• Электрон ҳукумат
  • Интерактив давлат хизматлари
  • Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси Қарорлари




    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/4
    Sana09.02.2024
    Hajmi3,21 Mb.
    #153825
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-Raqamli texnologiyalar

    Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси Қарорлари
    Ўзбекистон Республикаси Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация технологиялари давлат 
    қўмитаси ҳузуридаги «Электрон ҳукумат тизимини ривожлантириш маркази» ҳамда «Ахборот 
    хавфсизлигини таъминлаш маркази»фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида 
    (2013й.)
    Интерактив давлат хизматлари кўрсатишни ҳисобга олган ҳолда Интернет тармоғида 
    Ўзбекистон Республикасининг Ҳукумат портали фаолиятини янада такомиллаштириш чора-
    тадбирлари тўғрисида (2012 й.)
    Давлат ва хўжалик бошқаруви, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ходимларининг малакаси ва 
    кўникмаларини оширишга доир қўшимча чора-тадбирлар ҳамда уларни ишда компьютер 
    техникаси ва ахборот-коммуникация технологияларидан фойдаланиш юзасидан аттестациядан 
    ўтказиш тартиби тўғрисида (2011 й.)
    Интернет тармоғида Ўзбекистон Республикасининг ҳукумат порталига ахборотларни тақдим этиш 
    ва жойлаштириш тартиби тўғрисида (2009 й.)
    Давлат ва хўжалик бошқаруви, маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг ахборот-коммуникация 
    технологияларидан фойдаланган ҳолда юридик ва жисмоний шахслар билан ўзаро ҳамкорлигини 
    янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида (2007 й.)
    «ZiyoNet» ахборот тармоғини янада ривожлантириш тўғрисида (2005 й.)
    Компьютерлаштиришни янада ривожлантириш ва ахборот-коммуникация технологияларини 
    жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида (2002 й.)
    Тошкент ахборот технологиялари университети (ТАТУ) фаолиятини ташкил этиш тўғрисида 
    (2002 й.)


    IT texnologiyalar bu nima?
    IT — ingliz tilidan olingan «Information Technology» so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbek
    tilida «Axborot texnologiyalari» deb yuritiladi. Shunday bo‘lsa ham, biz bu so‘zni IT ko‘rinishida
    talaffuz qilamiz va ishlatamiz.
    Information Technology bu — axborotni hosil qilish, uni yig‘ish, tarqatish, saqlash, qayta
    ishlash, himoyalash kabi vazifalarni bajaruvchi hisoblash texnikasidir. Hozirgu kunda hisoblash
    texnikasi vazifasini kompyuter bajarmoqda, shunday ekan IT so‘zi ishlatilganda asosan kompyuter
    texnologiyasi tushuniladi.


    IT texnologiyalar bu nima?
    Nazariy ma’lumotlar bilan tanishib oldik, xo‘sh hayotda bu so‘z bilan nimalarni bog‘lashimiz
    mumkin?
    • Muloqot paytida (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, elektron pochta, chat,…);
    • Axborot olish chog‘ida (xabarlar, ob-havo ma’lumotlari,…);
    • Axborotni qayta ishlashda (matematik amallarni bajaruvchi dasturlar, grafiklar, video, yozuv,…);
    • O‘qish jarayonida (elektron kitoblar, interaktiv darslar, qo‘llanmalar,…);
    • Dam olishda (kinolar, musiqalar, o‘yinlar,…).
    Demak, hayotimiz shu so‘z bilan chambarchas bog‘liq ekan. Qanday ish qilishimizdan
    qat’iy nazar, hattoki dam olayotganimizda ham IT hizmatlaridan foydalanar ekanmiz. Oddiy mobil
    telefonimiz ham IT qurilma hisoblanadi, chunki biz bu qurilmada qandaydir ma’lumotlar saqlaymiz.


