|
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi
|
bet | 1/6 | Sana | 02.10.2024 | Hajmi | 41,52 Kb. | | #273170 |
Bog'liq DAK dasturi KI(KI) (2) (1)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI
KOMPYUTER INJINIRINGI (KOMPYUTER INJINIRINGI) TA’LIM YO‘NALISHI BITIRUVCHI TALABALARI UCHUN
MAJBURIY FANLARDAN
YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYA
D A S T U R I
Andijon-2024
Andijon davlat universiteti Kengashining 2024 yil 31-yanvardagi 7-sonli yig‘ilish qaroriga muvofiq tasdiqlangan
Dastur Andijon davlat universitetida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar:
Kafedra mudiri: N. O’rinov
Kafedra mudiri: G‘. Tajibayev
Fakulteti dekani: A. Medatov
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: G‘.Haydarov
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor: R.Mullajonov
KIRISH
Mazkur dastur kompyuter injiniringi (kompyuter injiniringi) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining tahsil olish mobaynida majburiy fanlarini o‘qib o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlari bo‘yicha ishlab chiqilgan.
2023-2024 o‘quv yili yakunida bitiruvlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-avgustdagi 1-son bilan tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejadagi majburiy fanlaridan o‘tkaziladi.
Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlarida o‘tkaziladigan fanlar
tarkibi:
1. Dasturlash
2. Ma’lumotlar bazasi
3. Kompyuter tarmoqlari
4. Veb dizayn
1. Dasturlash.
(1-fanning nomi)
1.Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari.
Dasturlash tillarining tarixi. Dasturlash tillarining darajalari. Zamonaviy dasturlash tillari va texnologiyalari.
2. Obyektga yo‘naltirilgan loyihalash.
Arifmetik va mantiqiy amallar. Operator turlari: unar va binar. Kiritish-Chiqarish funksiyalari va ularda satrlarni dastlabki formatlash qoidalari.Berilganlar turlarining shajarasi. Turni boshka turga keltirish qoidalari. Oshkor va oshkormas turga keltirish.
3. Dasturlash operatorlari,
for, while, do-while, if-goto operatorlari, if, if-else, switch operatorlari.
4. C++ (PYTHON)dasturlash tilida funksiyalar.
Kiritish-Chiqarish funksiyalari va ularda satrlarni dastlabki formatlash qoidalari.Berilganlar turlarining shajarasi.
5. C++ (PYTHON)dasturlash tilida massivlar.
Bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli massivlar.
6. C++da ko‘rsatkichlar va satrlar.
Satrlar ustida amallar. Satrlarni formatlash. Satrlarda sonlarni va sanalarni formatlab Chiqarish.
7. C++da strukturalar va birlashmalar.
Sanab o‘tiluvchi tur. Strukturalar. Dinamik strukturalar
8. C++da fayllar bilan ishlash.
C++ (PYTHON)da manipulyator va formatlash bayroqchalari.
9. Operatorlarni qayta yuklash. Konstanta maydonlar. Qism sinflar.
Operator turlari: binar va unar. Qayta yuklash qoidalari. Arifmetik operatorlarni qayta yuklash. Kalit so‘zli operatorlarni qayta yuklash. Konstanta maydonlar. Sinfni qismlarga ajratib bir nechta fayllarda saqlash va ular bilan ishlash.
|
| |