• Python dasturida ishlash tartibi quyidagicha ekan
  • -Rasm 5.Yangi yaratgan Dasturlar nomli papkani tanlaymiz. 11-Rasm




    Download 0.87 Mb.
    bet6/10
    Sana10.04.2023
    Hajmi0.87 Mb.
    #50154
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Raximova Sanobar
    893429, Ijtimoiy pedagogik texnalogiyasi strukturasi va mazmuni, Sheriyatda petik uslub va ijodiy individuallik, TOʻPLAMLAR USTIDA AMALLAR, SHAXSIY ISH REJA yangi. X. Maxmudov (3), 1-Internet ma`lum, Mustaqillik yillarida ijrochilik (1), АндДУ 1-сонли баён ижроси, Ochiq dars 2021 Pilla chuvish sexida hosil boladigan chiqindilar, 1.Ахборот ва унинг ахамияти, АСТРОФИЗИКА, Xakimova Gulchiroy, Kurs ishi titul yangi, Turgunova Madina
    10-Rasm
    5.Yangi yaratgan Dasturlar nomli papkani tanlaymiz.

    11-Rasm
    6.Dasturga nom berib saqlaymiz. (masalan dars_1). Nom berishda joy tashlamaslik kerak, uning o‘rniga tag chiziq (_) dan foydalaning.

    12-Rasm
    7.Dasturni tekshirish uchun, Run bo‘limidan Run Module ni tanlaymiz.
    8.Natija birinchi oq oynada hosil bo‘ladi. (Natija har doim birinchi oynada
    ko‘rsatiladi.)

    13-Rasm
    Dasturimiz natija berdi, demak kodlarni to‘g‘ri kiritdik. Agar yozilgan dasturga biror o‘zgartirish kiritsak klaviaturadan Ctrl+S klavishlar birikmasini bosgan holda saqlab, yana Run bo‘limi orqali qayta ishga tushirish mumkin.
    Python dasturida ishlash tartibi quyidagicha ekan:
    1.Puskdan Python 3.7 ni topib, undan IDLEni ishga tushirish
    2.Ochilgan oynaning File bo‘limidan New File ni tanlash (File →New File )
    3.Yangi ochilgan oynaga kodlarni kiritish va saqlash (ishchi stolida yaratilgan yangi papkaga, masalan Dasturlar nomli papkaga ) (File → Save as →Ishchi stoli (Рабочи стол ) →Yangi yaratilgan papka (Dasturlar) →Dastur nomi (dars_1) →Сохранить (saqlash))
    4. Dasturni ishga tushirish (Run →Run Module)
    5.Natijani tekshirish 6.Agar dasturga biror o‘zgartirish kiritilsa klaviaturdan CTRL+S klavish birikmalari yordamida qayta saqlash.
    7.Har doim yangi dastur yaratilayotganda yuqoridagi tartiblar takroran bajariladi.
    8.Keyingi darslarda dasturni ishga tushiramiz deyilganda yuqoridagi tartiblar tushuniladi.
    9.Ma’lumotni har safar kiritayotganimizda (dastur natijasini tekshirishda) enter klavishini bosamiz.

    PYTHON da kiritish va chiqarish operatorlari


    Ma’lumotni konsol ekraniga chiqarish – print() funksiyasi hisoblanadi.
    Funksiyaga argument sifatida konsolga chiqariluvchi qiymatlar (satr, son, ifoda va x.k.) berilishi mumkin:

    print('Hello world!')



    Agarda birdaniga bir nechta qiymatlarni chop etish talab qilinsa, u holda ularni print() funksiyasiga “,” bilan ajratib kiritiladi:

    Familiya='Mengliyev';
    Ism='Shaydulla'; Tugilgan_yili=1981;
    print(Familiya,Ism,Tugilgan_yili);



    Ma’lumotlar ekranga chiqqanida ma’lumotning oxiriga nuqta, vergul, probel va h.k. belgilarni chiqarish uchun print() ning end xususiyatidan foydalanamiz:

    Familiya='Mengliyev';
    Ism='Shaydulla'; Tugilgan_yili=1981;
    print(Familiya,Ism,Tugilgan_yili,end='.');



    input() ekrandan berilganlarni kiritish uchun qo‘llaniladi. input() funksiyasiga argument sifatida biror bir satr berilishi mumkin. Ushbu satr konsol ekranida aks ettirilib, kiritilishi kerak bo‘lgan berilganlar uchun yordamchi taklif vazifasini bajaradi. Masalan:

    Familiya=input('Familiyani kiriting:');
    Ism=input('Ismini kiriting:');
    Tugilgan_yili=input("Tug'ilgan yilini kiriting:");
    print(Familiya,Ism,Tugilgan_yili,end='.');



    Kiritilayotgan ma’lumotlarni aniq biror bir turga tegishli qilish mumkin:

    butun_son=int(input('Butun son
    kiriting:')); haqiqiy_son=float(input('Haqiqiy son kiriting:'));
    satr=str(input('Satr kiriting:')); print("Siz kiritgan butun son:",butun_son); print("Siz kiritgan haqiqiy son:",haqiqiy_son);
    print("Siz kiritgan satr:",satr);





    Download 0.87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Rasm 5.Yangi yaratgan Dasturlar nomli papkani tanlaymiz. 11-Rasm

    Download 0.87 Mb.