    Dastur nima? Dasturchi kim?
    Dastur - biror-bir muammoni yechish, vazifani
    bajarish
    maqsadida
    maxsus
    sintaksisga
    ko'ra
    yozilgan kodlar jamlanmasi.
    Dasturchi -
    bu hozirgi davrda eng kerakli
    sohalardan biri bo‘lib, jahon bozorida o‘z o‘rniga ega.
    Kompyuterlarga qo‘yiladigan OT (operatsion
    tizim) larning turlari bor, ulardan har biri uchun dasturlarni muayyan bir dasturlash tilida yaratgan
    ma’qul.
    Hozirda ko‘pchilik qiziqadigan va istiqboli porloq kasblardan biri dasturchilikdir. Lekin uning ham
    tarmoqlari ko‘p va har xil tizimlar uchun dasturlar, ilovalar, saytlar yoki o‘yinlar turli dasturlash tillari
    yordamida yasaladi.


    Dasturlash texnologiyalari turlari?
    Dasturlash texnologiyalari asosan quyidagi kategoriyalarga bo’linadi:
    • Desktop development (C, C++, C#, JAVA, PYTON, SWIFT … )
    • Web development (HTML, CSS, JAVASCRIPT, NODE JS, PHP, JAVA, GO, PYTHON …)
    • Mobile development (ANDROID, IOS, WINDOWS, JAVA …)
    • Database development (MYSQL, SQL LITE, MICROSOFT SQL, ORACLE, POSTGRE SQL ….)
    • Game development (C++, UNITY …)


    Dastur tuzish uchun qaysi dasturlash tilini tanlagan yaxshi?
    Windows uchun:
    Windows’ga dasturlar yaratish uchun eng qulay til bu C# hisoblanadi. Hozircha ushbu tilga
    munosib raqobatchi yo‘q, chunki u sinalgan va ayni damda TIOBE ko‘rsatkichlarida o‘z o‘rniga ega. 
    2020 yilning 9 yanvari holatiga ko‘ra, C# tilining qo‘llanishi 2.05% ga oshgan, bu Python va
    Java’dan ham yuqori. Uning qulay interfeysi maktabda o‘rgatiladigan Borland Delphi 7 ga ham 
    o‘xshab ketadi.
    XULOSA: Windows uchun C# dasturlash tili ma’qul.
    MacOS uchun:
    MacOS uchun eng ko‘p talab qilinadigan til bu — Swift bo‘ladi. Bu o‘ta mukammal til, uning
    yordamida chiroyli interfeysli dasturlar yaratish mumkin. Swift uchun eng yaxshi matn muharriri
    shubhasiz XCode. Swift shu yil +0.61% ga o‘zgargan.
    XULOSA: MacOS uchun Swift dasturlash tili yaxshi.
    Barcha platformalar uchun:
    Barcha platformalar uchun universal dasturlash tili — Java. TIOBE reytinglarida Java 
    birinchilikni hech kimga bermayapti, chunki u chinakamiga ko‘p platformali va mukammal til. 
    Java’da nafaqat Dekstop dasturlar, balki Android uchun ilovalar yaratish mumkin. Ammo bu haqida
    quyiroqda gaplashamiz.
    XULOSA: Barcha platformalar uchun Java dasturlash tilini qo‘llash mumkin.


    Dastur tuzish uchun qaysi dasturlash tilini tanlagan yaxshi?
    Mobile development (mobil dasturlash)
    Dunyo bo‘ylab juda ko‘plab kishilar smartfonlardan foydalanishadi. Bu esa mobil dasturlarga
    talab katta degani. Mobil OTlarning ham o‘z turlari bo‘lib, ular Android, iOS kabi turlarga bo‘linadi
    Android
    Yuqorida Java’dan Android uchun ham foydalansa bo‘ladi, degan edik. Uning Corona SDK
    freymvorki ayni muddao. U orqali rekord darajada qisqa fursatda dasturlar, o‘yinlar, ilovalar
    yaratish mumkin.
    XULOSA: Android uchun Java qulay.
    iOS
    iOS uchun Swift desak adashmaymiz, u ham Java kabi ko‘p platformali. iOS uchun dastur
    yaratishda ko‘p dasturchilar Swift’ni ishlatishadi, chunki unga yaxshi konkurent yo‘q. To‘g‘ri, bu
    borada Objective-C ham yaxshi, lekin uning funsionalligi va dunyodagi o‘rni biroz past, TIOBE’da
    ham reytingi tushib bormoqda (-0.85%).
    XULOSA: iOS uchun Swift eng zo‘ri.


