INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Vol.52, No. 4, 2023
ISSN 2181-4732
26
3-jadval
Turli qoplamali issiqxona isitish yuklamasining hisobiy qiymatlari
1-rasmdagi grafik va 3-jadvalda
keltirilgan natijalar tahlili, polikarbonat qoplamali
issiqxonaning issiqlik yuklamasi tungi rejimda 13,0 kvt, kunduzgi rejimda 5,0 kvt ni tashkil et ishini
koʻrsatdi.
Natijada, bunday qoplama ikki qatlamli plyonkaga nisbatan tungi rejimda 1,38 marta
issiqlik yuklamasini kamaytiradi, yaʼni 25-28% issiqlik energiyasini tejash imkonini beradi.
Olib borilgan tajriba tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, zamonaviy
gelioissiqxonalarda shaffof
qoplama sifatida polikarbonat materialidan foydalanish issiqlik-texnik va energetik jihatdan samarali
hisoblanadi. Qalinligi δ=4 mm boʻlgan polikarbonat qoplamaning issiqlik uzatish koeffitsiyenti
K
PK
=3,8/4,0 vt/(m
2
*k) ga teng boʻlib, bir qatlamli polietilin qoplamaga nisbatan 2,5/2,6 martaga
kichik hisoblanadi. Natijada, polikarbonat qoplamali Gelioissiqxonalarda
qish oylarida issiqlik
yoʻqotishligi plyonkali issiqxonalarga nisbatan 30% gacha kamaytirishga erishildi.
Xulosa
1. Turli shaffof qoplamali issiqxonalarning isitish yuklamasi tahlili shuni koʻrsatadiki, energiya
tejamkorlik va mustahkamlik talablariga javob beradigan qoplama polikarbonat hisoblanadi. Chunki
qalinligi δ=4mm boʻlgan polikarbonat materialining issiqlik uzatish koeffitsiyenti K
PK
=3,8-4,0
vt/(m
2
*k) boʻlib, issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti nisbatan kichik boʻladi.
2. Polikarbonat qoplamali gelioissiqxonalarda qish oyida ikki qatlamli plyonkali issiqxonalarga
nisbatan 30-50 % gacha issiqlik yoʻqotilishi kamaytirishga erishiladi.
3. Gelioissiqxonalarda Qarshi shahri sharoitida noyabr-fevral oylarida (4 oy= 130 sutka) optimal
mikroiqlim yaratish uchun
isitish tizimi talab qilinadi, quyosh energiyasi hisobidan issiqlik
yuklamasini oʻrtacha 30% qismini qoplash mumkinligi aniqlandi.
4. Olib borilgan hisob va tadqiqot ishlari natijasi tahlili shuni koʻrsatadiki qishki tungi rejimda
polikarbonatli qoplama bir qatlamli plyonkaga nisbatan 2,0-2,3 marta isitish uchun energiya sarfini
kamaytirish imkonini beradi.
Adabiyotlar
[1] Uzoqov G‘.N., Davlonov X.A. Gelioissiqxonalarning energiya tejamkor isitish tizimlari.
Monografiya, - T.:”Voris”, 2019 – 144 bet.
[2] Узаков Г.Н., Давлонов Х.А., Узакова Ю.Г. Устройство
для отопления и топливо
снабжения теплиц. Патент Р. Уз., 2019 г.
[3] Пенджиев
А.М. Термический режим в
комбинированных культивационных
сооружения // Гелиотехника., 2018 №2. С.47-58.
[4] Алиярова Л.А. Разработка гелионагревательной системы
для тепловлажностной
обработки воздуха в теплицах. Автореферат на соискание доктора философии (PHD)
по техн наукам по спец. 05.05.06. – Энергоустановки на основе возобновляемых видов
энергии, 2022. 49 с.
[5] Вардияшвили А.Б. Теплообмен и гидродинамика в комбинированных солнечных
теплицах с субстраром и аккумулированием тепла, Ташкент: Фан, 1990.-196с.