INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Vol.52, No. 4, 2023
ISSN 2181-4732
24
1-rasm. Bodring va pomidor ishlab chiqarishda energiya manbalarining ulushi.
Lekin ushbu yoʻnalishda koʻp sonli tadqiqotlar olib borilganligi
va samarali natijalarga
erishganligiga qaramay hozirgi vaqtda issiqxonalarda anʼanaviy energiya resurslarini tejash va
barqaror energiya taʼminotini yaratish asosiy muammo hisoblanadi. Shu sababli,
ushbu maqolada
zamonaviy issiqxonalarning turli qoplamali variantlarida issiqlik yuklamasining oʻzgarishi tahlil
qilindi. Ishning maqsadi Oʻzbekiston Janubiy hududlari iqlim sharoitida turli qoplamali
gelioissiqxonalarning issiqlik yuklamasini aniqlash va energiya tejamkor
variantlarini asoslashdan
iborat. Chunki, issiqxonalarda optimal harorat-namlik rejimini yaratish bevosita shaffof qoplamani
issiqlik-fizik parametrlariga bogʻliq hisoblanadi.
Ushbu tadqiqot ishida issiqxonalarning issiqlik yuklamasini shaffof qoplamaning turiga,
materialning issiqlik-fizik parametrlari va atrof-muhitning haroratiga bogʻliqligi oʻrganilgan.