    Dastur tuzish uchun qaysi dasturlash tilini tanlagan yaxshi?
    Web development (saytlar yaratish)
    Bu soha uchun juda ko‘p dasturlash tillarini misol qilish mumkin. Ammo Web Development’da
    ham sohalar mavjud bo‘lib, bular Back-End va Front-End hisoblanadi.
    Back-End
    Saytning bu bo‘limi insonning ichki organlariga qiyoslaymiz. Back-End qismi Front-End'dagi
    narsalarni chiqarishda yordam beradi. Back-End ko‘proq server bilan ishlaydi.
    — Katta kompaniyalar uchun sayt
    Agar katta kompaniyalar bilan shartnoma asosida sayt tuzish uchun eng yaxshi til bu – Ruby. 
    Odatda katta kompaniyalar o‘zlariga Java, C# kabilarni ma’qul ko‘rishadi.
    — Kichik sayt yoki frilans
    Bu soha uchun eng yaxshisi — PHP. Dunyodagi barcha saytlarning 80% foizi PHP dasturlash
    tilida qilingan. Agar o‘zingiz uchun biror sayt yaratmoqchi yoki frilanser bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, PHP
    qulay.
    — Startap yoki kichik kompaniyalar
    Odatda bu uchun Django, Rust, Node JS, Go larni ishlatishadi. Ammo Python mukammalligi va
    qulayligi bois, uni ko‘p joyda ishlatish mumkin. Python’ning Django freymvorki ham bugungi kunda
    eng mashhuri bo‘lib, GitHub’da 49.3k yulduzga ega.


    Dastur tuzish uchun qaysi dasturlash tilini tanlagan yaxshi?
    Front-End
    Saytning tashqi ko‘rinishi bilan yaxshi ishlashda fantaziya muhim rol o‘ynaydi. Uning uchun
    HTML, CSS, JS, BootsTrap kabi tillarni bilish kerak (Ro‘yxtda HTML va CSS dasturlash tili emas).
    Gamedev (o‘yinlar yaratish)
    Bugungi kunda geymer va zadrotlarning soni ortishi tufayli, o‘yinlarga ehtiyoj katta. 
    Kompyuterdan ko‘pchilik aynan o‘yinlar uchun foydalanadi. Shubhasiz, o‘yinlar yaratish uchun eng
    yaxshi dasturlash tili C++ hisoblanadi. Agar Android uchun o‘yin qilmoqchi bo‘lsangiz, Unity «o‘yin
    dvijogi» yordamga keladi.


    IT mutaxassislari va ularga bo‘lgan talablar;
    Axborot texnologiyalari sohasidagi ishlar dunyo
    bo‘ylab eng yuqori haq to‘lanuvchi ishlar qatoriga
    kiradi. Maosh yuqoriligi jihatidan, boshqa sohalarda
    bo‘lgani kabi, birinchi o‘rinda direktorlar turadi. 
    Ammo ko‘pincha IT-kompaniyalarda ham oddiy dasturchilar va dasturiy ta’minot ishlab
    chiquvchilarning ish haqlari ayrim bo‘lim boshliqlarinikidan balandroq bo‘lishi mumkin.
    Keling, yaxshisi, «Moyo obrazovaniye» sayti yaqinda e’lon qilgan ma’lumot – Rossiyadagi
    dasturchilarning oylik maoshlari reytingini ko‘rib chiqsak. Eslatib o‘tamiz – ish haqlari so‘mda
    ko‘rsatilgan.


