Dastlabki ma’lumotlarni tahlil qilish




Download 0.93 Mb.
bet3/13
Sana05.11.2022
Hajmi0.93 Mb.
#29123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
texmash oxirgi 1
Bafoyeva Mohinur Ish reja, 2lan ABN, yo\'nalishlar, Baxmalgul ildizi, 3-kun, TO\'RABOYEVA MUQADDAS, 1683382090, iqtisodij bazis tushunchasi, Tolqinjonov Komiljon Chorvachilik, ikkinchi-tartibli-chiziqlar, elektronika-1-7, 1 Tajriba ishi Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan kabellar , 1-tor ko\'cha, 5-6топология
Dastlabki ma’lumotlarni tahlil qilish

Ushbu bo‘limda detalning chizilgan chizmasini nazorat qilish uning amaldagi konstruktorlik ishlarining yagona tizimi (keyingi o‘rinlrda ESKD deb yuritiladi) standartlariga muvofiqligi faktini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Unda barcha kerakli proektsiyalar, bo‘limlar, ko‘rinishlar va kesimlar mavjudligi qayd etilgan. Ishchi chizmada maksimal og‘ishlar bilan barcha o‘lchamlar, barcha sirtlarning g‘adir-budurligi, detalning materiali to‘g‘risidagi ma’lumotlar, detalning massasi, chizma masshtabi, termik ishlov berish, himoya yoki dekorativ himoya qoplamalar ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan (detalning qattiqligi va boshqalar) texnik talablar ko‘rsatilishi kerak. Agar ishchi chizma ESKD standartlariga mos kelmasa, talaba ularni tushuntirish xatida aks ettirgan holda chizmaga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Detalning uzeldagi vazifasi va maqsadi, yig‘ish birligida ishlash shartlari va uning konstruktiv xususiyatlari aniqlanadi; yig‘ish birligida ishlaganda detalga bo‘lgan yuklar (dinamik, o‘zgaruvchan, statik); ish muhiti (havo, suyuqlik, agressiv); harorat rejimi va boshqalar ko‘rsatiladi. "Mashinasozlikda bazalash va bazalar" GOSTga muvofiq bazalash asoslari tavsiflanib, mahsulotning eng yuklangan elementlari (qisimlari) ko‘rsatiladi. Bazalarning tavsifi yig‘ilishdagi detalning xizmat ko‘rsatish funktsiyalarini bajarish uchun qaysi yuzalar va o‘lchamlar birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini va qaysi biri ikkinchi darajali ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Texnik talablarni tahlil qilish detalning funktsional vazifasi asosida amalga oshiriladi va ularni konstruktor tomonidan tayinlanishining to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan. Texnik talablar ro‘yxati, ularning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari detalning xizmat vazifasiga va yig‘ish birligida ishlash shartlariga bog‘liq. Bularga quyidagilar kiradi: o‘lchamlarning aniqligi, shakli, sirtining joylashishi, yuza g‘adir-budurligi, materialga qo‘yiladigan talablar, qattiqlik, qoplamalar, kimyoviy-termik ishlov berish, ishlov beriladigan detaldan o‘tkaziladigan talablar (shtamplash va quyish qiyaliklari, radiuslar va boshqalar), pardozlash va boshqalar. Tahlil qilishda ish detali materiali, uning kimyoviy, mexanik, texnologik xususiyatlarini ko‘rsatish va ushbu detalni ishlab chiqarish uchun yaroqliligi to‘g‘risida xulosa berish kerak.
Ushbu bo‘limning yakuniy qismida mahsulot konsturktsyasining ishlab chiqarish qobiliyatini (texnologikligi) tahlil qilish GOST 14.201-83, GOST 14.205-83 standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Detalning konstruktsiyasining texnologikligi bevosita mehnat unumdorligi, mahsulotni ishlab chiqarish, vaqt sarfini, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun texnologik tayyorgarlikka sarflangan vaqtga bog‘liq. Shuning uchun detalni ishlab chiqarishning texnologik jarayonini loyihalashdan oldin detalning konstruktsiyasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ishlab chiqarishga yaroqliligi uchun tahlil qilish va sinovdan o‘tkazish kerak.




  1. Download 0.93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0.93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dastlabki ma’lumotlarni tahlil qilish

Download 0.93 Mb.