• Intеrnеt saytlari
  • 16-BOB. BOZOR MUNOSABATLARI TIZIMIDA MEHNATNI BOSHQARISH 16.1. Mehnatni boshqarish xususiyatlari
  • Tavsiya etiladigan adabiyotlar




    Download 1,54 Mb.
    bet131/331
    Sana06.06.2024
    Hajmi1,54 Mb.
    #260832
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   331
    Bog'liq
    Yxatga olindi ¹ 2019 y

    Tavsiya etiladigan adabiyotlar
    • Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти. Дарслик (назария ва амалиёт) –Т.: “Меҳнат”, 2009.


    • Abduraxmanov Q.X. va boshqalar. «Mеhnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». O’quv qo’llanma. -Т.: 2005.


    • Абдурахмонов Қ.Х., Тохирова Ҳ.Т., Зокирова Н.Қ. «Аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш» Ўқув қўлланма Т.: ТДИУ, 2004.


    • Кукушин В.С., ред. Социальная защита населения: Опыт организационно-административной работы. Издательство: Март, 2007.


    • Пронин О. Трудовые права инвалидов. ISBN: 5-9589-0042-0. 2008.


    • Экономика и социология труда: Экз. отв. ст. вуза. /Барбарова Е. -М.: Буклайн, 2008.


    • Экономика труда: (социально-трудовые отношения): Уч. /Под ред. Волгина Н.А. -М.:Экзамен, 2007.




    Intеrnеt saytlari



    • http://www.cer.uz –Социалная защита населения. O`zbеkiston Rеspublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi” ning “Ekonomichеskoе obozrеniе” jurnalining elеktron manzili. Turli xil sotsiologiya mavzudagi matеriallarni olishga imkon bеradi.


    • http://www.soc.pu.ru – Sotsialnaya zashita nasеlеniya. Rossiya Fеdеratsiyasining “Sotsiologichеskiе isslеdovaniya” jurnalining elеktron manzili.


    • http://cer.freenet.uz –mеhnat iqtisodiyoti


    • http://www.economyfaculty.uz – “Mеhnat iqtisodiyoti va sotsiyaologiyasi” kafеdrasi sayti mavjud bo`lgan vеb-sayt


    • http://goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so`nggi yangiliklari


    • http://rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akadеmiyasining vеb-sayti


    16-BOB. BOZOR MUNOSABATLARI TIZIMIDA MEHNATNI BOSHQARISH


    16.1. Mehnatni boshqarish xususiyatlari
    Mehnatni boshqarish boshqaruv munosabatlarining turlaridan biridir. Mehnatni boshqarish obyektiv zaruriyati birgalikdagi mehnat, uning kooperatsiyasi rivojlanishi jarayonida yuzaga keldi. Bunda shu narsa ayon bo’lib qoldiki, boshqarishning maqsad, mazmun va funktsiyalari ishlab chiqaruvchi kuchlar va mehnatning o’zi rivojlangan sayin o’zgarib, avvalo, ishlab chiqarishning har bir mazkur turiga xos bo’lgan mehnatning ijtimoiy tuzilishi bilan belgilanadi. Bevosita mehnat faoliyati, uning tashkil etilishi, shart-sharoitlari va natijalari, ishchi kuchini tiklash, ijtimoiy mehnat munosabatlari mehnatni boshqarish obyektlari hisoblanadi.

    Mehnat ishlab chiqarishning tarkibiy qismi (omili) sifatida ishlab chiqarish tashkilotchisini, ishlab chiqarish boshqaruvchisini boshqa omillar — kapital, er, asosiy ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va shu kabilar bilan tengma-teng qiziqtiradi. Ammo mehnat ishlab chiqarishning boshqa omillaridan jiddiy farqlanadi: unda fuqaro huquqi va erkinliklari, o’z manfaatlari va adolat to’g’risidagi tasavvurlari, ish beruvchi bilan munosabatda o’zini himoya qilish uchun birlashish huquqi va shu kabilar bor. ¨llanma ishchi o’zining mehnat qobiliyatini sotadi, zimmasiga qonunda belgilangan yoki kontraktda aytib o’tilgan shartlarda mehnat qilish majburiyatini oladi.


    Mehnat bozorida ham, ishlab chiqarishda ham, ishdan keyin ham kishi bir butunligicha qoladi. Boshqarish amaliyotida bu bilan hisoblashish kerak bo’ladi. Mehnat omilining boshqa omillar bilan birikmasini emas, balki mehnat munosabati tufayli yuzaga keladigan tirik odamlarning jamiyat va bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarning butun majmuasini boshqarishga to’g’ri keladi.
    Mehnat bilan chambarchas bog’langan jarayonlar va munosabatlar doirasi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini yuzaga keltiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va munosabatlarni amalga oshirishda mehnat bilan bog’liq shart-sharoitlarni amalga oshirish (tashkil etish, haq to’lash, intizom, borasida, mehnat etikasi, mehnat jamoalarining shakllanishi) munosabatlarida ustuvorlik qilinsa, bunday sohani ijtimoiy mehnat sohasi deyish mumkin.

    Download 1,54 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   331




    Download 1,54 Mb.