    IT mutaxassislari va ularga bo‘lgan talablar;
    Lavozimi
    O‘rtacha
    maosh
    Eng yuqori
    maosh
    Java bo‘yicha yetakchi dasturchi
    18 423 000
    26 151 000
    Oracle bo‘yicha yetakchi dasturchi
    16 045 000
    23 770 000
    1C bo‘yicha yetakchi dasturchi
    15 450 000
    23 770 000
    PHP bo‘yicha yetakchi dasturchi
    15 450 000
    23 770 000
    C# bo‘yicha yetakchi dasturchi
    14 490 000
    20 200 000
    C++ bo‘yicha yetakchi dasturchi
    14 262 000
    21 390 000
    Java bo‘yicha dasturchi
    14 856 000
    23 770 000
    Oracle bo‘yicha dasturchi
    14 262 000
    21 390 000
    iOS bo‘yicha ishlab chiquvchi
    13 662 000
    21 390 000
    C++ bo‘yicha dasturchi
    13 075 000
    20 203 000
    Android bo‘yicha ishlab chiquvchi
    13 075 000
    20 203 000
    Delphi bo‘yicha dasturchi
    12 475 000
    17 823 000
    Python bo‘yicha dasturchi
    12 475 000
    19 016 000
    PHP bo‘yicha dasturchi
    11 405 000
    21 390 000
    JavaScript bo‘yicha dasturchi
    11 288 000
    17 823 000
    Xo‘sh, yuqoridagi raqamlarni ko‘rib, sizning ham dasturchi bo‘lgingiz, yoki farzandingizni shu
    sohaga yo‘naltirgingiz kelib qoldimi?


    Dasturlashni o‘rganuvchilar uchun onlayn resurslar to‘plami
    Siz dasturlashni o‘rganishga kirishdingiz. Swift haqida eshitganmisiz, Node.js haqidachi, Ruby
    nima? Bular haqida hech narsa bilmaysiz, lekin juda muhim atamalar ekaniga aqlingiz yetyapti, 
    shundaymi?
    Ushbu takliflarimiz sizga dasturlashni o‘rganish uchun asqotadigan onlayn resurslardir. Ular turli
    tillardan dasturlash asoslarini o‘rgatadi.
    Sololearn
    O‘tilgan kursni baholashning reyting tizimi, bu albatta sizni yangi muvaffaqiyatlarga
    rag‘batlantiradi. Mazkur kursda siz Python, C#, Java, Ruby, Swift va boshqa bir qator tillarda
    dasturlarni o‘rganasiz.


    Dasturlashni o‘rganuvchilar uchun onlayn resurslar to‘plami
    The Odin Project
    Mazkur resurs sizga zamonaviy veb-texnologiyalarni o‘zlashtirib olishga yordam beradi, so‘ngra
    mukammal va sifatli loyihalarni yarata olasiz. O‘quv kursiga quyidagi tillar kiradi: Ruby (+ freymvork
    Ruby on Rails), JavaScript va HTML/CSS. Shuningdek, vido seriyasi ham bor,keyin albatta ishga
    qabul qilinasiz.
    Codecademy
    Bu sizga Python, JS, PHP, Ruby, HTML va CSS, Java va SQL kabi tillarda dasturlashning bepul
    kurslarini taklif etadi. Shunga o‘xshash resursarlar orasida auditoriyasi katta va eng ommaviy
    sanaladi, Bunga sabab, u har xil kurslardan iborat ekanidir. Masalan, videoma’ruza formatlarida.


    Dasturlashni o‘rganuvchilar uchun onlayn resurslar to‘plami
    Code School
    Code School skrinkastlarni o‘rganish va Ruby, JavaScript, iOS-ishlanmalar, HTML/CSS
    haqida hikoya qiladigan videodarslar uchun foydalaniladi. Kontentlarning katta qismi anchayin
    tajribali dasturchilar uchun mo‘ljallanganiga qaramay, boshlavchalar uchun dasturlash asoslari
    haqida bepul kurslar ham mavjud.
    Coursera
    Foydalanuvchilarga taniqli universitetlardan to‘liq bepul onlayn kurslarni taklif etadi. Kurslar
    videoga yozilgan ma’ruzalardan iborat bo‘lib, ulardan keyiinchalik ham foydalansangiz bo‘ladi. 
    Ustunlik taraflari bisyor: Turli mavzudagi ma’ruzani topa olasiz va istagan vaqtda o‘rgana olasiz.


