119
“GeoGebra”da amaliy topshiriqlar bajarish
1. Berilgan kattalikdagi burchakni yasash
Ikki to‘g‘ri chiziq to‘g‘ri burchak ostida kesishsa, ular “perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar”
deb ataladi. Ularning tasvirini hosil qilish uchun:
1)
uskunalar panelida “
Прямые линии
” (“To‘g‘ri chiziqlar”) guruhini ochamiz;
2)
menyudan “
Прямая
” (“To‘g‘ri chiziq”) ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosib
tanlaymiz;
3)
tekislikda ikkita nuqta belgilaymiz.
4)
uskunalar panelida “
Измерения
” (“O‘lchovlar”) guruhini ochamiz;
5)
menyudan “
Угол заданной величины
” (“Berilgan kattalikdagi burchak”) ustiga
sichqonchaning chap tugmasini bosib tanlaymiz;
6)
hosil bo‘lgan darchaga burchak kattaligini kiritamiz va “
Enter
” tugmasini bosamiz.
Natijada uchinchi nuqta hosil bo‘ladi;
7)
burchak uchi va nuqtadan to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz. Natijada izlanayotgan burchak
hosil bo‘ladi.
2. Burchak bissektrisasini yasash algoritmini tuzish va uni yasash
Yuqoridagi algoritmga o‘xshash burchak bissektrisasini yasash algoritmini tuzing va
uni yasang.
3. Ko‘pburchak yasash
Ko‘pburchakning tasvirini hosil qilish uchun: