|
-2024 o‘quv yili uchun tashkil etilgan
|
bet | 5/6 | Sana | 02.10.2024 | Hajmi | 41,52 Kb. | | #273170 |
Bog'liq DAK dasturi KI(KI) (2) (1)2023-2024 o‘quv yili uchun tashkil etilgan
Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarida universitetni bitiruvchi bosqich
talabalarining majburiy fanlari yoki bitiruv malakaviy (magistrlik dissertatsiya) ishi himoyalarida bilimini baholash quyidagi baholash mezonlari orqali aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining
2018 yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘iga asosan
2-§. Talabalar bilimini baholash mezonlari
15. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
BAHOLASH TARTIBI
Yakuniy Davlat attestatsiya sinovida bitiruvchi talablar uchun xar bir majburiy fanlardan 1 donadan jami 4 ta savoldan iborat bilet taqdim etilib:
1-savolga bitiruvchi mezon asosida to‘la javob yozganda, maksimal-25 ball;
2-savolga bitiruvchi mezon asosida to‘la javob yozganda, maksimal-25 ball;
3-savolga bitiruvchi mezon asosida to‘la javob yozganda, maksimal-25 ball;
4-savolga bitiruvchi mezon asosida to‘la javob yozganda, maksimal-25 ball;
|
| |