    Dasturlashni o‘rganuvchilar uchun onlayn resurslar to‘plami
    Bento
    Bu resurs StackOverflow dastuurchilari tomonidan yaratilgan va tarmoq orqali eng yaxshi
    yo‘riqnomalarni beradi, masalan, video, interaktiv mashg‘ulotlar va o‘qish uchun materiallar. Bento 
    tekin va materiallarni mantiqan ketma-ketlikda uzatadi.
    Treehouse
    Interaktiv platforma, HTML, CSS, Java, PHP (WordPress), Objective-C, JavaScript va Ruby
    tillarida yozilgan saytlarni va veb-ilovalarni o‘rgatadi. Materiallarni namoyish etadi va
    tushuntiradi,testlari esa o‘rganlaringizni mustahkamlashga yordam beradi.
    CareerFoundry
    Mazkur kurs soha ekspertlari tomonidan yozilgan frontend- va bekend-ishlanmalar haqidagi
    materiallarni o‘zida jamlagan. Talabalar har kuni mashg‘ulot o‘tishi mumkin. 


    Dasturlashni o‘rganuvchilar uchun onlayn resurslar to‘plami
    Udacity
    Udacity
    Stenford universitetining Computer fanlari kursi hisoblanadi. O‘qitish videodarslar
    shaklida o‘tiladi va testlari ham bor, yana uyga vazifa ham olasiz.
    HTML5Rocks
    Buni Google yaratgan. Turli muammolarni yechishda yordam beradigan tekin darslar to‘plami.
    Videoda ko‘p hollarda, diagrammalar va yo‘riqnomalar, foydali maslahatlar ham bor.
    The Code Player
    Mazkur resurs o‘ziga xos vazifalarni hal etish jarayonini namoyish qiladigan bepul videolar
    kolleksiyasi hisoblanadi. Ushbu resursning muhimligi shundaki, foydalanuvchilar kod yozish
    jarayonini kuzatib tura oladi, ulgurmasa kuzatish tezligini o‘zgartirish mumkin.


    Dasturlashni o‘rganuvchilar uchun onlayn resurslar to‘plami
    Khan Academy
    Kodlar yordamida ijod qilishni o‘rganmoqchi bo‘lgan odamlar uchun juda mos keladi. Ushbu
    bepul platformada ekspertlar tomonidan turli-tuman mavzuda yaratilgan darslar namoyish qilinadi.
    Code Avengers
    Bu kurs yaxshi-yu, lekin video yo‘riqnomasi yo‘qligi yomon. JavaScript, HTML va CSS tillarini
    o‘rgatadi. Mazkur sayt yosh dasturchilar uchun yaxshi maydonga aylangan.
    Programmr
    Bu haqiqatan ham video darslarsiz dasturlash tilini o‘rganish va biror-bir PO’ ni yuklab oladigan
    brauzer
    muhitidir. Umuman, olgan bilimni sinab ko‘rish uchun juda yaxshi joy. Resursda
    shuningdek turli musobaqalar ham uyushtiriladi.


    Dasturlashni o‘rganuvchilar uchun onlayn resurslar to‘plami
    TryRuby
    Ushbu platforma oldingisiga juda o‘xshash, faqat Ruby ma’ruza tilida. Saytning dizayni yoqimli,
    o‘qish jarayonini esa hamma tushinadi.
    Hexlet
    Dasturlashning turli sohalari bo‘yicha rus tilidagi resurs. O‘qitish dasturi videoma’ruza, testlar va
    uy vazifalaridan iborat. Boshlavchi dasturchilar uchun ayni muddao.
    Codebra
    Bu sayt veb-dasturlar bo‘yicha eng ko‘p uqitish kurslariga ega.
    HTML+CSS+JS standart
    to‘plamidan tashqari, PHP, Python, jQuery va Bootstrap bo‘yicha ham dasrlar o‘tish mumkin.
    freeCodeCamp
    Veb-dasturlashtirishni o‘qitadigan eng yirik xorijiy resurslardan biri hisoblanadi. O‘qitish bepul,
    kurs dasturi esa materialga boy.


    E’tiboringiz uchun raxmat!

    Download 3,21 Mb.
    1   2   3   4




    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси Қарорлари

    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish