|
Zamonaviy rahbarning muhim kompetensiyalar matritsasiga quyidagilar kiradi
|
bet | 3/4 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 19,44 Kb. | | #101247 |
Bog'liq ZAMONAVIY MENEJMENTZamonaviy rahbarning muhim kompetensiyalar matritsasiga quyidagilar kiradi:
liderlik;
o‘zini boshqarish;
konflikt-menejment, nizolarni boshqarish;
insonlarni tinglay olish;
tizimli fikrlash;
muloqot kompetensiyalari;
g‘oyalar generatsiyasi;
maqsadni to‘g‘ri shakllantirish;
vakolatlarni delegatsiya qilish;
analitik ko‘nikmalar;
siyosiy-huquqiy bilimlar;
ma’naviy-axloqiy bilimlar;
mas’uliyatni zimmasiga ola bilish;
prognozlash;
mehnat resurslarini to‘g‘ri taqsimlash;
shaxsiy xarizma;
siyosiy intuitsiya.
Samarali boshqaruvning muhim omillaridan biri barcha tomonidan qabul qilingan aniq maqsadlar qo‘yish va uni amalga oshirishni rejalashtirishdir. Rejalar direktiv, operativ, taktik, strategik kabi turlarga bo‘linadi.
Strategik rejalashtirish – korporativ strategiya[7], faoliyatning maqsadlarini, buning uchun zarur vositalarni aniqlash, maqsadlarga erishish usullarini ishlab chiqish, tashkilotning perspektiv rivojlanishini prognozlash, tashkilot a’zolarining sa’y-harakatlarini umumiy maqsadlarga erishishga yo‘naltirish. Ishni rejalashtirish vazifalarni belgilash, faoliyatni muvofiqlashtirish, samaradorlikni aniqlash, muammolarni o‘z vaqtida hal etish, imkoniyatlarni safarbar etish, shuningdek, mehnat resurslarini to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi. Rejada vazifalarning muddatlari, ijrochilari va natijalari aniq ko‘rsatilishi kerak.
Strategik rejalashtirish tashkilotning missiyasidan (umumiy siyosat) kelib chiqib strategiyalar to‘plamini ishlab chiqish, ularni vaqt-makon kontinuumida taqsimlash, tashkilotning muvaffaqiyat salohiyatini shakllantirish va ularni amalga oshirish ustidan strategik nazoratni ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
Boshqaruvda rahbarning shaxsiy fazilatlari katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqalarga ta’sir ko‘rsata olish siyosiy iroda, ijtimoiy intellekt, ma’naviy-axloqiy bilimlarni talab qiladi.
Shu o‘rinda, ulug‘ sohibqiron, markazlashgan davlat asoschisi, taktik va strategik bilimlar sohibi Amir Temurning boshqaruvga oid fikrlarini keltirish joiz:
“Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga intildim.
Men sifatlarimning eng avvalgisi deb beg‘arazlikni tushundim. Hammaga bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmadim, boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymadim.
Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonlariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzat-u ikrom ko‘rsatdim”.
Tashkilotning samarali faoliyatida, kadrlar qo‘nimsizligining oldini olishda korporativ madaniyat, ijobiy sog‘lom muhit katta ahamiyatga ega.
|
| |