19 - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Macromedia Flash MX dasturida matnlar bilan ishlash.
Ishning maqsadi: Macromedia Flash MX dasturida matnlar bilan ishlashni o’rganish.
Nazariy qism:
Macromedia Flash dasturi animasiya yaratishda dunyoda keng qo’llaniladigan dastur. Bu dasturda ishlashni ommaviylashganligi sabablaridan biri, ishlashda dastur interfeysi qulayligi, hamda funksiyalari ko’pligidadir.
Macromedia Flash MX dasturi bilan ishlash uchun zaruriy vositalar.
1. Intel Pentium 200MGS (Yaxshisi 400) prosessori.
2. 64 Mb dan kam bo’lmagan operativ xotira (yaxshisi 128 m dan boshlab).
3. Qattiq diskda 85 Mb bo’sh joy.
4. 1024x768 piksel va 16 bit rangli monitor
5. Windows 98 SE, Windows ME, Windows NT 4.0 Windows 2000 yoki
Windows XP operasion tizimi.
Flash interfeysi Adobe firmasining dasturlari (masalan, PhotoShop) interfeysiga o’xshash bo’lib, nuqtali grafika bilan ishlashga mo’ljallangan.
Chapda chizish uchun mo’ljallangan instrumentlar paneli joylashgan. Ular yordamida instrumentlar tanlanishi, shuningdek ishchi sohani boshqarish, obyektlarni o’zgartirish va ranglar tanlash mumkin. O’ng tomonda instrumentlarda sozlash, rang, matn, kadrlar xususiyati va obyektlar palitralari joylashgan. O’rtada ishchi soha, uning ustki qismida esa vaqt diagrammasi {Timeline) joylashgan. Ishchi sohada alohida grafik va matnli elementlar yaratiladi.
Ishchi soha ostida xususiyatlar palitrasi {Properties) joylashgan bo’lib, u turli obyektlar xususiyatlarini o’zgartirish uchun mo’ljallangan.
Flashda bajarilgan ishlarning natijasini (fayllar, animasiya, sa-hifalar) — multifilm, klip, videofragment, rolikva animasiyalar deb atash qabul qilingan (umumiy termin — movie).
Flashda rolik yaratish jarayoni quyidagicha:
Dastlab FLA kengaytmali boshlang’ich yoki mualliflik fayl (tahrirlab bo’ladigan boshlang’ich fayl) yaratiladi. Keyin brauzerda ko’rish mumkin bo’lgan SWF-faylga o’zgartiriladi. Bundan tashqari, ishning natijalarini keng tarqalgan formatlar fayllari AVI, animasion GIF, JPEG va boshqa formatlarga eksport qilish mumkin.
Macromedia Flash dasturida ishlashimiz uchun bu dasturimizni o’zimizga o’rnatib olamiz. O’rnatib olganimizdang so’ng Pusk→Все программы
→Macromedia→Macromedia Flash MX 2004 jarayonini bajaramiz. (3-rasm)
3- rasm.
Macromedia Flash dasturiga kirishimiz bilan quydagi oyna hosil bo’ladi. (4-rasm)
4-rasm.
Bu oyna yangi foydalanuvchilarga o’ziga hos yo’l deb bilsak ham bo’ladi,masalan unda shablonlar, uquv qullanmalar mavjud bo’ladi.
Bu oynadan yangi ish boshlashimiz uchun Flash Document qismini belgilaymiz. (5-rasm)
5-rasm.
Ko’rib turganimizday Flash dasturining interfeysi ko’pgina bloklardan tashkil topgan.
Flash dasturida Shriftlarni o’zgartirish mumkin, buning uchun…
Tools palitrasidan belgisini belgilaymiz va ish stolimizga masalan TEXT degan matni kiritamiz. (6-rasm)
6-rasm.
Yozgan matnimizni buyash uchun Tools blokida berilgan instrument yordamida yozgan matnimizni belgilaymiz va pastki Properties blokidan ranglar palitrasini tanlab o’zimizga kerakli rangni quyishimiz mumkin… (7-rasm)
7-rasm.
Ish stolomizga aniqlik kiritish kerak bo’lsa quydagi funksiyani bajarishimiz mumkin.
View-Grid-Show Grid va ish stolimizda quydaki o’zgarish hosil bo’ladi. (8-rasm)
8-rasm.
|