|
«Открыть» (Ochish) tugmachasi tanlangan obyektni ochadi. «Конструктор»
|
bet | 43/64 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 30,58 Mb. | | #131540 |
Bog'liq Kompuyter ta\'minoti(lob-ya) 2 kurs«Открыть» (Ochish) tugmachasi tanlangan obyektni ochadi. «Конструктор» (Tuzuvchi) ham tanlangan obyektni ochadi, lekin u obyektning tuzilmasinigina ochib, uning mazmunini emas, balki tuzilishini to’g’rilash imkonini beradi. Agar obyekt jadval bo’lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o’zgartirish mumkin. «Создать» (Yaratish) tugmachasi yangi obyektlarni: jadvallar, so’rovlar, shakllar va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi.
Biror MBni yaratishdan oldin albatta uning loyihasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun MBning tuzilmasini aniqlab olish kerak bo’ladi. MBning yaxshi tuzilmasi talablarga mos keladigan, samarali MBni yaratish uchun asos bo’ladi.
MS Accessda MBni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo’sh bazani yaratib, so’ngra unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa obyektlarni kiritishdan iborat. Bu usul ancha yengil va qulay bo’lgani bilan MBning har bir elementini alohida aniqlashga to’g’ri keladi. Shuning uchun ikkinchi usuldan ko’proq foydalanishadi. Unda «Мастер» (Usta) yordamida barcha kerakli jadvallar, shakllar va hisobotlarga ega bo’lgan ma’lum turdagi MB birdaniga yaratiladi, ungra tegishli o’zgartirishlarni bajarish mumkin. Bu boshlang’ich MBni yaratishning eng sodda usulidir.
Savollar
Access dasturi qaysi firma tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda qanday versiyalari mavjud?
MS Access dasturini ishga tushirish va undan chiqishni tushintiring.
MS Accessning menyu tashkil etuchilari haqida tushuncha bering.
MS Access dasturi necha obyektdan iborat.
V. Namunaviy masala.
Masalaning qo’yilishi. Talabalar, ularning ota – onalari va semestrda olgan reyting ballari haqida sodda ma’lumotlar bazasini (MB) yarating. Ushbu MB dan reyting ballarini beruvchi ma’lumotni oling.
Masalani Access da echish algoritmini loyihalaymiz.
MB si quyidagi jadvallarni o’zida saqlasin:
- Студенты (поля: КодСтуд, ФамСтуд, ИмяСтуд, РождСтуд);
- Родители (поля: КодСтуд, ФамРод, ТелРод);
- Оценки (поля: КодСтуд, БаллХим, БаллИнф, БаллМат, Семестр);
Endi yuqoridagi algoritmga ko’ra qo’yilgan masalani yechishning algoritmini keltiramiz.
Access dasturini ishga tyshirgandan song ish sohasining o’ng tomonida joylashgan Приступая к работе oynasidagi (yoki asboblar panelidagi) Создать файл… piktogrammasi ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib uning o’ng tugmasini bosing. Quyidagi oyna paydo bo’ladi
Создание Новая база данных… buyrug’ini ishga tushiring. Ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi
Sizga standar db.mdb nom bilan ma’lumotlar bazasini yaratish taklif qilinadi. Siz bu holda yaratishingiz lozim bo’lgan ma’lumotlar bazasini boshqa nom bilan kerakli papkada yaratishingiz mumkin. Buning uchun Имя файла: satridagi db4.mdb o’rniga boshqa nomni, masalan Semestr.mdb deb yozib Создать tugmasini bosasiz. Bu aytilganlar quyidagi rasmda tasvirlanganday bo’ladi.
Создать tugmasini bosing. Ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi
Sizga ma’lumotlar bazasini yaratishning 3 usuli taklif qilinadi. Joriy holda «Создание таблицы в режиме конструктора» usuli faollashtirilgan. Oynadagi «Открыть» piktogrammasini ishga tushiramiz. Ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi. Bu oynada siz MB ning birinchi jadvalini yaratasiz
Siz bu oynada «Имя поля» va «Тип данных» ystunlariga mos ravishda maydon nomlarini va ylarning tiplarini kiritasiz. Ishingizning natijasi quyidagicha bo’ladi.
Endi yuqoridagi oynada tasvirlanganidek «Вид» asbobini bosasiz. Sizdan avval yaratilayotgan jadvalni saqlashni so’rovchi quyidagi «Сначала необходимо сохранить таблицу» oynasi hosil bo’ladi. Bunga javoban «Да» tugmasini bosamiz. Access dasturi «Таблица1» degan standart nom taklif qiladi. Masalaning qo’yilishiga mos ravishda jadvalni «Студенты» deb nomlaymiz va «ОК» tugmasini bosamiz
Ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi
«Да» tugmasini bosamiz. Ekranda 5 ta ystundan iborat jadvalni hosil qilish oynasi hosil bo’ladi.
Biz bu yerda soddalik uchun 5x4 o’lchamli quyidagi jadvalni hosil qilamiz.
Jadvalni to’dirib uni saqlaymiz.
Endi asboblar panelidagi «Окно базы данных» asbobini ishga tushiramiz. Quyidagi oyna hosil bo’ladi
Shynday qilib MB ning birinchi jadvalini yaratdik. Endi MB ning ikkinchi jadvalini yaratamiz. Buning uchun «Конструктор» asbobini ishga tushiramiz. Ekranda 4 – qadam dagi oyna hosil bo’ladi.
Endi 5- 10 qadam lardagi bajarilgan ishlarni takrorla MB ning quyidagi ikkinchi va uchinchi jadvallarini hosil qilamiz.
Asboblar panelidagi «Окно базы данных» asbobini faollashtirsak quyidagi oynasiga qaytamiz.
Endi MB ustida amallar bajarishni ko’rib chiqamiz. Bu ishni quyidagi algoritmlar bo’yicha bajaramiz.
Yuqoridagi «Окно базы данных» oynasidan «Запросы» buyrug’ini ishga tushiramiz. Quyidagi oyna hosil bo’ladi
«Конструктор» asbobini ishga tushiramiz. Quyidagi oyna hosil bo’ladi.
«Запрос 1» Oynasiga «Оценки» va «Студенты» Jadvallarini tashlaymiz. Buning uchun Ularni birin – ketin belgilab «Дабавить» tugmasini bosamiz. Natijada quyidagi ko’rinish hosil bo’ladi.
Endi bu ikki jadvaldan tegishli maydon va shartlarni tanlaymiz. Buning uchun masalan, «поле» satridagi «Uchburchak» belgisini ustiga sichqoncha ko’rsatkichini keltirib uning chap tugmasini bossak quyidagi ko’rinish hosil bo’ladi.
Yuqoridagi oynadan avval «Студенты.*» jadvaliga tegishli maydon va shartlarni tanlaymiz. Songra «Оценки.*» jadvaliga tegishli maydon va shartlarni tanlaymiz va «Сохранение» buyrug’ini bajarsak quyidagi ko’rinishga ega bo’lamiz
«Сохранение» oynasidagi «Запрос1» o’rniga «Рейтинг бали» nomini kiritamiz va «ок»tugmasini bossak oyna nomi «Рейтинг бали» nomiga o’zgaradi.
19.
Menyuning «Запрос» bo’limidagi «Запуск» buyrug’ini ishga tushirsak quyidagi natijaviy oyna hosil bo’ladi.
|
| |