Davlat darajasida mehnatni boshqarish




Download 1,54 Mb.
bet136/331
Sana06.06.2024
Hajmi1,54 Mb.
#260832
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   331
Bog'liq
Yxatga olindi ¹ 2019 y

Davlat darajasida mehnatni boshqarish. har bir mamlakatda mehnatni boshqarish uchun o’z umumdavlat organlari tizimi tashkil qilinadi. Ushbu organlarning nomi va tuzilmasi vaqti-vaqti bilan o’zgarib turishi mumkin. Lekin har qanday tsivilizatsiyali davlat mehnat, ish bilan bandlik va ijtimoiy siyosat masalalari, xususan, mehnat sharoitlari, ishlar va xodimlar tarifikatsiyasi, byudjet sohasidagi mehnatga haq to’lashdagi razryadlararo nisbatlar, ish bilan bandlikni boshqarish, ish beruvchilar va yollanma xodimlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqadi.
O’zbekistonda hozirgi vaqtda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ana shunday organdir. U 2001 yilda Mehnat vazirligi bilan Aholini ijtimoiy muhofazalash vazirligi qo’shilishi yo’li bilan tashkil qilindi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mehnat, ish bilan bandlik va aholini ijtimoiy muhofazalash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradigan davlat ijroiya hokimiyat organidir.
Vazirlik tashkil etishda uning tarkibiga quyidagi 11 ta departament kirdi: yalpi tahlil va ijtimoiy rivojlanishni baholash departamenti, mehnat sharoitlari va muhofazasi departamenti, davlat xizmati masalalari bo’yicha departament, jamoa mehnat nizolarini tartibga solish va ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish departamenti, nufuz va ish bilan bandlik siyosati departamenti, pensiya ta’minoti masalalari departamenti, oila, xotin-qizlar va bolalar departamenti, harbiy xizmatdan bo’shatilgan fuqarolar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy masalalari bo’yicha departament, nogironlarni tiklash va birlashtirish masalalari bo’yicha departament, faxriylar va qariyalar ishlari departamenti, aholini ishga joylashtirish departamenti, 1997 yilda nufuz va ish bilan bandlik departamenti hamda aholini ishga joylashtirish departamenti bekor qilinib, ish bilan bandlik yalpi muammolari departamenti va aholining ish bilan bandligi bo’yicha dasturlar va xizmatlar departamenti tashkil qilindi.



Download 1,54 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   331




Download 1,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat darajasida mehnatni boshqarish

Download 1,54 Mb.