• “Kichik shahzoda”
  • Adolatli boshqaruv, adolatli jamiyat




    Download 19,44 Kb.
    bet2/4
    Sana19.11.2023
    Hajmi19,44 Kb.
    #101247
    1   2   3   4
    Bog'liq
    ZAMONAVIY MENEJMENT

    Adolatli boshqaruv, adolatli jamiyat g‘oyasi azaldan ijtimoiy tafakkurning diqqat markazida bo‘lgan. Platon, Aristotel, Erazm Rotterdamskiy, Forobiy, Alisher Navoiy, Volter, Russo, Sharl Monteske, Jon Lokk, Nikollo Makkiavelli, Tommazo Kampanella, Tomas Gobbs, Maks Veber asarlarida boshqaruv qarorlarini qabul qilish, siyosiy iroda, hokimiyatni adolatli taqsimlash, rahbar ma’naviyati masalalari ilmiy-falsafiy talqin qilinadi.
    Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati, hokimiyat bo‘linishi tamoyili nazariyotchilaridan biri Jon Lokk davlatning kelib chiqishini barcha fuqarolarning roziligi bilan tuzilgan o‘zaro kelishuv faraziga asoslaydi, umumiy erkinlik, rahbar adolatparvarligiinsonlar cheksiz hokimiyatning o‘zboshimchalik va injiqligiga emas, faqat qonunlarga bo‘ysunishi, despotizm holatida har kim o‘z huquqini himoya qilish erkinligining buzilishi, suveren huquqlar muammolarini tahlil qiladi.
    Fransuz adibi, Nobel mukofoti sohibi Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichik shahzoda” asarida bir ibratli dialog bor:
    – Agar men bir generalimga kapalak bo‘lib guldan gulga qo‘nishni yoki tragik asar yozishni yoki bo‘lmasa dengiz chaykasiga aylanishni buyursam va u general mening buyrug‘imni bajarmasa, kim aybdor bo‘ladi, umi yoki men?

    • Siz, janobi oliylari, – bir daqiqa ham ikkilanmasdan javob berdi kichik shahzoda.

    • Mutlaqo to‘g‘ri, dedi shoh. – Har kimdan uning qobiliyatiga qarab so‘rash kerak. Agarda sen o‘z xalqingga dengizga tashlashni buyursang, u senga qarshi isyon ko‘taradi. Men xalqimdan itoatni talab qilishga haqliman, negaki mening buyruqlarim oqilonadir.

    • Quyoshning botishi-chi?

    • Quyoshning botishi ham bo‘ladi. Men quyoshdan botishini talab qilaman, lekin undan oldin zarur shart-sharoit bo‘lishini kutib turaman. Illo hukmdorning oqilligi ham shundadir.

    • Zarur shart-sharoit qachon paydo bo‘ladi?

    • Bugun (yondaftarchasiga qarab olib) kech soat yettidan qirq minut o‘tganda bo‘ladi. O‘shanda sen mening buyrug‘im qanday aniq bajarilishining guvohi bo‘lasan.


    Download 19,44 Kb.
    1   2   3   4




    Download 19,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adolatli boshqaruv, adolatli jamiyat

    Download 19,44 Kb.