Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov




Download 8.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/51
Sana22.12.2022
Hajmi8.91 Mb.
#36724
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.
texnologiya, 1668423462, opka 01, Islom moliyasi, Baxtiyorova Diyora, 1-mavzu taqdimot, AI technology




O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
 
 
 
 
Z.Z.MIRYUSUPOV, J.X.DJUMANOV 
 
 
KOMPYUTER
TARMOQLARI 
 
O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi 
tomonidan o‟quv qo‟llanma sifatida tavsiya etilgan. 
5330500 - Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «AT-
servisi», «Multimedia texnologiyalari»),
5330600 – Dasturiy injiniring, 
5350400 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb 
ta‟limi, 
5350600 – Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik
yo„nalishlari talabalari uchun 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT - 2020 
 




KIRISH 
Kompyuter tarmoqlari haqida turli xil nuqtai nazardan fikrlab, turli 
xil ma‟lumotlarni keltirish mumkin. Ushbu o„quv qo„llanma axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasining «Kompyuter injiniringi», 
«Dasturiy injiniring», «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
sohasida kasb ta‟limi» va ularga yondosh yo„nalishlar bakalavrlari 
uchun mo„ljallanganligi sababli, unda asosiy e‟tibor – kompyuter 
tarmoqlarining qurilish tamoillari, tarmoq texnologiyalari, kompyuter 
tarmoqlarida ma‟lumotlarni uzatish jarayonlarini amalga oshirilishlarini 
va ularda qo„llanilgan protokollarni ko„rib chiqishga qaratildi. 
Kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni uzatish jarayonlarini OSI 
modelining – fizik, kanal va tarmoq sathlarida qanday amalga 
oshirilganligi alohida-alohida qo„rib chiqildi. O„quv qo„llanmada 
keltirilgan ma‟lumotlarni o„rganish natijasida, talaba zamonaviy 
kompyuter tarmoqlarining xillari, ularning qanday tuzilganligi va 
qanday ishlashlari haqida anchagina mukammal tasavvurlarga ega 
bo„lishilari mumkin.
Ushbu 
o„quv qo„llanmaning birinchi bobida
kompyuter 
tarmoqlarining qurilish tamoillariga oid ma‟lumotlar keltiriladi. Unda 
kompyuter tarmoqlarini qurishda uchragan asosiy muammolar, tarmoq 
topologiyalari, 
kompyuter 
tarmoqlarini 
texnologik 
jihatdan 
klassifikatsiyalash, ya‟ni sinflarga ajratish, lokal va global kompyuter 
tarmoqlarining yaqinlashuvi degani nima ekanligi haqida tushuntirishlar 
berilgan.
Ikkinchi bobda zamonaviy kompyuter tarmog„ining umumlashgan 
strukturasi va uning xususiyatlari, kompyuter tarmoqlarining xillari, 
kompyuter tarmoqlarini qurishda - ochiq tizim va standart tushunchalari, 
standartlarning xillari, IEEE 802.x standartlarining tuzilishi va tarkibi 
haqida so„z yuritiladi. 
Uchinchi bobda kompyuter tarmoqlari texnologiyalari, kompyuter 
tarmoqlarida qo„llaniladigan kommunikatsion qurilmalar va ularning 
qanday ishlashlarini tushuntirishlar amalga oshirilgan.
Ushbu bobda 
lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari bo„lgan Ethernet, Fast 
Ethernet, Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari, lokal kompyuter 
tarmoqlarining kommunikatsion qurilmalari bo„lgan kommutatorlarning 
tuzilishlari va ular asosida virtual lokal tarmoqlarni qurish,
marshrutizatorlar va ularni qo„llaniladigan o„rniga qarab tasniflanishi, 
hamda global kompyuter tarmoqlari haqida ma‟lumotlar keltirilgan. 



To„rtinchi bob
kompyuter tarmoqlarida adreslash va aloqa 
chiziqlari orqali ma‟lumotlarni fizik uzatish asoslarini o„rganishga 
bag„ishlanadi. Unda ma‟lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usul-
lari, fizik sath texnologiyalari, ma‟lumotlarni simsiz uzatish, simsiz 
tizimlar va ularning xillari keltirib o„tilgan. 
Beshinchi bobda
kompyuter tarmoqlarida
ma‟lumotlar almashinish 
jarayonlarini tashkil qilish
haqida so„z yuritilgan. Unda ochiq 
tizimlarning o„zaro birgalikda ishlash modeli – OSI, uning umumiy 
tavsifi,
OSI modelining sathlari va ularning bajaradigan vazifalari 
keltirilgan. Bunda kanal sathida ma‟lumotlar almashinish jarayonini 
tashkil qilish, kanal sathining kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni 
uzatish jarayonida tutgan o„rni va tarmoq sathida ma‟lumotlar 
almashinishni jarayonini tashkil qilish xususiyatlari ko„rib chiqilgan. 
Oltinchi bobda TCP/IP protokollari asosida tarmoqda o„zaro 
ishlashni tashkil qilish, TCP/IP protokollari stekining tuzilishi va uning 
xususiyatlari, TCP/IP steki protokollarining ma‟lumotlar birliklari, IP-
paket va uning tuzilishi, tarmoq sathining asosiy protokoli va IP 
marshrutlash chizmasi, hamda transport sathining asosiy vazifasi va 
uning protokollari haqida ma‟lumotlar keltirilgan. 

Download 8.91 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Download 8.91 Mb.
Pdf ko'rish