korxona (firma) miqyosida bu ta’sir mehnat unumdorligini oshirish, ishchi kuchi qiymatining o’zgarishi mahsulot sifati, ish vaqtidan foydalanish va xodimning mehnat faoliyatining boshqa ko’rsatkichlari bilan bog’liqdir;
— milliy miqyosda ish haqining hajmi va tabaqalanishi ishlab chiqarish tuzilmasi (tegishli ravishda boshqaruv tuzilmasiga ham) va umuman, iqtisodiyot hamda iste’mol bozori tuzilmasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, u butun milliy iqtisodiyotga o’z ta’sirini o’tkazadi;
— jahon xo’jaligi miqyosida ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismi sifatida aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismi, ishchi kuchining sifatini belgilaydigan, mamlakatning texnologik jihatdan rivojlanish darajasi, uning jahon xo’jaligidagi ishtiroki bilan uzviy bog’liq milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qoldi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardagi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ish haqi tizimlarida korxona xodimlarini rag’batlantirishda ikki yo’nalish aniq ko’zga tashlanadi: birinchidan, ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini bevosita oshirishni, birinchi navbatda, ish haqini va mukofotlash tizimini tabaqalashtirish yordamida (mehnat miqdori va sifatiga qarab) rag’batlantirish; ikkinchidan, ishchi kuchini sifatini faqat ish haqini tabaqalashtirish usuli bilan emas, balki xodimlarning firma kompaniyadan oladigan daromadning boshqa moddalari yordamida ham oshirishni rag’batlantirish.
Ish haqini tabaqalashtirish moddiy rag’batlantirish samaradorligida asosiy omil hisoblanadi. Xodimlar shunga qarab mehnatga haq to’lashdagi adolatlilik xususida fikr yuritadilar:
— xodimlarning qo’shgan hissasini baholashda;
— ichki malakani taqqoslashda;
— tarmoqlararo taqqoslashda;
Ish haqini tabaqalashtirishda uch tur mavjud bo’lib, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bular: tarmoqli, kasb malaka va mintaqaviy tabaqalashtirish.
Hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda ish haqi kuchi qiymati o’rnini qoplashning yagona usuli emasligini qayd etib o’tish kerak. Ishchi kuchiga ish haqidan tashqari noishlab chiqarish sohasidagi mukofotlar, natura to’lovlari, xizmatlar, korxonadan to’lanadigan ijtimoiy to’lovlar ham kiradi. Xodimlar daromadlariga, shuningdek, aktsiya dividendlar, korxona aktsiyalarini sotib olishdagi farq, korxonaning jamg’arma hisoblari va hokazolar ham kiradi. Bu elementning hammasi u yoki bu darajada samaradorligini ishlab chiqarish unumdorligini oshirish tizimida mavjuddir. Bunda har bir tarkibiy qism o’ziga xos bo’lgan vazifani va ishchi kuchini rag’batlantirish bo’yicha umumiy vazifalarni ham bajaradi.

Download 1,54 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   331




Download 1,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish haqini tabaqalashtirish va uning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri

Download 1,54 Mb.