• 1.2. Python dasturini o‘rnatish qoidalari
  • KIRISH
  • Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti




    Download 0.87 Mb.
    bet2/10
    Sana10.04.2023
    Hajmi0.87 Mb.
    #50154
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Raximova Sanobar
    893429, Ijtimoiy pedagogik texnalogiyasi strukturasi va mazmuni, Sheriyatda petik uslub va ijodiy individuallik, TOʻPLAMLAR USTIDA AMALLAR, SHAXSIY ISH REJA yangi. X. Maxmudov (3), 1-Internet ma`lum, Mustaqillik yillarida ijrochilik (1), АндДУ 1-сонли баён ижроси, Ochiq dars 2021 Pilla chuvish sexida hosil boladigan chiqindilar, 1.Ахборот ва унинг ахамияти, АСТРОФИЗИКА, Xakimova Gulchiroy, Kurs ishi titul yangi, Turgunova Madina
    Kurs ishi rahbari _________________________________________________________
    (familiyasi, ismi, sharifi)


    Topshiriqni bajarishga oldim_______________________________________________
    (familiyasi, ismi, sharifi)


    Topshiriq berilgan sana: 2022 yil «_____» ________________________.


    MAVZU: Kirillitsadagi matnni yangi lotin alifbosiga o‘tkazish



    REJA




    KIRISH




    1. Python tili va uning dasturlash muhiti




    1.1 Python tili tarixi



    1.2. Python dasturini o‘rnatish qoidalari





    2. Pythonda matnni kirildan lotinga va lotindan kiril alifbosiga o'tkazuvchi dastur yaratish




    3.Ishni modullarni bog'lash va dastur oynasini yaratish




    XULOSA




    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR






    KIRISH



    “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay.”


    Imom Al-Buxoriy.

    O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada, shu jumladan axborot kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy axborotlashgan jamiyatni shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar izchillik bilan va aniq maqsadni ko‘zlab amalga oshirilmoqda. Zamonaviy kadrlarni yetishtirish borasida respublikamiz ta‘lim tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunga sabab, «Ta‘lim to‘g’risida»gi qonun va «Кadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi va ularda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasiga tadbiq qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan uzviy bog’liq еkanligining aniq ko‘rsatilishidir. Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, ta’limni kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi.


    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlarini dadil qo‘yayotgan hozirgi davrda axborotlashgan jamiyat qurish masalasi mamlakatimiz uchun naqadar katta ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Internet hayotimizning bir bo‘lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Respublikamizda o‘qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirishni jadllashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega.
    Chunki hozirgi kunda milliy ta’lim tizimining salohiyati iqtisodiy rivojlanishning yanada yuqori pog’onasiga ko‘tarilishga amaliy imkoniyat ta’minlovchi asosiy ijtimoiy resurs sifatida gavdalanadi.
    Respublikamiz ta’lim tizimidagi asosiy vazifa jahon talablariga mos keluvchi axborot texnologiyalarini o‘qitish jarayoniga qo‘llashdan iborat. O‘zbekistonda ta’lim tizimining axborotlashtirilishi xalqaro hamjamiyatda ham tan olindi.
    Masofaviy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha bir qator dasturlar ishlab chiqilmoqda. Iqtisodiyot va jamiyatda islohotlarning o‘tkazilishi natijasida o‘quv jarayonining zahira hajmini keskin oshirish bo‘yicha yangi talablar qo‘yildi. Hozirgi kunda axborot eng asosiy ishlab chiqaruvchi resurslardan biriga, iqtisodiyot va umuman jamiyatning rivojlanish poydevoriga aylanmoqda.
    Yangi axborot - kommunikatsion texnologiyalar hozirgi kunda eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelmoqda, sababi har bir sohani o‘rganish, izlanish va tajriba orrtirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo‘ladi. Shuning uchun yangi axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tarkibida yuqori malakali mutaxasislarning roli benihoya kattadir. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ”Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan zamonaviy bilimga ega bo‘lgan yuksak malakali mutaxasislarni talab etadi”. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yuksak mutaxasislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tadbiq etilmoqda. O‘zbekistonda o‘qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirish, jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy ta’lim tizimining salohiyatli tizimli rivojlanishi yanada yuqori pog’onaga ko‘tarildi.

    Download 0.87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti

    Download 0.87 Mb.