|
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajalarda mehnatni boshqarish
|
bet | 134/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 y16.3. Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajalarda mehnatni boshqarish
Mehnatni boshqarishning uch darajasi: xalqaro, davlat va korxona darajasi farqlanadi.
Mehnatni boshqarishning xalqaro darajasi. Xalqaro darajada mehnatni boshqarishni Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) amalga oshiradi. U 1919 yilda ijtimoiy osoyishtalikni o’rnatish va saqlashga,keskin ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tadrijiy, tinch yo’l bilan hal qilishga ko’maklashishi ko’zda tutilgan edi. XMTni tashkil etishda 45 ta davlat ishtirok etdi, hozirgi vaqtda uning tarkibida 71 ta davlat bor, ularda dunyo aholisining 98 foizi yashaydi14. Har bir qatnashuvchi davlatdan XMTga hukumat hamda mehnatkashlar va tadbirkorlar tashkilotlarining vakillari kiradi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti azaliy va eng yirik xalqaro tashkilotlardan biridir. Uning faoliyati XMT Nizomi bilan belgilanadi, unda qatnashuvchi mamlakatlar ushbu Nizomni bajarishlari shart. XMTning faoliyat maqsadi moddiy farovonlikka erishishga va irqlari, din va jinslaridan qat’i nazar, insonlarning ma’naviy rivojlanishlarini ta’minlashga va bularga imkon beradigan shart-sharoitlarni yuzaga keltirishga ko’maklashishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun XMT o’z oldiga asosiy vazifalarni qo’yadi.
XMTning ish yo’nalishlari — mehnat va ish bilan bandlik sohasida siyosat yurgizish uchun konventsiyalar va tavsiyalar ko’rinishida xalqaro mehnat me’yorlari ishlab chiqish va qabul qilish, texnikaviy hamkorlik olib borish, ijtimoiy-mehnat muammolari bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish va ularning natijalarini bosib chiqarish.
Xalqaro mehnat konferentsiyasi (XMK) — XMTning oliy organidir. U yiliga bir marta o’tkaziladi va to’rt kun davom etadi. O’rta hisobda qatnashchilar soni 2000 kishini tashkil etadi. Konferentsiyada XMTning asosiy ish yo’nalishlari ishlab chiqiladi, mehnat dunyosidagi mehnatkashlar ijtimoiy mehnat holati muammolari muhokama qilinadi, konventsiya va tavsiyalar hamda alohida masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
Ma’muriy kengash XMTning ijroiya organidir. U o’z faoliyatini sessiyalar o’tkazish yo’li bilan muvofiqlashtirib boradi, ular yiliga uch marta o’tkaziladi. Kengash 56 a’zodan, shu jumladan, hukumat, mehnatkashlar va tadbirkorlarning namoyandalaridan iborat. XMT a’zosi bo’lgan mamlakatlar hukumatlarining 28 nafar vakili bor, ulardan 10 nafari doimiydir, ularni ekspertlar sanoati eng rivojlangan mamlakatlarning namoyandalaridan saylaydilar. Qolgan 18 kishi turli mamlakatlarning teng huquqli vakilligini ta’minlash uchun mintaqalarga oid kvotalar bo’yicha har uch yilda bir marta qayta saylanadi. Kengash tarkibiga mehnatkash va tadbirkorlar vakillari har bir guruhidan 14 kishi miqdorida kiritilgan. Ma’muriy kengash raisi har yili konferentsiyadan keyin mintaqaviy mansublikni hisobga olgan holda rotatsiya qilish tamoyili bo’yicha saylanadi. Kengash konventsiyalar va tavsiyalarni qo’llanish ustidan nazorat yuritish uchun 12 kishidan iborat ekspertlar guruhiga ega.
Xalqaro mehnat byurosi (XMB)— XMTning doimiy kotibiyatidir. XMBning Jenevada joylashgan markaziy devoni XMT o’z loyihalarini amalga oshiradigan turli mamlakatlarda 40 ta bo’limga ega. Ma’muriy kengash besh yil muddatga saylaydigan Bosh direktor XMBga boshchilik qiladi. Xalqaro mehnat byurosi va uning rahbariyatining tarkibi doimiydir, ko’plab xodimlar muddatsiz shartnomaga egalar. Doimiy organ bo’lgan XMB aslida ijtimoiy mehnat masalalari bo’yicha jahon tadqiqot va ijtimoiy axborot markazi rolini bajaradi. XMBning ikki instituti: Mehnat masalalarini tadqiq qilish xalqaro instituti hamda Kasb va texnikaviy malaka oshirish xalqaro markazi bor.
|
| |